Qunduz yoki Kunduz (pushtucha: کندز; forscha: قندوز asl nomi: کُهَندِژ) — Afg‘oniston shimolidagi shahar, Qunduz viloyatining markazi. 2015-yil holatiga koʻra, Qunduzda taxminan 268 893 nafar aholi yashaydi, u Afgʻonistonning 7- eng yirik shahri va Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi eng katta shahar[2]. Qunduz Baqtriyaning tarixiy Toxariston viloyatida, Qunduz daryosining Xonobod daryosiga quyilishi yaqinida joylashgan. Qunduz janubda Kobul, gʻarbda Mozori-Sharif va sharqda Badaxshon bilan avtomobil yoʻllari bilan bogʻlangan. Qunduz Afgʻonistonning Sherxon Bandar quruqlik porti orqali shimolda Tojikistonning Dushanbe shahri bilan ham bogʻlangan. Bu shahar Afg‘onistonda tarvuzi bilan mashhur.

Qunduz

forscha: قندوز
Shahar
36°43′43″N 68°52′5″E / 36.72861°N 68.86806°E / 36.72861; 68.86806
Mamlakat Afgʻoniston
viloyat Qunduz viloyati
Hukumat
Ilk eslatilishi Eramizdan avvalgi 329-yil
Maydon 112[1] km2 (43 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Pushtu
Dariy
Oʻzbek
Aholisi
 (2014—2015-yillar)
268 893[2]
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Qunduz xaritada
Qunduz
Qunduz

2015-yil holatiga koʻra, shaharning yerdan foydalanish (munitsipal chegarada) asosan qishloq xoʻjaligi (umumiy maydonning 65,8%). Turar-joy yerlari „qurilgan“ yer maydonining deyarli yarmini (48,3%), 29 877 ta turar joyni tashkil etadi. Aeroport munitsipal chegarada boʻlgani sababli, muassasa yerlari qurilgan yerdan foydalanishning 17,9% ni tashkil qiladi[1].

Qunduz ilk bor 13-asrga oid qoʻlyozmalarda uchraydi. Baʼzi tarixiy manbalarga koʻra, Qunduzda 10-asrda yirik shahar boʻlgan Valvaliz (Valvalij) oʻrnida yoki unga yaqin joyda vujudga kelgan. 13-asrda shahar viloyat markazi boʻlgan. 1505-yilda Qunduzni Shayboniyxon egallagan. 1510-yilda Boburiylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1606-yilda Buxoro xoni Vali Muhammadxon Qunduzni Balx viloyati tarkibiga kiritdi. 17-asr oʻrtalarida Mahmudiy Qatagʻon Toxariston, Taliqon, Keshm viloyatlarini birlashtirib Qunduzni uning poytaxti deb eʼlon qilgan. 18—19-asrlarda Qunduz xonligi tarkibida, 19-asr 2-yarmidan Afgʻoniston davlati tarkibida.

Etimologiyasi

tahrir

Qunduz nomi forscha kohan dež birikmasidan kelib chiqqan boʻlib, „eski/qadimiy qal’a“ degan maʼnoni bildiradi[3].

Tarixi

tahrir

Qunduz — qadimgi Drapsaka shahri oʻrnida joylashgan. Bu eramizning 3-asrida buddaviylikni oʻrganishning yirik markazi boʻlgan va juda gullab-yashnagan.

Shahar ilgari Aornos (baqtriyacha: οαρνο, varn)[4], keyinroq Valvalij[5] yoki Varvaliz, shaharning eski nomi Varn va baqtriyacha: λιζο (liz) — qal’a birikmasidan kelib chiqqan, deb atalgan[6]. Temuriylar davrida esa Koʻhandiz nomi qoʻllanila boshlandi.

18—19-asrlarda Murodbek (1815—1842) davrida Balxdan Pomir togʻlarigacha boʻlgan eng yirik hududga yetgan oʻzbeklarning Qunduz xonligi poytaxti boʻlgan. Murodbek 1838—39-yillardagi Afgʻon Turkiston yurishida Doʻstmuhammadxon tomonidan magʻlubiyatga uchraganidan soʻng oʻz davlati tanazzulga yuz tutdi. Murodbek vafotidan keyin xonlik tanazzulga yuz tutdi va oxir-oqibat 1859-yilda Afgʻoniston tomonidan boʻysundirildi. Bu inglizlar va ruslar oʻrtasidagi Katta oʻyinning bir qismi edi.

20-asr boshlarida bir yuzdan ikki yuz minggacha tojik va oʻzbeklar oʻz vatanlarini Rossiya Qizil Armiyasi tomonidan bosib olinishidan qochib, Shimoliy Afgʻonistonga joylashdilar[7].

20-asr boshlarida Sherxon Nashir boshqaruvi ostida Qunduz Afgʻonistonning eng boy viloyatlaridan biriga aylandi. Bu, asosan, Nashirning urushdan keyingi Afgʻonistonda mavjud boʻlgan Spinzar Cotton kompaniyasini tashkil etishi bilan bogʻliq edi. Oʻzining eng yuqori choʻqqisida Spinzar Cotton 5000 kishini toʻliq ish bilan taʼminladi. Qunduz bugʻdoy, sholi, soʻk va boshqa mahsulotlar yetishtiruvchi va „yurt uyasi“ laqabini olgan eng muhim qishloq xoʻjaligi viloyatiga aylandi[8].

21-asr

tahrir

Qunduz 1997-yilda Tolibon tomonidan bosib olingan shimoli-sharqiy viloyatlar markazi sanaladi. U 2001-yil 26-noyabrda AQSh qoʻllovidagi Afgʻoniston Shimoliy ittifoqi kuchlari tomonidan qayta egallangunga qadar Tolibon qoʻlida tutib turgan eng yirik shahar edi.

 
Qunduzdagi qishloq, 2005-yil

2015-yilning yozida Tolibon oldinga siljib, shaharga hujum qildi, natijada afgʻon kuchlariga qarshi shaharni nazorat qilish uchun jang boʻldi. Oʻn minglab aholi urushlar tufayli mamlakat ichkarisida koʻchirildi[9][10][11]. 2015-yil 28-sentabrda shahar markazida Tolibon bayrog‘i yana ko‘tarildi va Tolibon shahar qamoqxonasini egallab, ko‘plab mahbuslarni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi[12][13]. Afg‘oniston qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tib, 15 kun ichida shaharni qayta egallab oldi. Tolibon oʻz maqsadlariga erishgach, shahar markazini tark etganini eʼlon qildi. Tolibon matbuot kotibi Zabihullo Mujohidning soʻzlariga koʻra, ularning shaharni tark etishdagi asosiy maqsadi havo hujumlari oqibatida tinch aholi qurbonlari boʻlmasligidir[14]. 2018-yil aprel oyida Afg‘oniston havo kuchlari Qunduzdagi madrasaga havo hujumi uyushtirdi va natijada o‘nlab tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi[15]. 2019-yil 31-avgust kuni Tolibon kuchlari shaharga navbatdagi hujum uyushtirib, mahalliy xavfsizlik kuchlari bilan katta jangga kirishdi.

2020-yil 19-may kuni Qunduzda Tolibon mototsiklni portlatib bir politsiyachi va bir fuqaroni oʻldirdi, 18 nafarini yaraladi. Shu kuni Tolibon yana Qunduzni egallashga urinib, bir qancha hukumat postlariga hujum qildi, biroq afg‘on xavfsizlik kuchlari tomonidan qaytarildi. Tolibon o‘nta jasadni qoldirib, shaharni tark etishga majbur bo‘ldi[16]. Tolibon hujumi chog‘ida sakkiz nafar afg‘on askari va uch nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 55 nafari yaralandi[17].

2021-yil 8-avgustda Tolibon milliy harbiy hujumi doirasida Milliy armiya kuchlari bilan og‘ir to‘qnashuvlardan so‘ng Qunduz, Saripul va Toliqon bilan birga qo‘lga kiritildi[18][19].

2021-yil 8-oktabrda IShID jangarisi Guzari Sayidobod masjidida shia namozxonlarini nishonga olgan xudkush kamzulini portlatib yubordi, natijada 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi va 100 dan ortiq odam yaralandi.

Geografiyasi

tahrir

Qunduz strategik jihatdan shimol-janub yoʻnalishida Kobulni Tojikiston bilan, sharq-gʻarb yoʻnalishida esa Mozori-Sharifni Toliqon va Fayzobod bilan bogʻlaydigan yoʻl boʻyida joylashgan.

Iqlimi

tahrir

Qunduz sovuq chala choʻl iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifida BSk), yozi issiq va qishi salqin. Yogʻingarchilik odatda kam, yanvardan aprelgacha yogʻadi, yoz deyarli har doim yomgʻirsiz.

Aholisi

tahrir
 
Afgʻonistonning etnolingvistik guruhlari

Qunduz shahrining 2015-yil holatiga ko‘ra taxminan 268 893 nafar aholisi bor.[2] Etnik pushtunlar eng katta segmentni tashkil etadi, undan keyin oʻzbeklar, tojiklar, arablar va boshqalar[7][20][21]. Qunduz juda xilma-xil boʻlgan viloyatning markazi boʻlib, unda pushtunlar, tojiklar, oʻzbeklar, hazoralar, arablar, balujlar va turkmanlar yashaydi[22].

Qunduz arablari arab tilida emas, balki Afg‘onistonning ikki rasmiy tili bo‘lmish fors va pushtu tillarida gaplashadi. Biroq, ular Arabistondagi qabilaviy kelib chiqishiga asoslanib, kuchli arab oʻziga xosligini daʼvo qiladilar. Bu, aslida, VII va VIII asrlarda mintaqadagi islomiy fathi ortidan Arabistondan koʻplab arab qabilalarining shu va boshqa Oʻrta Osiyo hududlariga koʻchib kelganiga ishora qilishi mumkin[23].

Boshqaruvi

tahrir

Qunduz aeroporti

Qunduzdagi Afgʻoniston biznes maktabi binosi

Qunduz shahri 8 tumanga („nohiya“) boʻlingan boʻlib, umumiy yer maydoni 11 206 ga.[1]

Qunduzning eng nufuzli rahbari Orif Xon edi, u Qunduz viloyati hokimi boʻlgan va 2000-yilda Pokistonning Peshovar shahrida otib oʻldirilgan. Voqeadan koʻp oʻtmay uning akasi Hoji Umar Xon masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi va Qunduz hokimi (2000-01) etib tayinlandi.

Sporti

tahrir

Mozori Sharifdagi professional sport jamoalari

Jamoa nomi Oʻynayotgan ligasi Sport turi Stadioni Tashkil topgan yili
Pamir Zalmi Shpagiza Kriket ligasi Kriket Qunduz kriket maydoni 2021-yil
Mavjhai Amu F. C. (موج‌های آمو) Afgʻoniston Chempionlar ligasi Futbol Qunduz maydoni 2012-yil
  • Stadionlari
    • Qunduz kriket maydoni
    • Qunduz maydoni

Mashhur shaxslari

tahrir
  • Sherxon Nashir, Xaroti qabilasining Nashir oilasi (Gʻilzay qabilasi tarkibida) boshligʻi;
  • Gʻulom Nabi Nashirxon (1926-2010), parlament aʼzosi;
  • Sayid Nurullo Murod (Afgʻon siyosatchisi, hukumat aʼzosi, harbiy qoʻmondon va olim) Imom Sohib tumani;
  • Gulbudin Hikmatyor, afgʻon siyosiy yetakchisi, afgʻon siyosatchisi, sobiq mujohid va narkotik savdogari;
  • Javed Ahmadiy (1992-), Afgʻoniston milliy kriket jamoasi oʻyinchisi;
  • Abdulrauf Ibrohimiy, Afg‘oniston milliy parlamentining sobiq spikeri;
  • Farhod Daryo, afgʻon qoʻshiqchisi.

Yana qarang

tahrir

Afgʻoniston shaharlari

Farhod Daryo

Qunduz aeroporti

Qunduz jangi (2015)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „State of Afghan Cities report 2015 (Volume-II)“ (en, prs). UN-Habitat (2015). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „State of Afghan Cities report 2015 (Volume-I English)“ (en). UN-Habitat (2015). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  3. Branch, India Army General Staff. Historical and Political Gazetteer of Afghanistan (en). Akadem. Druck- u. Verlagsanst., 1972. ISBN 9783201012720. 
  4. Sims-Williams. New Light on Ancient Afghanistan — 16–17-bet. 
  5. „Asien-Afrika-Institut“. uni-hamburg.de. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Gholami, Saloumeh. Selected Features of Bactrian Grammar — 80-bet. 
  7. 7,0 7,1 Wörmer, Nils „The Networks of Kunduz: A History of Conflict and Their Actors, from 1992 to 2001“. Stiftung Wissenschaft und Politik. Afghanistan Analysts Network (2012). Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  8. „Afghanistan's Misguided Economy | Boston Review“ (2014-yil 8-fevral). 2014-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-yanvar.
  9. „Afghans counter Taliban offensive in northern Kunduz province“. BBC News.
  10. „Taliban and Afghan Government Dispute Status of Kunduz“. New York Times (2015-yil 21-iyun).
  11. „Afghanistan: Taliban advance on key northern city“. The Sydney Morning Herald.
  12. „Taliban 'seize half' of Afghanistan's Kunduz city“. www.bbc.com. BBC (2015-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  13. „Afghan Taliban seize northern city center in major attack“ (2015-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  14. „Taliban admit Kunduz withdrawal“ (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-aprel.
  15. cbs/AFP. „Carnage as airstrike hits boy's school in Taliban territory“. CBS News (2018-yil 3-aprel). Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.
  16. „Motorbike bomb, fighting claim 12 lives in Afghanistan's Kunduz province“ (2020-yil 19-may). 2020-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „Eight Afghan soldiers die fighting off Taliban attack on key city“ (2020-yil 19-may). 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  18. Gibbons-Neff, Thomas. „The Taliban seize Kunduz, a major city in northern Afghanistan.“. The New York Times. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  19. Latifi, Ali „Taliban captures Kunduz, third provincial capital in three days“. Al Jazeera. Al Jazeera. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  20. „Kunduz Province“. Program for Culture & Conflict Studies. Naval Postgraduate School. 2012-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  21. „2003 National Geographic Population Map“. Thomas Gouttierre, Center For Afghanistan Studies, University of Nebraska at Omaha; Matthew S. Baker, Stratfor. National Geographic Society (2003). 2008-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyun.
  22. Bleuer, Christian (1 January 2012). "State-building, migration and economic development on the frontiers of northern Afghanistan and southern Tajikistan". Journal of Eurasian Studies 3 (1): 69–79. doi:10.1016/j.euras.2011.10.008. 
  23. Barfield, T.J. (1981), The Central Asian Arabs of Afghanistan: Pastoral Nomadism in Transition, University of Texas Press, ISBN 9780292710665[sayt ishlamaydi]