Kubide kabobi. pomidor, yashil qalampir, piyoz va apelsin bilan.
Ko‘mirda Kubide kabobini tayyorlash

Kubide kabobi — (forscha: کباب کوبیده — kabāb-e kubide) Eron oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri boʻlib, anʼanaviy eron kaboblaridandir. Bu kabob qiyma goʻshtdan tayyorlanadi va asosan guruch bilan isteʼmol qilinadi. Kabobning bunga oʻxshash turi dunyoning aksar xalqlarning milliy oshxonasida mavjud. Kabobning kaloriya miqdori: har bir kabob sixida 250 dan 300 kaloriyagacha boʻlishi mumkin. Bu kabob eronliklar orasida eng ko‘p isteʼmol qilinadigan kabob hisoblanadi. Kubide kabobining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, asosan, qo‘y go‘shti, mol goʻshti va tovuq go‘shtlaridan tayyorlanadi. Uning eng mashhuri biroz yogʻli qoʻy goʻshti va piyozdan tayyorlangan turidir.

Garchi Eron kubide kabobi asosan qo‘y go‘shti bilan tayyorlansa-da, ammo bugungi kunda uni mol go‘shtidan ham pishirishmoqda.

Tayyorlanishi

tahrir

Kubide kabobi uchun kerakli masalliqlar

Birinchi qadam: piyoz tayyorlash

tahrir

Avvalo piyozni tozalang va yuving, keyin ularni maydalang. Agar xohlasangiz, piyozni maydalagich bilan ham maydalashingiz mumkin. Piyozni maydalaganingizdan so‘ng, ortiqcha suvini olib tashlash uchun maydalangan piyozni qo‘llaringiz bilan siqing. Maydalangan piyozni mos idishga soling.

Ikkinchi bosqich: go‘sht tayyorlash

tahrir

Keyingi bosqichda siz go‘shtni maydalashingiz kerak. Buning uchun go‘shtni mayda bo‘laklarga kesib oling va maydalang. Go‘shtni yanada mayda qilish uchun goʻsht qiymalagichdan foydalanish yaxshiroqdir.

Uchinchi qadam: ziravorlar qo‘shish

tahrir

Keyingi bosqichda, qiyma va piyoz aralashmasiga bir oz tuz va qora murch bilan zaʼfaron qo‘shing. Ushbu bosqichda, tayyorlangan qiyma aralashmasini yaxshilab siqishingiz kerak, shunda u pishish paytida sixlardan tushib ketmasligi uchun butunlay mustahkam va bir xil bo‘ladi.

 
Guruch, pomidor, qatiq va sabzavotlar bilan dasturxonga tortilgan Kubide kabobi.

Tayyor bo‘lgan qiymani yaxshilab aralashtirgandan so‘ng, kamida 2 soat muzlatgichga qo‘ying. Agar shoshsangiz, bir soat davomida muzlatgichga qo‘yganingiz ham maʼqul. Keyin qiymani muzlatgichdan oling.

Beshinchi qadam:

tahrir

Sixga tortish uchun avval qo‘lingizni piyoz sharbati bilan ho‘llashingiz kerak, so‘ngra sixning yuqori qismidan maydalangan qiyma go‘shtini bosishni boshlang, shunda u sixni yaxshi qoplaydi. Oxirida, six tugagandan so‘ng, barmog‘ingizni bosib, go‘sht ustida tizma hosil qiling. Xuddi shu tarzda, barcha qiymani sixlarga tiqib chiqing. Shu vaqt ichida ko‘mir tayyorlang, shunda ko‘mir to‘liq qizarib bir xil yonadi. Dastavval go‘sht o‘ziga kelguncha tez tez yelpib turing, so‘ngra go‘sht bir tekis pishgunicha sixlarni doimiy ravishda aylantirib turing. Bu bosqichda pomidorlarni yarmiga bo‘ling. Kaboblar tayyor bo‘lgach, ularga non yoki guruch qo‘shib isteʼmol qilishingiz mumkin. Yana bir muhim jihati shundaki, Kubide kabobini rayhon, piyoz kabi sabzavotlar bilan ham yeyishingiz mumkin.


Manbalar

tahrir

Achaya, K. T.. Indian Food: A Historical Companion. Oxford University Press, 1994 — 11 bet. http://www.ghadeer.org/Book/336/50759 (Wayback Machine saytida 2019-04-21 sanasida arxivlangan) . دریافت‌شده در ۲۰۱۹-۰۵-۲۲.