Kavanishi (yaponcha: 川西町 Kavanishi-machi?, IPA: [kawa̠ɲiɕiꜜmatɕi]) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharchada 5052 xonadonda 14967 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi 1 km² ga 90 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 166,46 kvadrat kilometr (64 mi²).

Kawanishi

川西町
Shaharcha
Skyline of Kawanishi
Kawanishi
Bayroq
38°0′16.2″N 140°2′44.9″E / 38.004500°N 140.045806°E / 38.004500; 140.045806
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1955-yil 1-yanvar
Maydon 16,646 km2 (6,427 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
14 967
Kawanishi xaritada
Kawanishi
Kawanishi
Kavanishi Dahlia bogʻi

Geografiyasi

tahrir

Kavanishi Yonezava havzasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar chegaralari boʻylab ikkita yirik daryo, Mogami va Omonogava daryolari oqib oʻtadi. Kavanishining soʻzma-soʻz tarjimasi „daryoning gʻarbi“ degan maʼnoni beradi, bu uning Mogami daryosining gʻarbiy qismida joylashganligini anglatadi. Bundan tashqari, shahar boʻylab ikkita kichik daryo — Inukava va Kurokava daryolari ham oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Kavanishi nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatilsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Kavanishida oʻrtacha yillik harorat 11,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1555 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,0 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,5 °C holat qayd etilgan[2].

Demografiyasi

tahrir

Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kavanishi aholisi soni 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyondoimiy ravishda kamayib kelmoqda. Hozirgi aholi soni yuz yil avvalgi holatdan ancha kam.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192023,608—    
193025,581+8.4%
194026,498+3.6%
195030,645+15.7%
196028,506−7.0%
197023,769−16.6%
198022,423−5.7%
199021,548−3.9%
200019,688−8.6%
201017,313−12.1%
202014,558−15.9%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Kavanishi hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi edi. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Oʻn toʻqqizinchi asrda yashagan ingliz sayyohi Isabella Bird shaharga tashrif buyurib, Yonezava havzasi hududini „Adan bogʻi“ deb taʼkidlaydi, bu yerni unumdor maydon va Osiyodagi Arkadiyadir deya tariflaydi[4]. Kavanishi shahri 1955-yil 1-yanvarda Meidzi davridagi Otsuka, Inukava, Komatsu va Chugun qishloqlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan boʻlib, hudud Higashiokitama tumani va Minamiokitama tumanidagi Tamaniva qishlogʻining bir qismiga aylantirildi. Higashiokitama tumanidagi Yoshijima qishlogʻi 1955-yil 1-fevralda shaharga qoʻshib olindi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Suvning resurslarining yetarliligi tufayli shaharda dehqonchilik, asosan guruch yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Shaharda Meiji davridan buyonmashhur Yonezava mol goʻshti ham ishlab chiqariladi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Kavanishida oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek,Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Yonesaka liniyasi

  • Chūgun — Uzen-Komatsu — Inukava

  Yamagata temir yo'li — Nagai guli liniyasi

  • Nishi-Ōtsuka

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 113
  • Milliy yoʻnalish 287

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Kavanishi Dahlia bogʻi

Kavanishidan chiqqan taniqli odamlar

tahrir

Filmlar suratga olingan joylari

tahrir
  • Warabi no ko (2003)
  • Swing Girls (2004) — Musobaqa sahnasi, ayniqsa, shahar kutubxonasi va Kavanishi-machi Friendly Plaza deb nomlangan teatr majmuasida suratga olingan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir