Takahata (Yamagata)
Takahata (yaponcha: 高畠町 Takahata-machi ) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 23367 kishi, 7629 ta xonadondan iborat boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 130 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 180,26 kvadrat kilometr (70 mi²).
Takahata 高畠町 | |
---|---|
Shaharcha | |
38°0′9.9″N 140°11′20.7″E / 38.002750°N 140.189083°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1895-yil 12-dekabr |
Maydon | 18,026 km2 (6,960 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
23 367 |
|
Geografiyasi
tahrirTakahata Yamagata prefekturasining janubi-sharqidagi togʻli hududda joylashgan. Shahardan Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrir- Yamagata prefekturasi
- Miyagi prefekturasi
- Fukusima prefekturasi
Iqlimi
tahrirTakahata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa/Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Takahatada oʻrtacha yillik harorat 11.2 °C (52.2 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,283.0 mm (50.51 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −0.9 °C (30.4 °F) atrofida boʻladi.
Takahata, Yamagata iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,4 | 3,4 | 7,8 | 15,6 | 21,9 | 25,4 | 28,5 | 30,2 | 25,6 | 19,2 | 12,1 | 5,4 | 16,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,2 | −4,4 | −1,8 | 3,1 | 9,0 | 14,4 | 19,0 | 19,7 | 15,5 | 8,5 | 2,5 | −1,6 | 6,6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 113,0 | 69,5 | 74,6 | 65,4 | 75,7 | 103,6 | 184,9 | 143,4 | 124,6 | 114,6 | 92,1 | 119,0 | 1 283 |
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3] |
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Takahata aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda biroz kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 32,136 | — |
1970 | 27,76 | −13.6% |
1980 | 27,44 | −1.2% |
1990 | 27,51 | +0.3% |
2000 | 26,807 | −2.6% |
2010 | 25,025 | −6.6% |
2020 | 22,463 | −10.2% |
Tarixi
tahrirHozirgi Takahata hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, u Tendo domeniga oʻtkazilgunga qadar Oda sulolasitomonidan boshqariladigan qal’a shahri boʻlgan va keyinchalik uning bir qismi Yonezava domeni tomonidan nazorat qilingan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Takahata qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. U 1895-yil 12-dekabrda shahar maqomiga koʻtarildi va kanjida oʻz nomini yozilishi maqsadida 1905-yil yanvarida hozirgi nom koʻrinishini oldi.
Iqtisodiyoti
tahrirTakahata iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan. Shahar Delaver uzumlari va sharob ishlab chiqarish sanoati bilan mashhur.
Taʼlim tizimi
tahrirTakahatada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliayat yuritadi.
Transporti
tahrirTemir yoʻl
tahrirSharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
- Takahata
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
- Takahata
Magistral yoʻl
tahrir- Tōhoku-Chūō Expressway — Nanyō-Takahata almashinuvi
- Milliy yoʻnalish 13
- Milliy yoʻnalish 113
- Milliy yoʻnalish 339
- Milliy yoʻnalish 347
Qardosh shaharlar
tahrirMahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrirTaniqli odamlar
tahrir- Yuko Aoki, model
- Shunsaku Kudo, Yaponiya Imperator dengiz floti zobiti
Manbalar
tahrir- ↑ Takahata Town official statistics (yaponcha)
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
- ↑ Takhata population statistics
- ↑ „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
- ↑ „日向洞窟窟“ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
- ↑ „大立洞窟“ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
- ↑ „火箱岩洞窟“ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
- ↑ „一の沢洞窟“ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)