Kattatepa — oʻrta asr shahar harobasi (712-asrlar). Sherobod (Surxondaryo viloyati)dan 7 km. jan.-gʻarbda joylashgan. Mayd. 20 ga. Surxondaryo viloyatidagi ilk oʻrta asrlarga oid eng yirik shahar harobasi hisoblanadi. K. 3 qism va raboddan iborat boʻlib, ularning barchasi mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Bu yerdan 7-asr oxiri — 8-asr 1-yarmiga oid sopol parchalari topilib, ularda Qurʼon oyatlari bitilgan. E. V. Rtveladzening fikricha, K. oʻrnida ilk oʻrta asrlarda Xushvarogʻ sh. joylashgan. Xushvarogʻ atrofi 3 qator mudofaa devorlari bilan oʻralgan yirik shahar boʻlib, arablar istilosidan avval Sheroboddaryo havzasidagi Kufton rustoqining markazi hisoblangan. 5—8-asrlarda shaharning oʻz zarbxonasi boʻlib, faqat Sheroboddaryo havzasida muomalada boʻlgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. 8-asrning 1-yarmida Xushvarogʻ sh. arablar tomonidan vayron qilingan, lekin bir oz vaqtdan soʻng, Abu Muslim davrida Hoshimgird nomi bilan qayta tiklangan. 11 — 12-asr manbalarida Hoshimgird qayd etilmagan. K.dagi hayot bu davrga kelib soʻngan, uning aholisi esa Sherobod atrofidagi kushonlar davriga oid Kofirqalʼa shahar harobasi arki oʻrnida vujudga kelgan yangi qishloqqa koʻchgan.

Adabiyot

tahrir
  • Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil