Koʻzoynakli ilon
Koʻzoynakli ilon (Naja naja) – kapcha ilonlar guruhiga mansub ilonlarning bir turi. Uzunligi 1,6–2 m. Xavf tugʻilganida kengayadigan boʻynining orqa tomonida koʻzoynak shaklidagi oqish rasm boʻladi. Hind Koʻzoynakli ilonining „koʻzoynak“ rasmi bitta halqadan iborat. Janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan. Toshlar va butalar orasida, termitlar va kemiruvchilar inida, baʼzan harobalarda yashaydi. Daraxtlarga urmalab chiqadi, suvda yaxshi soʻzadi. Kunning 2-yarmida va kechqurunlari faol. Suvda va quruklikda yashovchilar, kemiruvchilar, baʼzan qushlar va boshqa sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. 8–45 ta tuxum qoʻyadi. Oʻta zaharli. Zaharidan tibbiyotda kapcha ilonlar zahariga qarshi zardoblar olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |