Kichkina Ayasofya
Kichkina Ayasofya masjidi (turkcha: Küçük Ayasofya Camii), ilgari avliyolar Sergius va Bacchus (grekcha: Ἐκκλησία τῶν Ἁγίων Σεργίου καὶ Βάκχου ἐν τοῖς Ὁρμίσδου) nomi bilan mashhur boʻlgan, Konstantinopolda (hozirda Istanbul) avliyolar Sergius va Bacchusga bagʻishlab 532—536-yillarda qurilgan sobiq yunon pravoslav cherkovi, Usmonlilar imperiyasi davrida masjidga aylantirilgan[1].
Masjid | |
Kichkina Ayasofya | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani, Kumkapi mahallasi, Marmar dengizidan unchalik uzoq bo'lmagan Buyuk Saroy xarobalari yaqini, Ippodromning janubiy qismi |
Koordinatalar | 41°00′10″N 28°58′19″E / 41.00278°N 28.97194°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | cherkov |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Meʼmor | Isidorus Anthemius |
Binokorlik | 532—536 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, granit, marmar, verd antikvari |
Kichkina Ayasofya Vikiomborda |
Cherkov VI asrda Yustinian I tomonidan qurilgan boʻlib, bugungi kunda Istanbulda joylashgan eng muhim Vizantiya binolaridan biri hisoblanadi[2]. John Julius Norwich cherkov haqida „meʼmorchilikning oʻziga xosligi va oʻyib ishlangan bezaklarining dabdabaliligi boʻyicha cherkovlar orasida birinchi oʻrinda turadi“ deb yozgan[3].
Manzili
tahrirKichkina Ayasofya masjidi Istanbulning Fotih tumani, Kumkapi mahallasi, Marmar dengizidan unchalik uzoq boʻlmagan Buyuk Saroy xarobalari yaqini, Ippodromning janubiy qismida joylashgan. Bugungi kunda masjid hududi dengizdan shahar tashqarisidagi Sirkeci-Xalkali temir yoʻl liniyasi va Kennedi prospektining qirgʻoq yoʻli bilan ajratilgan.
Tarixi
tahrirVizantiya imperiyasi davri
tahrirAfsonalarga koʻra, Justin I hukmronligi davrida uning jiyani Yustinian I taxtga ega chiqish maqsadida hukmdorga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblangan va oʻlimga hukm qilingan. Avliyolar Sergius va Bacchus Justinning huzuriga kelib, Yustinian I ning bu ishda hech qanday aybi yoʻqligini aytishgan. Shundan soʻng Yustinian I ozod qilingan va Sezar unvoniga ega boʻlgan. Minnatdorchilik tariqasida Yustinian I imperator etib tayinlanganidan keyin avliyolar Sergius va Bacchusga bagʻishlab cherkov qurdirishga vaʼda bergan. 527—536-yillarda qurilgan ushbu cherkov (532—537-yillar oraligʻida Sofiya ibodatxonasi qurilishidan biroz oldin) Yustinian I hukmronligi davrida bunyod etilgan ilk inshootlardan biri boʻlgan.
Yangi cherkov Hormisdas saroyi (Yustinian I ning taxtga oʻtirishidan oldingi uyi), Avliyo Pyotr va Paul cherkovi oʻrtasidagi tartibsiz hududda joylashgan. Oʻsha paytda, ikki cherkov bir xil shakl va koʻrinishga ega boʻlgan narteks, atrium va propylaeadan (ibodatxonaning kirish qismi) iborat boʻlgan. Cherkov Konstantinopoldagi eng muhim diniy inshootlardan biri boʻlgan. Bino qurilganidan koʻp vaqt oʻtmay, uning yonida xuddi shu nomdagi yana bir monastir bunyod etilgan.
Yangi cherkovning qurilish ishlari 532—537-yillar oraligʻida bunyod etilgan Sofiya ibodatxonasidan biroz oldin boshlangan. Bino miletlik meʼmor Isidorus va tralleslik Anthemius tomonidan Vizantiya imperiyasining eng katta cherkovi sifatida bunyod etilgan deb ishonilgan. Biroq bino oʻzining arxitekturaviy xususiyatlariga koʻra Sofiya ibodatxonasidan butunlay farq qiladi, shuningdek, ushbu ibodatxonaning kichik oʻlchamdagi versiyasi degan tushuncha ham asossiz deb topilgan[4].
536 va 537-yillarda Hormisdas saroyi Monofizit monastiri boʻlgan, imperiyaning sharqiy mintaqalaridan turli taʼqiblardan qochib kelgan ushbu monastirga eʼtiqod qiluvchi mazhab vakillarini imperator Theodora oʻz himoyasi ostiga olgan[5].
Usmonlilar imperiyasi davri
tahrir1453-yilda Usmonlilar Konstantinopolni fath etgandan soʻng, cherkov Boyazid II hukmronligiga qadar saqlanib qolingan. Soʻngra (1506—1513-yillar oraligʻida) Usmonlilar sulolasi qarorgohi boʻlmish Topkapi saroyidagi Bab-i-Saadet (Usmonli turklarida tom maʼnoda Saodat darvozasi) qoʻriqchisi, bosh amaldor Husayn ogʻa tomonidan masjidga aylantirilgan. Aynan oʻsha paytda cherkovga qoʻshimcha ravishda yangi ayvon va madrasa ham qurilgan[6].
1740-yilda Sadr vazir Hoji Ahmet Posho masjidni qayta tiklagan va u yerda Şadırvan (favvora) qurdirgan. 1648 va 1763-yillarda yuz bergan zilzilalar natijasida masjidga yetkazilgan zarar 1831-yilda Sulton Mahmud II davrida qoplangan. 1762-yilda birinchi marta masjid minorasi qurilgan. Biroq 1940-yilda buzib tashlangan, 1956-yilda esa yana qayta bunyod etilgan[7].
Asrlar davomida tuproq namligi va zilzilalar tufayli katta zarar koʻrgan masjid binosi yaqin atrofdagi temir yoʻl qurilishi sababli yanada aziyat koʻrgan. Binoning janubidagi Pyotr va Paul cherkovlari aynan shu temir yoʻl qurilishi sabab buzib tashlangan. Bundan tashqari Bolqon urushlari paytida binodan qochqinlar uchun turar-joy sifatida foydalanish ham unga birmuncha zarar yetkazgan[8].
Masjid bir necha yil oldin UNESCOning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi obidalar roʻyxatiga kiritilgan. Butunjahon yodgorliklari jamgʻarmasi uni 2002, 2004 va 2006-yillarda yoʻqolib ketish xavfi ostidagi 100 ta diqqatga sazovor joylar roʻyxatiga kiritgan. Bir necha yil davom etgan va 2006-yil sentyabr oyida nihoyasiga yetgan keng qamrovli restavratsiyadan soʻng, masjid yana qayta musulmonlar ziyorati uchun ochib qoʻyilgan.
Arxitekturasi
tahrirTashqi koʻrinishi
tahrirBinoning tashqi devorini qurishda Konstantinopolda oʻsha davrda qoʻllaniladigan odatiy usullardan foydalanilgan.
Masjid narteksi gʻarbiy tomonda, cherkov xoriga qarama-qarshi joylashgan[9]. Binoni qurishda qoʻllangan koʻplab usullar keyinchalik Sofiya ibodatxonasini qurishda ham qoʻllangan.
Bino oldida portik (atrium oʻrnini egallagan) va sud zali (ikkala bino ham Usmonlilar davrida bunyod etilgan), kichik bogʻ, tahorat olish uchun favvora va bir nechta kichik doʻkonlar mavjud.
Ichki koʻrinishi
tahrir-
Masjid ustunlarining detallari hamda gumbazning shimoliy qismi
-
Gumbaz
-
Galereya
-
Ustunlar
-
Kichkina Ayasofya eksteryeri
-
Orqa tarafdagi qabristondan Kichkina Ayasofya binosining koʻrinishi
-
Kichkina Ayasofyaning keng burchakli koʻrinishi
-
Birinchi qavatdan Kichkina Ayasofya binosining koʻrinishi
-
Birinchi qavatdan Kichkina Ayasofya binosining koʻrinishi
-
Birinchi qavatdan Kichkina Ayasofya binosining koʻrinishi
-
Birinchi qavatdan Kichkina Ayasofya binosining koʻrinishi
-
Kichkina Ayasofya binosi ustuni va birinchi qavat ostidagi halqa
-
Kichkina Ayasofya binosining interyer detallari
-
Kichkina Ayasofya binosining interyer detallari
-
Kichkina Ayasofya binosining interyer detallari
-
Kichkina Ayasofya binosining interyer detallari
Hozirgi kunga kelib cherkovning asl ichki bezaklaridan hech narsa qolmagan, zamonaviy yilnomachilar cherkovning mozaika bilan qoplangan rang-barang marmar devorlari boʻlganligini taʼkidlaydilar. Cherkov Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilganda, binoning derazalari va kirish joyi oʻzgartirilgan, pol qismi koʻtarilgan, ichki devorlari esa gipslangan[10].
Atrofi
tahrirInshootning shimolida musulmonlar qabristoni joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Bardill, Jonathan (2017). "The Date, Dedication, and Design of Sts. Sergius and Bacchus in Constantinople" (en). Journal of Late Antiquity 10 (1): 85–86. doi:10.1353/jla.2017.0003. ISSN 1942-1273. https://muse.jhu.edu/article/670875.
- ↑ Bardill, Jonathan (2017). "The Date, Dedication, and Design of Sts. Sergius and Bacchus in Constantinople" (en). Journal of Late Antiquity 10 (1): 62–130. doi:10.1353/jla.2017.0003. ISSN 1942-1273. https://muse.jhu.edu/article/670875.
- ↑ Norwich (1988), p. 531
- ↑ Freely (2000), p. 137
- ↑ Müller-Wiener (1977), p. 178
- ↑ Müller-Wiener (1977), p. 182
- ↑ Müller-Wiener (1977), p. 182
- ↑ Müller-Wiener (1977), p. 182
- ↑ Antechoir is the part of the church in front of the Choir, often reserved for the clergy.
- ↑ Mathews (1976), p. 242