Kamol Jumaniyozov (1989-yil, 13-iyul; Bogʻot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― Oʻzbek siyosatchisi, filolog. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[1].

Jumaniyozov Kamol
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-iyul 1989-yil (1989-07-13) (35 yosh)
Bogʻot tumani Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Urganch davlat universiteti

Biografiyasi

tahrir

Jumaniyozov Kamol Komilovich 1989-yil 13-iyulda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Urganch davlat universitetini nemis tili oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Oʻsha yili u „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati kengashining koordinatori sifatida ish boshladi. CC 2013-yildan 2019-yilgacha koordinator, soʻngra Oʻzbekiston ekologik harakati Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2019-yilda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Xorazm viloyati hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[2][3].

Manbalar

tahrir