Alisher Sultonov
Alisher Saidabbosovich Sultonov — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017-2018), vitse-prezidenti (2018-2019)[1][2], Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).
Sultonov Alisher Saidabbosovich | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 7-iyundan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2019-yil 16-fevraldan – 2022-yil 7-iyungacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Joʻrabek Mirzamahmudov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2015-yil 29-avgustdan – 2018-yil 13-sentabrgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shokir Fayzullayev |
Vorisi | Bahrom Ashrafxonov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2017-yil 4-yanvardan – 2018-yil 10-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
Vorisi | Umid Ahmadjonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-noyabr 1967-yil Toshkent |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Biografiyasi
tahrir1984—1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi
1989—1991 — Harbiy xizmatda
1991—1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.
1993—1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.
1996—1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.
1998—1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.
1998—1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.
1999—2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.
2002—2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.
2013—2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.
2013—2015 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.
2015—2018 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi[3].
2017—2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.
2018—2019 — Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.
2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari[4].
2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Energetika vaziri.
2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi raisi[5].
2022-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlamoqda.
Oilasi
tahrirOtasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqarmasi boshlig'i boʻlgan.
Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2018-02-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-24
- ↑ MOQ tarkbi saylandi
- ↑ Alisher Sultonov „Oʻzbekneftgaz“ rahbarligidan ketdi
- ↑ „Alisher Sultonov bosh vazir oʻrinbosari etib“. 2017-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/09/05/alisher-sultonov-rowingcanoe-federatsiyasi-raisi-lavozimiga-saylandi