Khalid Boulahrouz
Khalid Boulahrouz (1981-yil 28-dekabr) – Gollandiyalik sobiq professional futbolchi. Chelsea, Seviliya, Stuttgart, Sporting kabi klublarda himoyachi sifatida toʻp surgan[4][5].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Khalid Boulahrouz[1] | ||
Tavallud sanasi | 28-dekabr 1981-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Maassluis, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Excelsior Maassluis | |||
DSOV | |||
Ajax | |||
Haarlem | |||
–2001 | AZ | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001–2004 | RKC Waalwijk | 64 | (4) |
2004–2006 | Hamburger SV | 52 | (1) |
2006–2008 | Chelsea | 13 | (0) |
2007–2008 | → Sevilla (ijara) | 6 | (0) |
2008–2012 | VfB Stuttgart | 64 | (2) |
2012–2013 | Sporting CP | 11 | (0) |
2013–2014 | Brøndby IF | 13 | (0) |
2014–2015 | Feyenoord | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2002–2003 | Niderlandiya U-21 | 5 | (0) |
2004–2012 | Niderlandiya | 35 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Khalid Gollandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya va Daniya ligalarining yuqori divizion klublarida faoliyat olib borgan. 2004-yildan 2012-yilgacha toʻliq terma jamoa safiga jalb etilgan boʻlib, jami 2 ta Jahon chempionati va 2 ta Yevropa chempionatida Niderlandiya sharafini himoya qilgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirBoulahrouz Gollandiyadagi Maassluis shahrida kelib chiqishi marokashlik boʻlgan oilada tugʻilgan. Futbolchi oilada sakkiz farzanddan biri edi. Yoshligida Ajax va Haarlem klublarining yoshlar akademiyalarida toʻp surgan. Oʻn olti yoshidayoq otasi vafot etgach oila maʼsuliyati uning zimmasiga tushadi[6].
2006-yil dekabr oyida futbolchi Sabia Thele isimli ayol bilan turmush quradi. Yevro 2008 turnirining Rossiya terma jamoasiga qarshi chorak final bahsiga tayyorgarlik chogʻida futbolchi Anissa isimli qiz farzandli boʻladi. Ammo koʻp oʻtmay qizi Lausanne shifoxonasida vafot etadi[7]. Shunga qaramasdan futbolchi Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushishga qaror qiladi. Jamoadoshlari Anissaning xotirasiga qoʻllariga bir xil qora rangli bogʻich bogʻlagan holda maydonga tushishgan[8]. Juftlik yana ikki farzandli boʻlishadi[9]. 2013-yilning yanvarida esa Khalid va Sabia rasman ajrashishganligi eʼlon qilindi.
Klublardagi faoliyati
tahrirBoulahrouz yoshlik chogʻlarida Maassalius, Ajax, DSOV, Haarlem va Az Alkmaar jamoalarining akademiyalarida oʻynagan[10][11].
RKC Waalwijk
tahrirDastlab turfa xil klublarda faoliyat yuritgan futbolchi nihoyat Martin Jol boshqaruvidagi Waalwijk klubida biroz barqaror oʻyin amaliyotiga ega boʻladi[6]. Khalid professional futboldagi debyutini 2002-yilning 9-mart kuni Heerenveen jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan.
Hamburger SV
tahrirRKC jamoasida oʻtkazgan ikki mavsumdan soʻng 2004-2005-yilgi mavsumning boshida himoyachi Bundesliganing Hamburger klubiga koʻchib oʻtdi. Hamburgdaligi vaqtida agressiv oʻyinlari sababli jamoadoshlari unga „Khalid der Kannibale“ (odamxoʻr Khalid) laqabini berishadi[4]. Germaniyadagi ikki mavsumi davomida 16 ta sariq va 3 ta qizil kartochka olgani ham bu gapning qisman isboti boʻla oladi[12].
Chelsea
tahrir2006-yilning 18-avgustida Chelsea Boulahrouznining transferi boʻyicha Gamburgliklar bilan kelishuvga erishdi. Himoyachi ingliz klubi uchun taxminan 8,5 million funt sterlingga (€ 12 million) tushdi[13]. 2006-2007-yilgi mavsumning dastlabki turlarida futbolchining qaydnomaga kiritilmaganini murabbiy Jose Mourinho futbolchining shartnomasi boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanmaganligi bilan izohladi[14]. 2006-yilning 21-avgustida futbolchining transfer ishlari rasman yakunlandi. Olti kundan keyin Blackburn Rovers jamoasiga qarshi bahsda Khalid Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazgan. Futbolchiga Hernán Crespodan keyin boʻsh qolgan 9-raqam berildi.
Sevilla (ijara)
tahrirBoulahrouz 2007-08-yilgi mavsum uchun Ispaniyaning Sevilla klubiga bir mavsum uchun ijaraga berildi[15]. Biroq futbolchi u yerda bor yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushirildi va 2008-yilning boshida londonliklar safiga qaytdi. Mavsum yakuniga qadar Chelsea jamoasi unga boshqa oʻyin amaliyoti taqdim etmadi.
VfB Stuttgart
tahrir2008-yil 21-iyul kuni VfB Stuttgart klubi Boulahrouzni 5 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi[16][17]. Dastlabki uch mavsumida himoyachiga nisbatan kam oʻyin amaliyoti taqdim etildi. Biroq 2011-2012-yilgi mavsumdan boshlab Khalid jamoaning asosiy tarkib futbochisiga aylandi va Bundesliga doirasida jami 29 uchrashuvda maydonga tushdi. 29 yoshli himoyachi 2011-yil 17-sentyabr kuni SC Freiburg jamosiga qarshi bahsda Germaniya oliy divizionidagi yuzinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Ikki hafta oʻtgach 2011-yil 30-sentyabridagu Kaiserslautern klubiga qarshi bahsda Boulahrouz Stuttgart safidagi debut goli muallifiga aylandi[18].
2012-yil may oyida VfB Stuttgart jamoasi sharnomasi yakunlangan Khali jamoani erkin agent sifatida tark etishini eʼlon qildi[19].
Sporting CP
tahrir2012-yil 18-iyul kuni Boulahrouz PortugaliyaningSporting klubi bilanikki yillik shartnoma imzoladi[20]. U klub safida 11 ta liga oʻyinida maydonga tushdi va 2013-yil 3-sentyabrda uning klub bilan shartnomasi bekor qilindi[21].
Brøndby IF
tahrir2013-yil 7-oktyabr kuni Boulahrouz Brøndby jamoasi bilan 2014-yil yozgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi[22]. Koʻchirish koʻp haftalik muzokaralar oʻtgach tasdiqlandi. U oʻsha mavsumda Brøndby IF uchun 13 ta ligada oʻyninida maydonga tushdi. Boulahrouz Brøndbyda juda koʻp jarohat olgani sabab klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va mavsum yakunida Khalid erkin agentga aylandi[23].
Feyenoord
tahrir2014-yilning 14-iyulida himoyachi erkin agent sifatida Feyenoord klubi safiga qoʻshildi[24]. 2016-yilning 11-fevralida Feyenoord bilan shartnomasi yakunlanganidan salkam yarim yil oʻtib Khalid futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[25].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirRKC klubidagi yorqin oʻyinlaridan soʻng terma jamoa murabbiyi Marco van Basten uni terma jamoaga jalb qila boshladi. 2004-yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati saralashi doirasidagi Lixtenshteyn terma jamoasiga qarshi uchrashuvda himoyachi Niderlandiya terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini oʻtkazadi. 2011-yilning noyabr oyidagi maʼlumotlarga koʻra Boulahrouz terma jamoa safida jami 34 oʻyinda maydonga tushgan.
Boulahrouz FIFA Jahon chempionati 2006 nimchorak finali doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahsda u qizil kartochka olib maydonni tark etgan. U Luís Figoga tirsak qismi bilan zarba berganligi uchun ikkinchi sariq kartochkasiga loyiq koʻriladi. Bundan avval yettinchi daqiqada Cristiano Ronaldoga qarshi ishlatgan qoʻpolligi uchun birinchi sariq kartochkani olgan edi. Ushbu qoʻpollikdan soʻng Ronaldo jarohat olib maydonni tark etgan edi. Chempionatning ushbu oʻyinida hakam Valentin Ivanov jami hisobda oʻn oltita sariq va toʻrtta qizil kartochka koʻrsatgan.
Yevro 2008 turniri oldida Liverpool hujumchisi Ryan Babelning jarohat olishi natijasida futbolchi uning oʻrniga yakuniy terma jamoa qaydnomasiga kiritiladi.
FIFA Jahon chempionati 2010
tahrirBoulahrouz 2010-yil Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasining dastlabki kengaytirilgan tarkibiga kiritildi[26]. Keyinchalik 2010-yil 27-may kuni eʼlon qilingan, murabbiy Bert van Marwijk boshchiligida yakuniy chempionatga boradigan 23 kishilik tarkibdan ham joy oldi[27]. Boulahrouz Niderlandiyaning guruhdagi soʻnggi Kamerunga qarshi bahsida asosiy tarkibga kiritildi[28]. Bundan tashqari Urugvayga qarshi yarim final oʻyinida maydonga tushadi.
Murabbiylik faoliyati
tahrir2021-yilning boshida Boulahrouz yoshlikdagi klubi AZ Alkmaarga qaytdi va u yerda dastlab 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi. 2021-yil sentyabr oyida esa u jamoa bilan murabbiy sifatida dastlabki professional shartnomasini imzoladi va asosiy jamoaga himoyachilar murabbiyi boʻlib qoʻshildi[29]. 2021-2022-yilgi mavsum yakunida esa u vazifasidan ozod etildi.
Statistika
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
RKC Waalwijk | 2001–02 | Eredivisie | 1 | 0 | 1 | 0 |
2002–03 | 31 | 0 | 35 | 0 | ||
2003–04 | 29 | 4 | 32 | 5 | ||
2004–05 | 3 | 0 | 4 | 0 | ||
Umumiy | 64 | 4 | 72 | 5 | ||
Hamburger SV | 2004–05 | Bundesliga | 24 | 1 | 26 | 2 |
2005–06 | 28 | 0 | 34 | 0 | ||
Umumiy | 52 | 1 | 60 | 2 | ||
Chelsea | 2006–07 | Premyer-liga | 13 | 0 | 20 | 0 |
Sevilya (ijara) | 2007–08 | La Liga | 6 | 0 | 8 | 0 |
VfB Stuttgart | 2008–09 | Bundesliga | 21 | 0 | 26 | 0 |
2009–10 | 6 | 0 | 8 | 0 | ||
2010–11 | 16 | 0 | 24 | 0 | ||
2011–12 | 21 | 2 | 23 | 2 | ||
Umumiy | 63 | 2 | 81 | 2 | ||
Sporting | 2012–13 | Primeira Liga | 11 | 0 | 14 | 0 |
Brøndby IF | 2013–14 | Daniya Superligasi | 13 | 0 | 13 | 0 |
Feyenoord | 2014–15 | Eredivisie | 12 | 0 | 18 | 0 |
Umumiy | 235 | 7 | 287 | 9 |
Terma jamoa
tahrirMilliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Niderlandiya | 2004 | 3 | 0 |
2005 | 7 | 0 | |
2006 | 9 | 0 | |
2007 | 2 | 0 | |
2008 | 6 | 0 | |
2009 | 1 | 0 | |
2010 | 3 | 0 | |
2011 | 3 | 0 | |
2012 | 1 | 0 | |
Umumiy | 35 | 0 |
Sovrinlar
tahrirHamburger SV
- UEFA Intertoto kubogi: 2005[31]
Niderlandiya
- FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2010
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: Netherlands“. FIFA (2010-yil 12-iyun). 2019-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany List of Players“. FIFA 19. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
- ↑ „Player Profile“. VfB Stuttgart. 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Boulahrouz profile“. Sky Sports. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Player Profile“. FIFA. 2014-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „Kannibaal op voetbalschoenen“ (nl). Het Parool (2005-yil 3-sentyabr). 2007-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Prematurely born daughter of defender Boulahrouz dies“. AP (2008-yil 19-iyun). 2008-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-iyun.
- ↑ „Dutch to wear black armbands in QF match“. expressindia (2008-yil 21-iyun). Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Dutch World Cup Prep: Friends & Family Free Time“. Kickette (2010-yil 25-may). 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-iyun.
- ↑ Langedijk. „Khalid Boulahrouz voor even terug op bij zijn oude club!“ (nl). Excelsior Maassluis (2013-yil 14-iyul). 2014-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Onverwachts bezoek Khalid Boulahrouz“ (nl). DSOV. 2014-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Bundesliga 2005/2006“. AP (2008-yil 19-iyun). Qaraldi: 2008-yil 20-iyun.
- ↑ „Boulahrouz completes Chelsea move“. BBC News (2006-yil 22-avgust). Qaraldi: 2008-yil 20-iyun.
- ↑ „Reaction: Mourinho delighted with energetic Essien“. Chelsea FC. 2013-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Sevilla take Boulahrouz on loan“. BBC Sport (2007-yil 12-iyul). Qaraldi: 2007-yil 12-iyul.
- ↑ „Boulahrouz Moves“. Chelsea FC (2008-yil 21-iyul). 2014-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Fünf Millionen für Boulahrouz“ (de). Kicker.de (2008-yil 22-iyul). Qaraldi: 2008-yil 22-iyul.
- ↑ „Kaiserslautern 0 – 2 VfB Stuttgart“. ESPN Soccernet (2011-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Fond farewells“. vfb.de. VfB Stuttgart (2012-yil 3-may). 2014-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-may.
- ↑ „Boulahrouz signs in at Alvalade“. sporting.pt. Sporting Clube de Portugal (2012-yil 18-iyul). 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
- ↑ „Boulahrouz en Sporting Lissabon uit elkaar“ (nl). RTV Rijnmond. RTV Rijnmond (2013-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Boulahrouz: Vil hjælpe de unge spillere“ (da). Brøndby IF (2013-yil 7-oktyabr). 2013-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Boulahrouz-skader bekymrer Brøndby“. bold.dk. bold.dk (2014-yil 14-mart). Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
- ↑ „FEYENOORD VERSTERKT ZICH MET KHALID BOULAHROUZ“ (nl). Feyenoord (2014-yil 14-iyul). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
- ↑ „Boulahrouz stopt definitief met voetballen“ (nl). NOS (2016-yil 11-fevral). Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
- ↑ „Van Marwijk trims Dutch squad to 27“. AFP. FIFA (2010-yil 15-may). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Holland coach Bert van Marwijk finalises World Cup squad“. The Guardian. Press Association (2010-yil 27-may). Qaraldi: 2010-yil 27-may.
- ↑ Bevan. „Cameroon 1–2 Netherlands“. BBC.co.uk. Qaraldi: 2010-yil 25-iyun.
- ↑ „Boulahrouz tekent tweejarig contract“ (nl). AZ (2021-yil 18-sentyabr). 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
- ↑ 30,0 30,1 „Khalid Boulahrouz“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
- ↑ „Valencia 0-0 Hamburg (Aggregate: 0 - 1)“. uefa.com. 2006-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.