Koʻkamaron
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻkamaron (Scutellaria immaculata Nevski) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub sertuk yarim buta. Poyasi yotiq, yer ostki qismi yogʻochlanib, kaudeks hosil qiladi. Bir yillik poyalari 5—10 sm, sertuk, serbarg. Gullari 2,5—3 sm, och sariq, barg qoʻltigʻida gʻuj oʻrnashgan. Iyun—iyulda gullaydi, mevasi avgust,— sentabrda pishadi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi togʻlarda oʻsadi. Yangiligida mol yeydi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |