Jomontov
Qirgʻizistondagi togʻ tizmasi
Jomontov — Tyanshandagi togʻ tizmasi (Qirgʻizistonda). Chatir koʻlining shimoli-gʻarbida. Gʻarbda Fargʻona tizmasiga yondosh. Uzunligi 70 km. Eng baland joyi 4718 m. Choʻkindi va metamorfik jinslardan tashkil topgan. Janubiy yon bagʻri Arpa daryosi (Norin havzasi) vodiysiga tik tushgan, shimoliy yon bagʻri qiya. Dasht va oʻtloqdasht oʻsimliklari bilan qoplangan, yuqori qismida togʻ oʻtloqlari bor.[1]