Korenveld met kraaien
Korenveld met kraaien — Vincent van Goghning 1890-yil iyul oyida yaratilgan asari. Koʻpgina manbalarga koʻra, Van Gogh tomonidan chizilgan soʻnggi sanʼat asaridir. Biroq, Van Goghning soʻnggi surati yoki yoʻqligi nomaʼlum, chunki sanʼatshunoslar bu borada aniq dalillar topa olishmagan. Uning maktubida aytilishicha, Korenveld met kraaien taxminan 10-iyulda, Auvers Town Hall va Doubigny bogʻi asarining chizilishi 1890-yil 14-iyul kuni yakunlangan[1]. Shuningdek, Jan Hulskerning taʼkidlashicha, Field with Stacks of Wheat (F771) yaʼni yigʻib olinayotgan bugʻdoy tasviri keyinroq chizilgan[2].
Korenveld met kraaien | |
---|---|
: ' | |
Vincent van Goghning Korenveld met kraaien (Bugʻdoy dalasi va qargʻalar) nomli asari | |
Yil | 1890-yil iyul oyi |
Joylashuvi | Vincent van Gogh muzeyi, Amsterdam |
Korenveld met kraaien Van Goghning 1890-yil iyun va iyul oylari, hayotining soʻnggi bir necha haftalarida yolgʻiz qolib ijod qilgan asarlaridan biri sanaladi. Surat Amsterdamda joylashgan Van Gogh muzeyida shu turdagi suratlar kolleksiyasining bir qismi sifatida Korenveld onder onweerslucht asari bilan birga saqlab kelinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Auvers-sur-Oise: May – July 1890 (75 paintings)“. vggallery.com. 9 nisan 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 temmuz 2010.
- ↑ The Complete Van Gogh: Paintings, Drawings, Sketches, 1986 — 480-bet. ISBN 0-517-44867-X.
Adabiyotlar
tahrir- Erickson, Kathleen Powers. At Eternity’s Gate: The Spiritual Vision of Vincent van Gogh, 1998. ISBN 0-8028-4978-4
- Van Gogh: The Complete Paintings, 2010 — 680-682-bet. ISBN 3-8365-2299-3.