Klub 27
Klub 27 (inglizcha: 27 Club) — 27 yoshida va aksariyat hollarda gʻalati hodisalar tufayli vafot etgan qoʻshiqchilarning birlashgan nomi[1][2][3][4].
Klub 27ga kiritlgan qoʻshiqchilar
tahrir7 musiqachidan iborat roʻyxatga birinchi boʻlib Robert Johnson kiritilgan. Keyinchalik Jimi Hendrix, Jim Morrison va Janis Joplin ushbu roʻyxatga qoʻshilgan. Ushbu klub paydo boʻlishining asosiy sababi sifatida ushbu qoʻshiqchilarning vafoti orasida 10 oygina farq boʻlganligi keltiriladi[3].
Keyinchalik ushbu roʻyxatga Brayan Jons qoʻshilgan. Morrison va Jons bir kunda vafot etishgan edi, lekin 2 yillik farq bilan[3].
Soʻngra klubga oʻz mashhurligi choʻqqisida, 1994-yilda oʻzini otib oʻldirgan Kurt Cobain qoʻshilgan[3][5][6].
Britaniyalik qoʻshiqchi Amy Winehousening 2011-yilgi vafotidan soʻng koʻpgina nashriyotlar uni „Klub 27“ga kiritishgan[3][7][8][9].
Ismi | Tugʻilgan sanasi | Vafot sanasi | Vafot etish sababi | Mashhurligi |
---|---|---|---|---|
Robert Johnson | 1911-yil 8-may | 1938-yil 16-avgust | Rasmiy versiya — mashuqalaridan birning rashkchi eri tomonidan otib oʻldirilgan. Boshqa versiyaga koʻra — strixnin bilan zaharlangan. | Blyuzmen. XX asrning eng mashhur blyuzmenlaridan biri[10] |
Brayan Jons | 1942-yil 28-fevral | 1969-yil 3-iyul | Basseynda choʻkib ketadi, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra — oʻldirilgan[11] | „The Rolling Stones“ guruhi asoschisi, gitarist |
Jimi Hendrix | 1942-yil 27-noyabr | 1970-yil 18-sentabr | dori peredozirovkasi tufayli | Rok musiqa tarixdagi eng yaxshi gitarist sifatida eʼtirof etiladi[12], gitarada ijrosida oʻziga xos uslub yaratuvchisi, qoʻshiqlar muallifi, vokalist |
Janis Joplin | 1943-yil 19-yanvar | 1970-yil 4-oktabr | rasmiy versiyaga koʻra qoʻshiqchi narkotiklar peredozirovkasi tufayli vafot etgan | Blyuz tarixidagi eng yaxshi oq tanli ayol qoʻshiqchilarning biri[13] |
Jim Morrison | 1943-yil 8-dekabr | 1971-yil 3-iyul | Rasmiy versiya — yurak yetishmovchiligi. Lekin u narkotiklar yoki qotillik tufayli oʻlgan degan farazlar ham bor | shoir, qoʻshiqlar muallifi, video, The Doors guruhi solisti, rok musiqa tarixidagi eng mashhur qoʻshiqchilardan biri[14] |
Kurt Cobain | 1967-yil 20-fevral | 1994-yil 5-aprel | Rasmiy versiya — miltiq bilan oʻzini oʻldirish | gitarist, qoʻshiqlar muallifi. Nirvana guruhining aʼzosi. Rok musiqa idollaridan biri |
Amy Winehouse | 1983-yil 14-sentabr | 2011-yil 23-iyul | alkogoldan zaharlanish[15] | Britaniyalik R&B, jazz, soul qoʻshiqchi. Musiqadagi yutuqlari uchun Greatest Britons-2007 egasi; 6 karra „Grammy“ mukofoti sohibasi |
Tanqid
tahrirKurt Cobainning biografi Charles Cross yozgan edi: „27 yoshida vafot etgan qoʻshiqchilar soni rostdan ham koʻp. Odam har doim va xohlagan vaqtida vafot etishi mumkin boʻlsada, 27 yoshda vafot etganlar soni oshib bormoqda“[16].
Avstraliya texnika universiteti olimlari statistik analiz bilan „Klub 27“ni shubha ostiga olishmoqchi boʻlishgan. 1956-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrdagi xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan qoʻshiqchilarning hammasi haqida maʼlumotlarni oʻrganib shuni aniqlashdiki, qoʻshiqchilar aynan 27 yoshida eng koʻp vafot etishar ekan. Umuman olganda qoʻshiqchilar qolganlarga qaraganda erta vafot etishadi (asosan 40 yoshgacha). Olimlar 1970–1980-yillar oraligʻidagi yosh qoʻshiqchilar vafoti Britaniya alohisining oʻrtacha olamdan oʻtish koʻrsatkichidan 2–3 barorabar yuqori ekanligini aniqlashdi[17][18].
Manbalar
tahrir- ↑ „After Nirvana Show airs on Saturday 3rd April 2100 - 2200“. BBC. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
- ↑ Weiss, David. „Amy Winehouse & The 27 Club“. Life Goes Strong. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 the27s.com (Wayback Machine saytida 2023-11-21 sanasida arxivlangan), „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“
- ↑ Club 27 Musicians Who have Died from the ‘Curseʼ. (Wayback Machine saytida 2019-03-27 sanasida arxivlangan) z6mag.com (Aug 21st, 2012)
- ↑ „Heavier than Heaven: A Biography of Kurt Cobain“ (deadlink). HyperionBooks.com. 2007-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Before I Get Old: 'The 27s' Made Early Exits“. NPR. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
- ↑ Amy Winehouse Joins Unfortunate „27 Club“ (Wayback Machine saytida 2024-05-10 sanasida arxivlangan) // „Forbes“
- ↑ Amy Winehouse, 27, found dead at her London flat after suspected 'drug overdoseʼ (Wayback Machine saytida 2024-05-14 sanasida arxivlangan) // Daily Mail
- ↑ Emi Uaynxaus popala v „Klub 27“ (Wayback Machine saytida 2020-02-15 sanasida arxivlangan) // „Komsomolskaya pravda“
- ↑ „Рок-энциклопедия. Robert Johnson“. 2015-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.
- ↑ „Bruno, Anthony. „Death by Misadventure“, CourtTV Crime Library“. 2008-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- ↑ 100 Greatest Guitarists of All Time (Wayback Machine saytida 2009-07-27 sanasida arxivlangan). Rolling Stone (August 27, 2003)
- ↑ „Janis Joplin“ (en). — www.classicbands.com. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-oktyabr.
- ↑ "Morrison poem backs climate plea (Wayback Machine saytida 2023-04-10 sanasida arxivlangan)", BBC News, January 31, 2007.
- ↑ „Судмедэкспертиза объяснила смерть Эми Уайнхаус алкогольным отравлением“. Lenta.ru (2011-yil 26-oktyabr). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
- ↑ Cross, Charles R. "P-I’s Writer in Residence Charles R. Cross explores the darker side of 'only the good die youngʻ (Wayback Machine saytida 2010-12-05 sanasida arxivlangan) in the Seattle Post-Intelligencer, 23 February, 2007. Access date 19, June, 2007
- ↑ „Ученые разоблачили феномен «клуба 27»“. 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
- ↑ „Is 27 really a dangerous age for famous musicians? A retrospective cohort study“. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-dekabr.
Havolalar
tahrir- forever27.co.uk (Wayback Machine saytida 2021-03-11 sanasida arxivlangan), „The Forever 27 Club“ veb-sayti(ingl.)
- the27s.com, „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“