Kot-d'Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi
Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi (fransuzcha: Équipe de Côte d'Ivoire féminine de football)[1] xalqaro ayollar futbolida Kot-d’Ivuar sharafini ifodalaydi va Kot -d’Ivuar Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi xalqaro oʻyinini 1988-yilda oʻtkazdilar. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingida 64-oʻrinni va CAFning reytingida esa 6-oʻrinni egallab turibdi.
Tarixi
tahrirIlk oʻyinlar
tahrir1985-yilda dunyoning deyarli hech bir mamlakatida ayollar futbol terma jamoasi yoʻq edi[2], shu jumladan, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinini 1988-yilgacha[3] oʻtkazmagan. 1988-yilgi xalqaro ayollar taklif turnirida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi „A“ guruhidan joy oldi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 1-iyun kuni Foshan shahrida boʻlib oʻtgan oʻyinda Gollandiya ayollar terma jamoasiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi. 3-iyun kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Foshanda boʻlib oʻtgan 2-oʻyinda Kanada ayollar terma jamoasiga 0:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan Guanchjoudagi oʻyinda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy ayollar terma jamoasiga 1:8 hisobida magʻlub boʻlishdi[4][5]. 2002-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyinda qatnashgan[6]. 2003-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi bironta ham oʻyinda maydonga tushishmagan[6] 2005-yilda ular 3 ta oʻyinda maydonga tushishgan[6]. 2005-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Dakarda (Senegal) ayollar oʻrtasidagi Tournoi de Solidarité musobaqasida ishtirok etishdi. 18-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mali ayollar terma jamoasiga 1:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 20-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Senegal terma jamoasi bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi. Natijada Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi bosqichga chiqa olishmadi va umumiy hisobda turnirda oxirgi o‘rinni egalladi[7]. 2006-yil 17-mayda Dakar shahrida Togo terma jamoasi Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 3:3 hisobida durang oʻynadi[8]. 2007-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Uagadugu shahrida boʻlib oʻtgan Tournoi de Cinq Nations musobaqasida qatnashdi. 2-sentabr kuni ular Mali terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Oʻyinda 65-daqiqada Rita Akaffu Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi foydasiga gol urdi. 5-sentabr kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Togoni 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Jamoa 6-sentabr kuni esa Mali terma jamoasiga 1:2 hisobida yutqazdi[9].
Rivojlanishi
tahrir2010-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda ishtirok etgan. Ilk turda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Gvineya ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etishdi. Ammo Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi o‘yinda Malavi ayollar terma jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi[10].
Biroq, 2014-yilda Afrika ayollar chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalga yoʻl olib hammani hayratda qoldirdi va keyinroq ular favorit Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasini magʻlub etib, butun Afrikani hayratda qoldirgan holda birinchi marta 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynashadi. Jahon chempionatidan Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya ayollar terma jamoasiga (0-10), Tailand terma jamoasiga (2-3) va Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga (1-3) qarishi uchta oʻyinda uchta magʻlubiyat bilan chiqib ketishdi. Hamma oʻyinlarda yutqazganiga qaramay, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Anj NʼGyussanning Norvegiya darvozasiga urgan goli butun turnirdagi eng yaxshi oʻnta goldan biri deb topildi.
Milliy federatsiya 1960-yilda tashkil etilgan va 1964-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamiga toʻq sariq rangli koʻylaklar, oq shortilar va yashil paypoqlar kiradi[11]. Milliy qoʻmitada ayollar futboliga mas’ul boʻlgan doimiy xodim yoʻq[6]. Federatsiya nizomida ayollar futboli vakilligi kafolatlanmagan[6][12]. 2007-yilda mamlakatda FIFA tomonidan boshqariladigan ayollar MA futbol kursi tashkil etilgan[13].
Murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar shtabi
tahrirLavozimi | Ismi | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Klementin Ture |
Bosh murabbiylar tarixi
tahrir- Adélaïde Koudougnon (2004-2010)
- Clémentine Touré (2010-)
Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
tahrirHozirgi tarkib
tahrirMarokash ayollar terma jamaosiga qarshi 2022-yil 23-iyunida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida quyidagi futbolchilar Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[14]. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 26-iyul holatiga koʻra aniq.
Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
tahrirChempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻrin | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
1991-yil | Kiritilmadi | |||||||
1995-yil | ||||||||
1999-yil | ||||||||
2003-yil | Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
2007-yil | ||||||||
2011-yil | ||||||||
2015-yil | Guruh bosqichi | 23 | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 16 |
2019-yil | Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
2023-yil | ||||||||
Jami | 1/9 | - | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 16 |
Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkazgan oʻyinlar tarixi
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarixi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Sana | Raqib | Natija | Stadion |
2015-yil | Guruh bosqichi | 7-iyun | Germaniya | Magʻlubiyat: 0-10 | TD Pleys stadioni, Ottava |
11-iyun | Tailand | Magʻlubiyat: 2-3 | |||
15-iyun | Norvegiya | Magʻlubiyat: 1-3 | Monkton stadioni, Monkton |
Olimpiada oʻyinlari
tahrirYozgi Olimpiada oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
1996-yil | Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
2000-yil | ||||||||
2004-yil | ||||||||
2008-yil | ||||||||
2012-yil | ||||||||
2016-yil | ||||||||
2020-yil | ||||||||
Jami | 0/7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Afrika ayollar millatlar kubogi
tahrirAfrika ayollar millatlar kubogida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
1991-yil | Kiritilmadi | ||||||
1995-yil | |||||||
1998-yil | |||||||
2000 | |||||||
2002-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2004-yil | Kiritilmadi | ||||||
2006-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2008-yil | |||||||
2010-yil | |||||||
2012-yil | Guruh bosqichi | 3 | 1 | 0 | 2 | 7 | 7 |
2014-yil | Uchinchi oʻrin | 5 | 2 | 1 | 2 | 8 | 8 |
2016-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2018-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
2020-yil | Covid-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | ||||||
2022-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||
Jami | 2/13 | 8 | 3 | 1 | 4 | 15 | 15 |
Afrika oʻyinlari
tahrirAfrika oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
2003-yil | Kiritilmadi | ||||||
2007-yil | |||||||
2011-yil | Saralashdan oʻtmagan | ||||||
2015-yil | 3 | 5 | 4 | 0 | 1 | 6 | 3 |
2019-yil | Saralashdan oʻtmagan | ||||||
2023-yil | Aniqlanmoqda | ||||||
Jami | 0/4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
WAFU ayollar kubogi
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „FIFA“ (en). fifa.com.
- ↑ Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1 January 2012 — 45-bet. ISBN 978-1-61783-146-1. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „Results: Côte d'Ivoire“. FIFA (2009-yil 29-sentyabr). 2010-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
- ↑ „Women's FIFA Invitational Tournament 1988“. Rsssf.com (2011-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „Lyon'ne Cup (Women) 1992–1993“. Rsssf.com (2003-yil 19-iyun). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 FIFA (2006). Women's Football Today. p. 57. Archived from the original on August 14, 2012. https://web.archive.org/web/20120814213100/http://www.fifa.com/mm/document/afdeveloping/women/93/77/21/factsheets.pdf. Qaraldi: 8 June 2012.Kot-d'Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
- ↑ „Tournoi de Solidarité (Women) 2005 (Dakar, Senegal)“. Rsssf.com (2010-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „Results: Togo“. FIFA (2009-yil 29-sentyabr). 2011-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
- ↑ „Tournoi de Cinq Nations (Women) 2007“. Rsssf.com (2008-yil 6-mart). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „Fixtures — African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ Pickering, David. The Cassell soccer companion : history, facts, anecdotes. London: Cassell, 1994 — 167-bet. ISBN 0304342319. OCLC 59851970.
- ↑ Tom Dunmore. Historical Dictionary of Soccer. Scarecrow Press, 16 September 2011. ISBN 978-0-8108-7188-5. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „Goal! Football: Côte d'Ivoire“. FIFA (2009-yil 3-noyabr). 2010-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
- ↑ „squad for friendly game“.