Kota Kinabalu masjidi
Kota Kinabalu shahar masjidi (malaycha: Masjid Bandaraya Kota Kinabalu) – Malayziyaning Sabah viloyati Kota-kinabalu shahrida joylashgan Sabah davlat masjididan (Sembulan) keyingi mamlakatdagi ikkinchi asosiy masjid. Bosh imom – Ustoz Hoji Hofiz Bin Datuk Doktor Hoji Hamza[1].
Masjid | |
Kota Kinabalu shahar masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Sabah viloyati | Kota-kinabalu |
Koordinatalar | 5°59′45.0888″N 116°06′27.9″E / 5.995858000°N 116.107750°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Oʻlchami | 12 000 nafar |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Kota Kinabalu masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid qurishga tayyorgarlik ishlari 1989-yilda, poydevor qoziqlarini oʻrnatish ishlari esa 1992-yilda boshlangan. 1993–1994-yillarda mablagʻ yetishmasligi sababli qurilish birmuncha vaqtga kechiktirilgan[2]. Masjid 2000-yil 2-fevralda Kota-kinabaluga shahar maqomi berilgani eʼlon qilinganidan keyin rasman ochilgan[3]. Masjid qurilishiga 34 million Malayziya ringgiti sarflangan. Arxitektura dizayni Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan Islom olamidagi ikkinchi muqaddas joy hisoblangan Al-Masjid an-Nabaviy masjidi asosida ishlab chiqilgan[3]. Koʻk va oltin ranglardagi gumbaz arab meʼmorchiligidan ilhomlangan holda yaratilgan[4].
Xususiyatlari
tahrir14.83 akr maydonga ega masjid (6.00 ga) Janubiy Xitoy dengizi Likas koʻrfazi sohilidagi Pasir yoʻlida bunyod etilgan. Bino qisman inson tomonidan yaratilgan laguna bilan oʻralgan[1][3]. Shu sababli masjidga nisbatan „Suzib yuruvchi masjid“ nomi qoʻllangan[5]. Inshoot bir vaqtning oʻzida 12 000 namozxonni qabul qilish imkoniga ega[3]. Masjidda bankomat, uchta madrasa, palliativ terapiya klinikasi va Malaysia Sabah Universiti bilan hamkorlikda tashkil etilgan baliq fermasi mavjud[3][4]. 2008-yilda masjidda eshkak eshuvchi qayiqda sayohatlar joriy etilgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar qayiqda suzgan holda masjidni koʻrishlari mumkin boʻlgan. Masjid qoʻmitasi aʼzosining taʼkidlashicha, shu yoʻl orqali „masjidni din, iqtisod va ijtimoiy jihatlarni qamrab olgan jamiyat hayotiga koʻproq moslashtirishga“ harakat qilingan[5].
Masjid umumiy sayyohlik maskani boʻlib, u yerda bir nechta turlar uyushtirish mumkin. Shuningdek, masjid hududiga fotograflarning kirish imkoniyati mavjud[5]. Namoz vaqtidan tashqari binoga musulmon boʻlmaganlar ham tashrif buyurishlari mumkin. Masjidga kelganlar Lonely Planet deb nomlanuvchi uzun shim va yengli libos kiyishlari shart[6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Alamat dan Perhubungan“ (ms). Official Website. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
- ↑ „Pengenalan“ (ms). Official Website. 2014-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 "Masjid Bandaraya, Kota Kinabalu [City Mosque, Kota Kinabalu]" (ms). Suara Masjid 7 (59): 7. October 2008. ISSN 1511-9149. Archived from the original on 23 March 2012. https://web.archive.org/web/20120323075435/http://www.islamgrid.gov.my/majalah/suaramasjid/SM59.pdf.
- ↑ 4,0 4,1 „Masjid Bandaraya Kota Kinabalu (Kota Kinabalu State Mosque)“. Islamic Tourism Centre of Malaysia. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Mosque Introduces Paddle Boat Rides“. New Straits Times (2012-yil 4-iyun). 2014-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „City Mosque“. Lonely Planet. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Vikiomborda Kota Kinabalu City Mosque mavzusiga oid fayllar bor