Yonezava (yaponcha: 米沢市 Yonezava-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 33,278 ta xonadonda 81,707 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km2ga 150 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 548,51 kvadrat kilometr (212 mi²). Yonezava oʻzining mahalliy mahsulotlari (olma, Yonezava mol goʻshti va sazan) va bir vaqtlar Uesugi urugʻi, jumladan Daimyo Uesugi Yozan yashaydigan qal’a shahri boʻlgani bilan mashhur.

Yonezava

米沢市
Shahar
Skyline of Yonezava
Yonezava
Bayroq
Yonezava
Gerb
37°55′20″N 140°7′0″E / 37.92222°N 140.11667°E / 37.92222; 140.11667
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan

712 AD

1889-yil 1-aprel
Maydon 54,851 km2 (21,178 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Aholisi
 (2020-yil fevral)
81 707
Zichligi 150 kishi/km2
Yonezava xaritada
Yonezava
Yonezava
Yonezava shahar hokimiyati

Geografiyasi

tahrir

Yonezava Yamagata prefekturasining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shaharning janubiy va sharqiy qismlari katta togʻlar bilan oʻralgan hamda daryo havzalariga ega boʻlib, u Yonezava havzasini tashkil qiladi. Shaharning janubiy qismi bir nechta daryolar va sharqdan gʻarbga yoʻnaltirilgan oʻzgaruvchan togʻlar va vodiylardan iborat murakkab relef shakliga ega. Shahar boʻylab Mogami daryosi oqib oʻtadi. Shaharning bir qismi Bandai-Asahi milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Yonezava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Yonezavada oʻrtacha yillik harorat 11.4 °C (52.5 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,444.6 mm (56.87 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 24.5 °C (76.1 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −0.8 °C (30.6 °F) kuzatiladi.

Yonezava (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 13,6 16,4 21,2 29,9 34,7 34,7 36,5 37,7 36,1 29,6 24,6 17,8 37,7
Oʻrtacha maksimal, °C 2,6 3,5 7,6 15,5 22,0 25,3 28,4 29,9 25,4 19,1 12,2 5,5 16,4
Oʻrtacha minimal, °C −4,4 −4,6 −1,7 3,5 9,7 15,0 19,4 20,2 15,9 9,0 2,7 −1,7 6,9
Mutlaq minimal, °C −17,3 −18,2 −12,6 −5,3 0,6 6,9 7,0 12,3 5,3 −1 −7,9 −14,4 −18,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 159,5 101,8 85,5 67,4 71,1 114,0 177,9 151,4 128,2 117,7 105,0 158,2 1 444,6
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Yonezava aholisi uzoq vaqt barqarorlik davridan soʻng yaqinda kamaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192075,039—    
193077,716+3.6%
194082,77+6.5%
195094,649+14.4%
196096,991+2.5%
197092,764−4.4%
198092,823+0.1%
199094,76+2.1%
200095,396+0.7%
201089,401−6.3%
202081,252−9.1%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Yonezava hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Sengoku davrida Date urugʻi tomonidan nazorat qilingan. Mashhur sarkarda Date Masamune Yonezavada tugʻilgan. Edo davrida, hudud Uesugi sulolasi tomonidan boshqariladigan Tokugava syogunati qoʻl ostida Yonezava domeniga aylantirilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Minamiokitama tumaniga qoʻshib olindi.

Yamagata shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilish vaqtida tashkil etilgan.

Hukumat

tahrir

Yonezava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengashi boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Dietining quyi palatasining Yamagata 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Yonezava merlarining roʻyxati

tahrir

Iqtisodiyoti

tahrir

Yamagata iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, yengil sanoat va turizmga asoslangan.

Taʼlim tizimi

tahrir

Kollejlar va universitetlar

tahrir

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim

tahrir

Yonezavada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 18 ta davlat boshlangʻich maktabi va sakkizta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, ikkita xususiy oʻrta maktabi bunyod etilgan.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen

  • Yonezava

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Itaya — Tōge — Ōsava — Sekine — Yonezava — Oitama

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yonesaka liniyasi

  • Yonezava — Minami-Yonezawa — Nishi-Yonezava — Narushima

Magistral yoʻllar

tahrir
  • Tōhoku-Chūō tezkor yoʻli- Yonezava IC
  • Milliy yoʻnalish 13
  • Milliy yoʻnalish 121
  • Milliy yoʻnalish 287
  • Milliy yoʻnalish 399

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir

Xalqaro munosabatlar

tahrir

Qardosh shaharlar

tahrir

Muso koʻli

Yaponiya

tahrir

Butun dunyoda

tahrir

Yonezavaning taniqli odamlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Yonezawa City official statistics (Wayback Machine saytida 2022-07-07 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
  2. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  4. Yonezawa population statistics
  5. „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar

tahrir