Kira Alekseyevna Zvorykina (ruscha: Ки́ра Алексе́евна Зворы́кина, belaruscha: Кіра Аляксееўна Зварыкіна; 1919-yil 29-sentyabr — 2014-yil 6-sentyabr) Sovet Ittifoqi ayol shaxmatchisi, koʻp yillar davomida Belorussiyada yashagan. U ayollar oʻrtasidagi Sovet chempionatining uch karra gʻolibi boʻlgan. 2018-yilda u Butunjahon shaxmat shon-sharaf zaliga kiritildi.[1]

Zvorykina 1957-yilda 1-Ayollar shaxmat olimpiadasida

Yoshlik yillari

tahrir

Kiraning ota-onasi Aleksey Konstantinovich Zworykin (Vladimir Zworykinning ukasi) va Lidiya Terpugova edi. U yetti farzandning biri boʻlib, voyaga yetdi. Uning butun oila aʼzolari hammaligi yoshligidanoq shaxmatga qiziqqan va hatto shaxsiy shaxmat turnirlarini ham oʻtkazishgan. 16 yoshida ushbu musobaqalardan birida erishgan muvaffaqiyatidan xursand boʻlib, u maktab musobaqalarida qatnasha boshladi va barcha oʻyinlarida gʻalaba qozondi.

1927-yilga kelib, oila Leningradga (hozirgi Sankt-Peterburg) koʻchib oʻtdi. Shunday qilib, yosh Zvorykinaning afsonaviy Yosh kashshoflar shaxmat klubi saroyiga qoʻshilish imkoniyati paydo boʻldi, u yerda oʻsha paytda magistrlikka nomzod boʻlgan mashhur shaxmat ustasi Pyotr Romanovskiy dars berar edi. 17 yoshida u Leningrad maktab oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtgan musobaqada chempion boʻldi va Kinematografiya institutida oʻqishni boshladi. Kiraning shaxmatga ajratadigan vaqti asta-sekin kamayib bordi va faqat 1946-yildan keyingina shaxmat turnirlarda yana qatnasha boshladi. U jahon shaxmatining muhim ahamiyatli shaxmatchi ayollaridan biri sifatida oʻyinlarda ishtirok etdi va Leningrad ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Shaxmat chempionatlari

tahrir

Zvorykina grossmeyster va shaxmat boʻyicha murabbiy Aleksey Suetinga turmushga chiqdi va 1951-yilda Aleksandr ismli oʻgʻil farzandli boʻlishdi. Keyingi yillardagi faoliyati Zvorykinani rus ayollar shaxmatining choʻqqisiga olib chiqdi, chunki u 1951, 1953 va 1956-yillarda ayollar oʻrtasidagi milliy chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 1957-yilda ikkita teng ball bilan birinchi oʻrin marrasiga yetishdi, (u Valentina Borisenko bilan boʻlgan hal qiluvchi taybrekni yutqazib qoʻydi) hamda 1958-yilda (Larisa Volpert bilan teng ball asnosida birinchi oʻringa davogar boʻldi).

Xalqaro shaxmatda 1950-yillarda Zvorykina eng yuqori choʻqqisiga chiqqanida ayollar oʻrtasidagi turnirlar juda kam boʻlgan, ammo u 1952-yilgi Moskva musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va SSSRda Buyuk Britaniyaga qarshi 1954-yilgi oʻyinlarda Enn Sunnuksni (+1 =1 −0) magʻlub etgan. Uning eng katta muvaffaqiyati 1959-yilda Plovdivda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi nomzodlar turnirida ayollar oʻrtasidagi amaldagi jahon chempioni Yelizaveta Bikova bilan unvon uchun kurash olib borganida gʻalabaga erishdi. Afsuski, 1960-yilgi oʻyin onasining kasalligi rivojlangan yillariga toʻgʻri keldi va bu, shubhasiz, uning oʻyiniga taʼsir qildi, natijada 4½-8½ farq bilan Zvorykina magʻlubiyatga uchradi.

1960-yillarda u oz sonli xalqaro turnirlarda qatnashib, muvaffaqiyat qozona olmadi. Oʻsha paytda kuchli shaxmat oʻyinchilarning yangi toʻlqini, ayniqsa, ozarbayjonliklar, Tatyana Zatulovskaya va gruzinlar, Nona Gaprindashvili va Nana Aleksandriya ustunlik qilishdi. Jahon chempionatiga nomzodlar turnirlarida u 1950-yillar va 1960-yillar davomida barqaror va hurmatli oʻyinchiboʻlib qoldi va afsuski eng yaxshi beshtalikka hech bir musobaqada kira olmadi.

Jamoaviy shaxmat

tahrir
Zvorykina (oʻrtada, Emmen, 1957-yil)

1957 (Emmen) va 1963 (Split)-yillardagi ayollar shaxmat olimpiadalarida Sovet Ittifoqi nufuzini himoya qilgan Zvorykina ikkita yorqin, medalli chiqishlarini namoyish etdi. Birinchisi, 12/14 ball bilan 2-oʻrinni egalladi, bu musobaqada u ham individual, ham jamoaviy oltin medalni qoʻlga kiritdi va hatto 1-oʻrindagi Jahon chempioni Olga Rubtsovaning muvaffaqiyatiga soya soldi. Uning ikkinchi chiqishida ham xuddi shunday taʼsirchan tarzda kechib, 5½/6 ball qayd etdi hamda jamoaga yana bir oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi. Biroq, jamoaviy zaxiradan joy olganligi sababli, individual medal qoʻlga kiritilmadi.

Keyingi yillar

tahrir

Zvorykina bir muncha vaqt Moskvada yashadi, eri Moskvada shaxmat boʻyicha bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Keyinchalik u Minskda yashab, u yerda shaxmat maktabini boshqargan, garchi uning mutaxassisligi muhandislik boʻyicha boʻlgan boʻlsa ham, Zvorykina bolalarga shaxmatdan saboq berishni yoqtirar edi.

U Shaxmat boʻyicha Belarus chempionatida ham bir necha bor ishtiroketdi hamda uch marta chempionlikni qoʻlga kiritdi, jumladan: 1960, 1973 va 1975-yillarda u oltin medal bilan taqdirlandi.

Keyingi yillar davomida u Bolgariyada bir muncha vaqt yashagan va FIDE roʻyxatidan oʻtgan. Oradan koʻp yillar oʻtganiga qaramay, u 2007-yilgacha reyting turnirlarida shaxmat oʻynadi. 1998-yilda, sakson yoshga toʻlishi arafasida, uning Elo reytingi hali ham ajoyib koʻrsatkich 2245 ball edi. 2000-yilda Rowy-da boʻlib oʻtgan World Seniors musobaqasida u oʻrtamiyona marraga erishdi. Keyinchalik uning jadvaliga kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionati kiritilgan.

Zvorykinaga 1952-yilda ayol xalqaro usta unvoni va 1977-yilda ayol grossmeyster unvoni berilgan. 1977-yilda u xalqaro hakam boʻldi[2]

Vafoti

tahrir

Kira Alekseyevna Zvorykina 2014-yilda 94 yoshida vafot etdi.[3]

Manbalar

tahrir
  1. „Kira Zvorykina“. World Chess Hall of Fame.
  2. Gaige, Jeremy (1987), Chess Personalia, A Biobibliography, McFarland, 482-bet, ISBN 0-7864-2353-6, OCLC 61261448
  3. Ushla iz jizni Kira Alekseevna Zvorikina (1919-2014)

Havolalar

tahrir