Keti Tsatsalashvili
Keti Tsatsalashvili (gruzincha: ქეთი წაწალაშვილი ; 1992-yil 10-iyunda Tibilisida tugʻilgan) — gruziyalik shaxmatchi, u ayol grossmeyster (WGM) (2011) unvoniga ega.
Keti Tsatsalashvili | |
---|---|
Keti Tsatsalashvili 2018-yilda | |
Mamlakat | Gruziya |
Tugʻilishi |
10-iyun 1992-yil Tbilisi, Gruziya |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Hayoti
tahrirKeti Tsatsalashvili turli yosh guruhlarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va jahon chempionatida Gruziyani nufuzini bir necha bor himoya qilgan va oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan, ikkita oltin (2007-yilda, 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida va 2010-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati), ikkita kumush (2009-yild, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida va 2009-yilda 18 yoshgacha qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida) va ikkita bronza (2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida va 2008-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida).
Keti Tsatsalashvili koʻplab xalqaro shaxmat turnirlarida, jumladan 2010-yilda Anqarada oʻtkazilgan Florensio Kampomanes xotirasiga bagʻishlangan ayollar shaxmat turnirida gʻoliblikka erishdi.[1]
2008-yilda u FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi[2] va uch yildan soʻng FIDE xalqaro ayol grossmeyster (WGM) unvonini ham qoʻlga kiritdi.[3]
Sharhlovchilik faoliyati
tahrir2021-yil boshida Tsatsalashvili oʻzining kanalida translatsiya qilishni boshlashdan oldin Twitch striming platformasida LetsChessLive kanalini ochish uchun Armanistonlik shaxmat chempioni, WGM Mariya Gevorgyan, shuningdek, IM Zura Javaxadze va Aram Mashigyan bilan hamkorlik qildi.[4]
Tsatsalashvili, shuningdek, real hayotda ham, onlaynda ham, ayniqsa chess.com va FIDÉ saytida shaxmat voqealarini muntazam ravishda sharhlab boradi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Florencio Campomanes Memorial-WIM July 2010 Turkey FIDE Chess Tournament report“. ratings.fide.com.
- ↑ „FIDE Title Applications (GM, IM, WGM, WIM, IA, FA, IO)“. ratings.fide.com.
- ↑ „FIDE Title Applications (GM, IM, WGM, WIM, IA, FA, IO)“. ratings.fide.com.
- ↑ „Twitch“. Twitch. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Keti Tsatsalashvili chess games at 365Chess.com