Konstantin Novikov
Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Konstantin Petrovich Novikov | ||
Tavallud sanasi | 21-sentyabr 1961-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Vafot sanasi |
15-iyul 2015-yil (53 yoshda) | ||
Vafot joyi | Olmaota, Qozogʻiston | ||
Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1978—1984 1985 1987—1988 1989 1990 1992 1992—1993 |
Paxtakor Zvezda (Jizzax) Xonqaliklar Jayhun Nurafshon Soʻdiyona Solnoki-MAV-MTE |
(108 (15) 6 (0) 50 (17) 36 (10) 25 (7) 6 (0) ? (10)) | |
Boshqargan klublari | |||
1995—? | Shahrixonchi | ||
Kimyogar (Chirchiq) | |||
Chilonzor | |||
1999 | Xorazm | ||
2000 | Doʻstlik | ||
2001—? | Paxtakor-2 | ||
Nurafshon | |||
2008—2010 | Nasaf | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirFutbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).
1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.
Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajargan[1]. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilgan[2].
2002-yildan Qaragʻandada yashagan.
U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan[3].