Joʻrabek Mirzamahmudov

Oʻzbekiston davlat arbobi

Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich (oʻzbekcha: Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович) — 2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020-2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.

Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich
Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович  
Bilateral Meeting Uzbekistan (011110509) (51497056354).jpg
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri
Mansab davri
2022-yil 29-sentyabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Sultonov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-oktyabr 1979-yil (1979-10-23) (45 yosh)
Uychi tumani, Namangan viloyati
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

1997-1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi.

1999-2001 — „Umid“ fondi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.

2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.

2003—2006 — „Oʻzlitineftgaz“ OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.

2006—2012 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.

2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.

2014—2017 — „Oʻzkimyosanoat“ davlat kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.

2017-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri

2018-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.

2019-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.

2022-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri[2].

Mukofotlari

tahrir

2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[3].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir