Kopidnadon yoki Kopidnados jangi (arabcha: معركة كوبيداندون) – 788-yil sentyabr oyida Abbosiylar xalifaligi va Vizantiya imperiyasi qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Abbosiylar qoʻshini Onadoʻliga bostirib kirgan va Kopidnadonda Vizantiya qoʻshinlari bilan toʻqnash kelgan. Urush yakunida Abbosiylar qoʻshinining qoʻli baland kelgan va gʻalabaga erishgan. Baʼzi olimlar tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, urush natijasida Vizantiya qoʻshini tarkibidagi yoʻqotishlar orasida adabiy qahramon Digenes Akritas sifatida shakllantirilgan, asl ismi taxminan Diogenes boʻlgan shaxs ham bor edi.

Kopidnadon jangi
Arab–Vizantiya urushlarining bir qismi
Sanalar milodiy 788-yil sentyabr
Urush yeri Padyandus, Onadoʻli
Natija Abbosiylarning gʻalabasi
Qoʻmondonlar
Horun ar-Rashid Irene

Tarixi

tahrir

Arablarning Vizantiya poytaxti Konstantinopolni zabt etishga boʻlgan soʻnggi urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin xalifalik qoʻshinlari Onadoʻliga muntazam ravishda deyarli har yili oʻz yurishlarini olib bordi. 782-yilda Abbosiylar xalifaligi vorisi, boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid boshchiligidagi yirik bosqin (h. 786–809) Vizantiya uchun sharmandali kelishuvga olib keldi. Sulh evaziga Vizantiya har yili xalifalikka 160,000 oltin nomisma toʻlashga majbur boʻldi[1]. 785-yilda Afina imperatori-regenti Irene soliq toʻlashni toʻxtatishga qaror qildi va urush qayta boshlandi. Arablar Armeniacsga bostirib kirishdi, biroq 786-yil boshida vizantiyaliklar bunga javoban Abbosiylarning soʻnggi 5 yil davomida oʻzlarining xochlari uchun asosiy tayanch va harbiy bazaga aylangan hamda Vizantiyaga qarshi chegara yurishlari amalga oshiriladigan Kilikiyadagi Hadat qal’asini vayron qilishdi[2][3].

786-yilda Horun ar-Rashid taxtga oʻtirganidan keyingi 2 yil davomida amalga oshirilgan yurishlar nisbatan kichik harakatlar edi. Yangi hukmronlikning birinchi katta yurishi 788-yilda sodir boʻldi. Ulkan bosqin Kilikiya darvozalaridan Anatolicsga kirib bordi[4][1]. Hujum arab manbalarida tilga olinmagan boʻlsa-da, Vizantiya yilnomachisi Theophanes the Confessor tomonidan unga katta bosqin sifatida taʼrif berilgan, chunki jang ikkita eng kuchli Vizantiya fem qoʻshinlari, Anatolitics va Opsician qoʻshinlari bilan toʻqnash keldi[5].

Urush Theophanesning Kopidnadon deb ataluvchi hududida boʻlib oʻtdi. 1932-yilda Henri Grégoire va boshqa zamonaviy olimlar urush joyini Kilikiya darvozalarining gʻarbiy chiqish qismidagi Podandos shahri bilan bogʻlashgan[5][6]. Theophanes bilan bogʻliq boshqa qisqacha maʼlumotlarga koʻra, jang vizantiyaliklarning qonli magʻlubiyati bilan yakunlangan. Ular koʻplab askar va zobitlarini, shu jumladan, 786-yilda Irene tomonidan ikonoklazmni doimiy qoʻllab-quvvatlagani uchun viloyatlarga surgun qilingan Scholai tagmasi aʼzolarini ham yoʻqotganlar. Shuningdek, jang davomida Onadoʻli turma qoʻmondoni (tourmarches – boʻlinma qoʻmondoni), qobiliyatli ofitser Diogenning oʻlimi ham alohida taʼkidlanadi[1][6].

Taʼsiri

tahrir

Vizantiyaliklarning magʻlubiyati dastlab unchalik salbiy ahamiyatga ega boʻlib koʻrinmadi. Yoʻqotishlar ogʻir boʻlsa-da, chidab boʻlmas darajada emas edi, mintaqaning vayron boʻlish darajasi ham haddan tashqari yuqori boʻlib tuyilmadi. Moddiy nuqtai nazardan, Kopidnadondagi magʻlubiyat arablarning boshqa odatiy bosqinlaridan unchalik farq qilmasdi[1][7]. Biroq bu narsa 782-yildan buyon davom etib kelayotgan nisbatan tinch vaziyatdan soʻng[5] keng koʻlamli chegaraviy urushlarning qayta boshlanganini koʻrsatdi. Bu esa 809-yilda Horun ar-Rashidning vafoti va undan keyingi Abbosiylar oʻrtasidagi fuqarolar urushiga qadar toʻxtovsiz davom etdi[2].

Jangning eng uzoq muddat davom etgan salbiy oqibatlaridan biri Diogenesning oʻlimi boʻlishi mumkin. Theophanes hikoyalarida Diogenesning oʻziga xos oʻrnidan kelib chiqib, Henri Grégoire uni epik qahramon Digenes Akritasning asl arxetipi bilan bogʻlagan[8][9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Treadgold 1988.
  2. 2,0 2,1 Brooks 1923.
  3. Makrypoulias 2008, Chapter 1 (Wayback Machine saytida August 22, 2014, sanasida arxivlangan).
  4. Makrypoulias 2008, Chapter 1 (Wayback Machine saytida August 22, 2014, sanasida arxivlangan).
  5. 5,0 5,1 5,2 Lilie 1996.
  6. 6,0 6,1 Makrypoulias 2008, Chapter 2 (Wayback Machine saytida August 22, 2014, sanasida arxivlangan).
  7. Makrypoulias 2008, Chapter 3 (Wayback Machine saytida August 22, 2014, sanasida arxivlangan).
  8. Makrypoulias 2008, Chapter 3 (Wayback Machine saytida August 22, 2014, sanasida arxivlangan).
  9. Treadgold 1988, s. 401 (Note #110); cf. also Beck 1971, ss. 63–97 for a discussion on the origins of the Digenes legend.

Adabiyotlar

tahrir