Kapcha ilonlar, kobralar — aspidsimonlar oilasiga mansub ilonlarning bir guruhi. Suv kapcha ilonlari., boʻyinbogʻli kapcha ilonlar, daraxt kapcha ilonlar, qirol kapcha ilonlar, qalqonli klapcha ilonlar, asl kapcha ilonlar kabi urugʻlarga ajratiladi. Asl kapcha ilonlarning 6 turi Afrika va Osiyoda tarqalgan. Hind kapcha ilonlar, yaʼni koʻzoynakli kapcha ilonlar Sharqiy Osiyo (jumladan, Hindiston) janubiyda tarqalgan. Oʻrta Osiyo kapcha ilonlar asl kapcha ilonlarga kiradi. Asosan, umurtqali qayvonlar, jumladan, ilonlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi 8–12 ta tuxum qoʻyib, ularni qoʻriqlaydi. Kapcha ilonlar xavf tugʻilganida tanasining old qismini yerdan dast koʻtaradi; bir necha qovurgʻalarini ikki yonga yoyib, boʻynining boshidan keyingi qismini kichik belkurak (kapcha)ga oʻxshash kengaytiradi. Ayrim kapcha ilonlar dushmaniga zahar otadi, yuqori jagʻida 2 ta zahar tishi bor, zahari odam uchun halokatli. Oʻrta Osiyo Kapcha ilonlar Oʻzbekiston va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Kapcha ilonlar serpentariylarda boqiladi. Kapcha ilonlar zahari neyrotoksik xossaga ega boʻlib, tibbiyotda foydalaniladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil