Koʻra-Araks pasttekisligiOzarbayjondagi pasttekislik. Koʻra va Araks daryolari quyi oqimida. Sharqda Kaspiy dengiziga tutash. Uzunligi 250 km, eni 150 km. Balandligi 200 m dan kam, oʻrta va sharqiy qismlari Dunyo okeani sathidan past. Toʻrtlamchi sistemadagi dengiz va allyuvialdelyuvial yotqiziqlaridan tarkib topgan. Neftga boy. Iqlimi quruq subtropik. Yiliga 200–400 mm yogʻin tushadi. Chala choʻl landshafti hukmron. Tuproqlari boʻz, boʻz-oʻtloqi, shoʻr tuproqlar. Qishki yaylov sifatida foydalaniladi. Mingechaur suv ombori va sugʻorish kanallari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarda paxta ekiladi, bogʻ va tokzorlar barpo qilingan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil