Kaʼb ibn Asad
Kaʼb ibn Asad (arabcha: كعب ابن اسعد) – 627-yilga qadar Madinada yashagan yahudiy Banu Qurayza qabilasi boshligʻi[1].
Kaʼb ibn Asad | |
---|---|
Tavalludi |
VI asr |
Vafoti |
627 Madina, Hijoz, Arabiston |
Buat jangi
tahrir617-yilda Madinaning butparast Xazraj va Avs qabilalari oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga keldi. Avs qavmi Banu Qurayza va Banu Nodirdan yordam soʻradi. Buni eshitgan Xazraj qabilasi betaraflik garovi sifatida yahudiylardan 40 kishini garovga yuborishni talab qildi. Garov uchun yuborilganlarni qabul qilib olishgandan soʻng, Xazraj qabilasi aʼzolari agar yahudiylar oʻz yerlarini Xazrajga bermasalar, ularni oʻldirish bilan tahdid qilishdi. Yahudiylarning baʼzilari ularga boʻysunishga tayyor edilar, lekin Kaʼb ibn Asad ota-bobolarining uylarini qurbon qilmasliklarini talab qildi, shu sababli garovga olinganlarning aksariyati oʻldirib yuborildi. Natijada Banu Qurayza va Banu Nodir qabilalari Banu Avs bilan ittifoq tuzdilar va bu ittifoq Buas jangining boshlanishiga olib keldi. Ushbu jangda Banu Avslar Xazrajni qiyinchilik bilan magʻlub etishga erishishdi[2].
Muhammad bilan dastlabki muloqotlar
tahrirPaygʻambar Muhammad 622-yilda Madinaga kelganida, Kaʼb ibn Asad oʻz qabilasi nomidan Madina Konstitutsiyasini qabul qildi. Boshqa shartlar qatorida u har bir qabila oʻz xarajatlarini oʻz zimmasiga olishi, din erkinligi boʻlishi, zoʻravonlik va adolatsizliklarga qarshi jazo qoʻllanishi, barcha qabilalar Madinani tashqi hujumdan himoya qilish uchun birlashishi va hal qilinmagan nizolar Muhammadga havola qilinishiga rozi boʻldi[3].
Oradan koʻp oʻtmay, Banu Qurayza Muhammadga sud ishini topshirdi. Kaʼb bundan Muhammadning paygʻambarlik daʼvosini sinab koʻrish uchun imkoniyat sifatida foydalangan boʻlishi mumkin edi. Muhammadga oʻz qavmi orasida uning yetakchi ekanini, musulmon boʻlsa, albatta, undan oʻrnak olishlarini aytdi. Agar ishni Banu Qurayza foydasiga hal qilsa, Muhammadning paygʻambarligini tan olishni taklif qildi. Ammo Muhammad bu tuzoqqa tushmadi: „Agar hukm qilsang, adolat bilan hukm qil, chunki Alloh adolat qiluvchilarni sevadi“, deb javob qaytardi[4].
Koʻrib chiqilayotgan daʼvo qon pullari haqidagi bahs borasida edi. Ibn Is’hoqning yozishicha, bir qurayzo Banu Nodir urugʻidan boʻlgan zodagonlarini oʻldirdi va odatga koʻra toʻlanadigan qon pulining faqat yarmini toʻlamoqchi boʻldi. (Koʻrinib turibdiki, tarixiy sabablarga koʻra Qurayza, odatda, Banu Nodirga ular toʻlagan qon pulini ikki baravar qilib toʻlagan). Daʼvoni koʻrib chiqish uchun paygʻambar Muhammadga murojaat qilishdi. Muhammad ikkala qabila ham bir xil miqdorda jarima toʻlashi kerak deya qaror qildi[5]. Oradan bir asr oʻtib, xuddi shu voqeani Abu Dovud shunday yozadi, Banu Nodir Banu Qurayza vakilini oʻldirgan. Odatga koʻra, Nodirni oʻldirgan Qurayza vakili ham oʻldirilgan, Qurayzani oʻldirgan Nodir esa qon puli toʻlagan. Daʼvoni koʻrib chiqish vaqtida Banu Qurayza Banu Nodir uchun oʻlim jazosini talab qilgan, lekin Nodir odatdagidek qon puli toʻlash huquqini talab qilish uchun Muhammadning oldiga borgan. Muhammad butparastlik davridagi vaziyatlarga asoslangan hukmlar endi oʻz ahamiyatini yoʻqotganligini va shu sababli ushbu daʼvo jon bilan qondirilishi kerakligini farmon bergan[6].
Muhammad Kaʼb ibn Asadni Islomni qabul qilishga chaqirdi, lekin u Muhammadning paygʻambar ekanligiga ishonmayman va yahudiy boʻlib qolaman, deb javob berdi[7].
Kaʼb ibn Asad Muhammadga u eʼtiqod qilgan dinga eʼtiqod qilmasligini rasman eʼlon qilish uchun kelgan uchta asosiy qabila vakillari sifatida kelgan 13 nafar yahudiy rahbarlaridan biri edi. Ular: „Ey Muhammad, siz keltirgan narsa Allohning haqiqati ekanligi rostmi? Biz uning Tavrotdagidek tartiblanganligini koʻra olmaymiz“, deb soʻrashdi. Muhammad javob berdi: „U Allohdan ekanligini yaxshi bilasiz, sizda mavjud Tavrotda ham yozib qoʻyilganligini koʻrasiz. Hatto insonlar va jinlar yigʻilib ham unga oʻxshashini keltira olmaslar“. Shunda yahudiylar Muhammadga Tavrotga oʻxshash kitobni osmondan tushirishini, aks holda ularning oʻzlari Qur’onga oʻxshagan kitob yaratishlarini aytdilar[8].
Muhammad va Kaʼb oʻrtasidagi ziddiyat
tahrir624-yildan boshlab Muhammad yahudiylardan uzoqlasha boshladi. Fevral oyida qibla Quddusdan Makka tomon oʻzgartirildi[9][10]. Badr jangidan soʻng yahudiy Qaynuqa qabilasi musulmonlarga qarshi fitna uyushtirganliklari aniqlanganidan keyin ularni Madinadan quvib chiqardi[11]. Hijratning toʻrtinchi yilida Banu Nodir qabilasi qurayshliklar bilan birgalikda Muhammadni oʻldirishni reja qildilar. Bundan xabar topgan Muhammad ularga oʻn kun ichida Madinani tark etishlarini aytdi, lekin ular bu buyruqni rad etib, oʻz qal’alarida qoldilar. Muhammad ularga qarshi lashkar tortib, ularni qamal qildi. Bu qamal ikki hafta davom etdi, shundan soʻng yahudiylar taslim boʻlib, Madinadan surgun qilindi[12].
Hijratning beshinchi yilida, Xandaq jangidan soʻng, Muhammad musulmonlar bilan tuzilgan shartnomani buzgan holda Xandaq jangida ularga qarshi bosqinchilarga ochiqdan-ochiq yordam bergan Banu Qurayza qoʻrgʻonlariga qarshi yurish qildi. Bir oy davom etgan qamaldan soʻng Banu Qurayza taslim boʻldi[13].
Xandaq jangi
tahrir627-yil aprelida arab qabilalari Makka boshligʻi Abu Sufyon va surgun qilingan Huyay ibn Axtab boshchiligida Madinaga hujum qildi. Ularning maqsadi Muhammadni yoʻq qilish edi. Bosqinchilar 10 minglik qoʻshinga ega edilar. Shu sababli ham ular shaharga kirgan taqdirda ham musulmonlar ustidan osonlik bilan gʻalaba qozonishlari mumkin edi. Musulmonlar Madina[14] atrofida keng ariq qurdilar va shaharga yagona nuqta – Qurayza qal’alari orqaligina kirish mumkin boʻlib qoldi. Huyay ibn Axtab Kaʼbni ziyorat qilish uchun uning yoniga keldi va undan eshikni ochishini hamda bosqinchi qoʻshinni Madinaga kiritishini iltimos qildi. Kaʼb ibn Asad Muhammadga bergan vaʼdasiga xiyonat qilgan holda bostirib kelgan qoʻshinga shaharni ochib berdi.
Qurayzani qamal qilish
tahrirErtasi kuni Muhammad oʻz qoʻshinini Qurayza qoʻrgʻonini qamal qilish uchun olib keldi. Qamal 25 kun davom etdi. Ushbu qamalga qarshi Qurayza uzoq vaqt chidab tura olmasligi maʼlum boʻldi.
Ertasi kuni ertalab Qurayza ahli Muhammadga taslim boʻldi va ular Saʼd ibn Muozning hukmini qabul qilishga rozi boʻldilar[15]. U qabilaning sobiq ittifoqchisi boʻlgani sababli odamlar Saʼd Qurayza ahliga qattiq bosim oʻtkazmaydi deb oʻylashdi, biroq ular Muhammadga bergan vaʼdalariga vafo qilgan holda Huyay boschiligida uning daʼvatlarini qabul qilishdan takabburlik bilan bosh tortdilar[16]. Avvalgi jangda yarador boʻlgan Saʼd bir necha kishi bilan qabila ustidan hukm chiqarish uchun keldi. Saʼd ibn Muoz ayollar va bolalarni qul qilib, ularning mol-mulkini musulmon jangchilarga boʻlib berishga va barcha jangchilarni oʻldirishga qaror berdi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, p. 465.
- ↑ Al-Tabari, Tafsir, cited in Peters, F. E. (1994). Mecca: A literary history of the Muslim holy land. New Jersey: Princeton University Press.
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, pp. 231-233
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, p. 268.
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, p. 267-268.
- ↑ Abu Daw’ud, Volume 39, 4479.
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, pp. 204-205.
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, pp. 269-270.
- ↑ Qur’an, sura 2 (Al-Baqara), ayat 149 – 150. The History of Al-Tabari, Volume 7, pp. 24-25. Albany: SUNY.
- ↑ Qur’an 2:142-145
- ↑ Islamiat for Students OʻLevels, Farkhanda Noor Muhammad.p.63.
- ↑ Islamiat for Students OʻLevels, Farkhanda Noor Muhammad.p.66.
- ↑ Qur’an 33:26-27
- ↑ Guillaume, A. (1955). Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasoolallah, p. 450.
- ↑ 15,0 15,1 Sahih Bukhari, Book of Military Expeditions led by the Prophet (Al-Maghazi).
- ↑ The Sealed Nectar.