Xizi tumani
Xizi tumani (ozarbayjoncha: Xızı rayonu) Ozarbayjonning 66 ta maʼmuriy tumanlaridan biri. Tuman mamlakatning sharqiy qismida joylashgan va Absheron-Khizi iqtisodiy mintaqasi tarkibiga kiradi. Tuman Siyazan, Shabran, Quba, Shamakhi, Gobustan va Absheron-Khizi tumanlari bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri Khizi. 2020-yil maʼlumotlariga koʻra, tumanning umumiy aholisi 17,100 kishini tashkil etib, mamlakatdagi eng kam aholiga ega tumanlar qatorida qolgan[2].
Xizi tumani Xızı | |
---|---|
Tuman[1] | |
40°53′0″N 49°5′0″E / 40.88333°N 49.08333°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Viloyat | Absheron-Xizi iqtisodiy mintaqasi |
Hukumat | |
• Gubernator | Hazar Aslanov |
Asos solingan | 1990-yil 24-aprel |
Maydon | 1,670 km2 (640 kv mi) |
Aholisi (2020[2]) |
17 100 |
Zichligi | 10 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Telefon kodi | +994 |
Pochta indeks(lar)i | 8000 |
Etimologiyasi
tahrirOzarbayjonlar va tatlar Khizi tumanidagi asosiy etnik guruhlarni tashkil etadi. Ilgari kichik qishloq nomi boʻlgan „Xızı“ soʻzi etimologiyasi haqida baʼzi taxminlar mavjud. Koʻpchilik mutaxassislar ushbu etnonim Sosoniylar davlati bilan bogʻliq ekanligiga ishonishadi. Ilk oʻrta asrlarda (III-IV asrlar) imperiyaning shimoliy hududlarida imperiya rasmiy dini boʻlgan zardushtiylikni yoyish, nasroniylikka qarshi kurashish, shimoliy chegaralarni xun, bijanak va xazar qabilalaridan himoya qilish uchun ushbu hududga eroniy qabilalar koʻchirilgan. Mazkur jarayonlar safaviylar shirvonshohlarni magʻlub etganidan soʻng yanada kuchaydi. Bu yerga koʻchib kelgan qabilalar asosan Xuzistondan boʻlgan. Ushbu nom bizning davrimizgacha Xizi shakliga kelgan.
Boshqa bir versiyaga koʻra, Xizi soʻzi „Xazar“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixdan maʼlumki, xazarlar bir necha asrlar davomida Kaspiy, Qora va Boltiq dengizlari hududlarida hukmronlik qilib kelgan. VIII asrda yashagan arab tarixchisi Ibn Fadlan maʼlumot berishicha, xazar xalqining musulmon qismiga Xizi qabilasi yetakchilaridan biri boshchilik qilgan. Xizi qabilasi mil.avv. II asrda Ozarbayjonning shimoliy qismida yashagan. Boshqa bir versiyaga koʻra, hudud nomiga aylangan turkiy „xiz“ soʻzi tezkor, shoshqaloq degan maʼnolarni anglatadi[3].
Geografiyasi
tahrirTuman iqlimi yumqshoq, havosi quruq. Tuman hududining katta qismi oʻrmonlar bilan qoplangan. Kaspiy sohillaridagi yassi tekisliklarda joylashgan Shoʻrobod atroflarida sugʻoriladigan yerlar, chorva va tovuq boqiladigan yaylovlar bor[4]. Gilazining gʻarb tomonida joylashgan Xizi yoʻli Candy Cane togʻlari deb nomlanadigan yarim choʻl hududing rangba rang landshaftlari oralab oʻtadi[5]. Xizi shahridan 10 km gʻarbda Oltiogʻoch milliy bogʻi deb eʼlon qilingan hududlarda yam-yashil oʻrmonli tepaliklar joylashgan. Milliy bogʻ hududida Shimoliy Kavkazga xos tur togʻda yashovchi echki antilopa turi uchraydi. Ularni asosan Kavkaz togʻlarining sharqiy qismida uchratish mumkin[6].
Xizi platosining sharqiy qismi Gilazi orqali Kaspiy dengiziga tutashib ketadi. Tuman markazi Xizi poytaxt Bokudan 104 km uzoqlikda joylashgan. Hudud shimoldan Varsat va Taxtayiloq tizmalari, sharqdan Aladadosh tizmasi bilan oʻralgan. Asosiy togʻlari Dübrar (2205m), Kemchi (1026m), Sharaku (958m), Beybayim (935m), Shihandag (801m) and Katta Siyaku (786m) togʻlaridir. Asosiy daryolari Atachay, Jangichay, Qanda, Tugʻchay, Dizavarchoy, Kerbon, Garabulogʻ kabilar. Tumanda Oltiogʻoch milliy bog‘i va yovvoyi tabiatni tiklash markazi mavjud[7].
Landshafti
tahrirXizi tumani Ozarbayjonning eng oʻrmonli hududlaridan biri boʻlib, tumanda 9931 gektar yoki umumiy yer maydonlarining 6% qismi oʻrmonlarga aylantirilgan. Tuman hududi bio xilma-xillikka, landshaft va ekotizim xilma-xilligiga boy. Hududda oʻrmonlar, yarim choʻllar, dasht, choʻl, kulrang togʻlar, subalp va alp ekotizimlari mavjud. Oʻrmon dendroflorasi asosan iberiya emani, sharq emani, sharq yeryongʻogʻi, qaragʻay va archadan iborat. Siyrak oʻrmonlarda archa, nok, doʻlana, qoraqaragʻay kabi daraxt va butalar oʻsadi. Hudud faunasi ham boy. Hayvonot olamining yevropa tirtillari, qoʻngʻir ayiq, choʻchqa, kulrang quyon, tulki va boʻri kabi turlari uchraydi.
Tuman Beshbarmoq togʻi tufayli ham mashhur. Togʻga ochiq palmaga oʻxshaganligi uchun ham shunday nom berilgan. Candy cane togʻlari ham ushbu mintaqada joylashgan[8] .
Tarixiy obidalari
tahrirTıxlı qishlogʻi yaqinidagi sobiq Shixlar qishlogʻi qabristonida 300—500 yillik qabr mavjud. Bu qabr Shayx Haydar maqbarasi (XV asr) boʻlishi mumkin. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Shayx Haydar Safaviylar davlati asoschisi Ismoil I Safaviyning otasi. Uning 1483 va 1487-yillardaDogʻiston va Shirvonga qilgan yurishlari butun mintaqa hukmdorlari, jumladan Sulton Yaqubni ham qoʻrqitgan. Shayx Haydar mavqeining mustahkamlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Sulton Yaqub Shirvonshoh Farruh Yasorga qarshilik koʻrsatishda yordam bera boshlaydi. Shayx Haydar Shirvonshoh Tabasaron jangida (1488-yil) halok boʻlgach, muqaddas Beshbarmoq togʻi roʻparasidagi hududga dafn etilgan. Keyinchalik Shirvonshohlar davlatini magʻlub etgan Ismoil Safaviy Shixlar qishlogʻini egallab, otasining qabriga maqbara qurdiradi va maqbarani muqaddas ziyoratgohga aylantiradi. Hududda joylashgan tarixiy obidalarga Beshbarmoq minorasi, V asrga oid yoʻqolgan shahar qoldiqlari, Shayx Haydar maqbarasi, V asrga oid Xizi minorasi qoldiqlari, Xialanj qishlogʻidagi XV asrga oid ziyoratgoh kabilarni misol sifatida keltirish mumkin[9].
Aholisi
tahrirDavlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2018-yil holatida aholi soni 16.8 ming kishini tashkil etgan boʻlib, bu 2000-yildagi koʻrsatkichdan 3.6 ming kishiga koʻp edi[10]. Umumiy aholining 8,300 nafarini erkaklar, 8,500 nafarini ayollar tashkil etgan[11]. Aholining 25.5 %dan ortigʻini (4300 nafarga yaqin) 14-29 yosh oraligʻidagi yoshlar va oʻsmirlar tashkil etgan[12].
Hudud | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xizi tumani | 13,2 | 13,4 | 13,6 | 13,6 | 13,8 | 13,9 | 14,2 | 14,3 | 14,5 | 14,7 | 14,8 | 15,1 | 15,3 | 15,5 | 15,8 | 16,1 | 16,4 | 16,6 | 16,8 |
shahar aholisi | 7,0 | 7,2 | 7,2 | 7,2 | 7,3 | 7,3 | 7,3 | 7,4 | 7,4 | 7,4 | 7,5 | 7,7 | 7,7 | 7,8 | 8,1 | 8,3 | 8,5 | 8,6 | 8,7 |
qishloq aholisi | 6,2 | 6,2 | 6,4 | 6,4 | 6,5 | 6,6 | 6,9 | 6,9 | 7,1 | 7,3 | 7,3 | 7,4 | 7,6 | 7,7 | 7,7 | 7,8 | 7,9 | 8,0 | 8,1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „İnzibati-ərazi vahidləri“. preslib.az. Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Population of Azerbaijan“. stat.gov.az. State Statistics Committee. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral.
- ↑ „Страна агатовых гор: волшебство природы Хызы - ФОТО“ (ru-RU). Day.Az (2012-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Gateway.az“. 2008-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-yanvar.
- ↑ „Xizi (Khizi / Chyzy)“. 2012-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
- ↑ „Azerb.com“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
- ↑ GoMap „Хызы, Азербайджан“. gomap.az. Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
- ↑ Məmmədov, Q.Ş. Ekologiya və ətraf mühitin mühafizəsi. Bakı: Elm, 2005.
- ↑ Təhməzov, B. Azərbaycanın bioloji təbiət abidələri. Baku: Adiloğlu, 2004.
- ↑ 10,0 10,1 „Political division, population size and structure: Population by towns and regions of the Republic of Azerbaijan“. The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Political division, population size and structure: Population by sex, towns and regions, urban settlements of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“. The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Political division, population size and structure: Population at age 14-29 by towns and regions of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“. The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.