Kurt von Schleicher
Kurt fon Shleyxer | |
---|---|
nemischa: Kurt von Schleicher | |
Germaniya kansleri | |
Mansab davri 3-dekabr 1932-yil – 28-yanvar 1933-yil | |
Prezident | Pol fon Hindenburg |
Oʻtmishdoshi | Frans fon Papen |
Vorisi | Adolf Hitler |
Prussiya reyxkamissari | |
Mansab davri 3-dekabr 1932-yil – 28-yanvar 1933-yil | |
Oʻtmishdoshi | Frans fon Papen |
Vorisi | Frans fon Papen |
Imperiya Mudofaa Vaziri | |
Mansab davri 1-iyun 1932-yil – 28-yanvar 1933-yil | |
Prezident | Pol fon Hindenburg |
Kansler | Frans fon Papen |
Oʻtmishdoshi | Vilgelm Groener |
Vorisi | Verner fon Blomberg |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Kurt Ferdinand Friedrich Hermann von Schleicher 7-aprel 1882-yil Brandenburg an-der-Gavel, Germaniya Imperiyasi |
Vafoti |
30-iyun 1934-yil (52 yoshda) Babelsberg, Natsistlar Germanyasi |
Millati | nemis |
Siyosiy partiyasi | partiyasiz |
Turmush oʻrtogʻi |
Elisabeth von Schleicher (turm. 1931) |
Alma mater | Harbiy akademiya |
Dini | lyuteranlik |
Dafn etilgan joyi | Lixterfeld qabristoni |
Mansubligi |
Germaniya imperiyasi Weimar Respublikasi |
Qoʻshin turi |
Germaniya Imperiya Armiyasi Reyxsver |
Xizmat yillari | 1900-1932 |
Unvoni | General |
Mukofotlari | Temir xoch ordeni |
Janglar |
Birinchi jahon urushi Sharqiy front Kerensk jangi |
Kurt Ferdinand Fridrix Hermann fon Shleyxer (talaffuzi: [kʊʁt fɔn ˈʃlaɪ̯çɐ] ( tinglang); 1882-yil 7-aprel — 1934-yil 30-iyun)[1] nemis generali va Veymar respublikasi davridagi Germaniyaning soʻnggi kansleri (Adolf Hitlergacha). Hitler bilan hokimiyat uchun raqib boʻlgan Shleyxer 1934-yilda „Uzun xanjarlar kechasi“da Gitlerning SS boʻlinmasi tomonidan oʻldirilgan.
Shleyxer 1882-yil 7-aprelda Brandenburg an-der-Gavelda harbiy oilada tugʻilgan. 1900-yilda Prussiya armiyasiga leytenant unvoni bilan kirib, Germaniya Bosh shtabining temir yoʻl boʻlimida Bosh shtab ofitseri darajasiga koʻtarildi va Birinchi jahon urushi paytida Oliy Armiya qoʻmondonligi Bosh shtabida xizmat qildi. Shleyxer 1918—1919-yillardagi Germaniya inqilobi paytida armiya va yangi Veymar respublikasi oʻrtasida aloqachi boʻlib xizmat qilgan. Reyxsverning Versal shartnomasidagi cheklovlardan qochish harakatlarida muhim ishtirokchi boʻlgan. Shleyxer Reyxsverning Qurolli Kuchlar departamenti boshligʻi sifatida hokimiyat tepasiga koʻtarildi va 1926-yildan boshlab Prezident Pol fon Hindenburgning yaqin maslahatchisi boʻldi. 1928-yilda oʻzining ustozi Vilgelm Groener Mudofaa vaziri etib tayinlanganidan soʻng, Shleyxer 1929-yilda Mudofaa vazirligining Vazir Ishlari boshqarmasi (ministramt) boshligʻi boʻldi. 1930-yilda u Herman Myuller hukumatini agʻdarishda va Geynrix Bryuningni kansler etib tayinlashda muhim rol oʻynadi. U 1931-yildan boshlab Reyxsver uchun yordamchi kuch sifatida natsistlar partiyasining SA xizmatiga kirdi.
1932-yildan boshlab Shleyxer Frants fon Papen kabinetida mudofaa vaziri boʻlib ishlagan va Prussiya sotsial-demokratik hukumatiga qarshi Preysenshlag (Preußenschlag) toʻntarishining bosh tashkilotchisi boʻlgan. Shleyxer Papenni hokimiyatdan agʻdarishni tashkillashtirdi va 3-dekabrda uning oʻrniga kansler etib tayinlandi. Oʻzining qisqa hokimligi vaqtida Shleyxer Gregor Shtrasser bilan uning natsistlar partiyasidan chiqishi haqida muzokaralar olib bordi, ammo bu rejadan voz kechdi. Shleyxer Gitlerni oʻz hukumati bilan hamkorlik qilish uchun „qoʻrqitishga“ urinib koʻrish maqsadida, uni Natsistlarga qarshi partiyalar ittifoqi, yaʼni Querfront („oʻzaro front“) bilan tahdid qiladi. Gitler kanslerlikka daʼvosidan voz kechishdan bosh tortadi va Shleyxerning rejasi barbod boʻladi. Shundan soʻng Shleyxer Hindenburgga Reyxstagni tarqatib yuborishni va amalda diktator sifatida hukmronlik qilishni taklif qiladi, Hindenburg esa buni rad etadi.
1933-yil 28-yanvarda Shleyxer siyosiy jihatdan boshi berk koʻchaga kirib qoldi va sogʻligʻi yomonlashib isteʼfoga chiqdi. Uning oʻrniga Gitlerni tayinlashlarini tavsiya qildi. Shleyxer Ernst Rom va Gitler oʻrtasidagi boʻlinishdan foydalanib, siyosatga qaytishga urinib koʻrdi, ammo 1934-yil 30-iyunda u va uning rafiqasi Elizabet Gitlerning buyrugʻi bilan „Uzun xanjarlar kechasi“da oʻldirildi.
Yoshlik yillari va oilasi
tahrirKurt fon Shleyxer Brandenburg an-der-Gavelda, prussiya zobiti va zodagon Hermann Fridrix Ferdinand fon Shleyxer (1853—1906) va Sharqiy Prussiyalik badavlat kema egasining qizi Magdalena Xaynning (1857—1939) oilasida tugʻilgan. Uning katta singlisi Shunelda Luise Amalie Magdalena (1879—1955) va ukasi Lyudvig-Ferdinand Fridrix (1884—1923) bor edi. 1931-yil 28-iyulda Shleyxer Prussiya generali Viktor fon Hennigsning qizi Elizabet fon Shleyxerga uylanadi. U avvalroq Shleyxerning amakivachchasi Bogislav fon Shleyxerga turmushga chiqqan va u bilan 1931-yil 4-mayda ajrashgan edi[2].
U 1896—1900-yillarda Lixterfeldedagi Gaupkadettenanshtalda (Hauptkadettenanstalt) tahsil olgan. 1900-yil 22-martda u Leytinant unvoniga koʻtarildi va 3-piyoda gvardiyasiga qabul qilindi, u yerda kichik ofitserlar, Oskar fon Hindenburg, Kurt fon Hammershteyn-Equord va Erix fon Manshteyn bilan doʻstlashadi[3]. 1906-yil 1-noyabrdan 1909-yil 31-oktabrgacha u polkning Fuzilye batalonida adyutanti boʻlib xizmat qildi.
1909-yil 18-oktyabrda Oberleytinant (nemischa: Oberleutnant ) lavozimiga tayinlanganidan soʻng, u Prussiya harbiy akademiyasiga yuboriladi va u yerda Frants fon Papen bilan tanishadi[3]. 1913-yil 24-sentyabrda oʻqishni tugatgach, u Germaniya Bosh shtabiga yuborildi va u yerda oʻz xoxishiga koʻra temir yoʻl boshqarmasiga ishga kirdi[3]. Tez orada u oʻzining bevosita boshligʻi podpolkovnik Vilgelm Groenerning protejesiga (himoyachisiga) aylandi[3]. Shleyxer 1913-yil 18-dekabrda kapitan unvoniga koʻtarildi.
Birinchi jahon urushi
tahrirBirinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Shleyxer Oliy armiya qoʻmondonligining Bosh shtabga tayinlangan. Verdun jangi paytida u sensatsiyaga sabab boʻlgan sanoatning baʼzi tarmoqlarida urushdan foydalanib spekulyatsiyaga yoʻl qoʻyishni tanqid qilgan qoʻlyozma yozgan. Ushbu ishi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) raisi Fridrix Ebert tomonidan maʼqullanadi va liberal sifatida obroʻ qozonishiga sabab boʻldi. 1916-yil noyabrdan 1917-yil maygacha Shleyxer Kriegsamtda (Urush idorasi) xizmat qildi, unga Groener boshchiligidagi urush iqtisodiyotini boshqarish vazifasi yuklangan edi[3].
Shleyxerning 1917-yil 23-maydan 1917-yil avgust oyining oʻrtalariga qadar Kerenskiy hujumi paytida Sharqiy frontdagi 237-diviziyaning shtab boshligʻi boʻldi. Urushning qolgan qismini Oliy Armiya qoʻmondonligida oʻtkazdi. 1918-yil 15-iyulda unga mayor unvoni berildi. 1918-yil avgustidan boshlab Germaniyaning urush harakatlari barbod boʻlganidan soʻng, Shleyxerning homiysi Groener Erster generalquartiermeister etib tayinlandi va 1918-yil 29-oktyabrda Germaniya armiyasining de-fakto qoʻmondonligini qabul qilib oldi. Groenerning ishonchli yordamchisi sifatida Shleyxer fuqarolik va harbiy hokimiyat oʻrtasidagi muhim bogʻlovchiga aylandi[3].
Birinchi jahon urushidan keyin armiya xizmatida
tahrirGermaniya inqilobi
tahrir1918-yil noyabr inqilobidan keyin nemis armiyasining ahvoli ogʻir edi. 1918-yil dekabr oyida Shleyxer Pol fon Hindenburg nomidan Fridrix Ebertga ultimatum qoʻydi va Germaniya muvaqqat hukumatidan armiyaga Spartak ligasini tor -mor etishga ruxsat berishini yoki armiya bu vazifani oʻzi bajarishini aytdi[4].
Germaniya vazirlar mahkamasi bilan keyingi muzokaralar chogʻida Shleyxer armiyaning Berlinga qaytishiga ruxsat olishga muvaffaq boʻldi[4]. 1918-yil 23-dekabrda Ebert boshchiligidagi muvaqqat hukumat radikal chap qanot Volksmarinedivizioni tomonidan hujumga uchradi[4]. Shleyxer Ebert-Groener pakti boʻyicha muzokaralarda muhim rol oʻynadi. Hukumatga yordam berish evaziga Shleyxer Ebertdan armiyaning „davlat ichidagi davlat“ sifatida siyosiy avtonomiyasini saqlab qolishga roziligini oldi[4].
Chap qanot isyonchilarini tor-mor qilish uchun Shleyxer 1919-yil yanvar oyi boshida Freykorpsni tashkil etishga yordam berdi[4]. Shleyxerning Veymar respublikasining qolgan qismidagi roli Reyxsverning siyosiy vositachi boʻlib xizmat qilgan holda, harbiylarning manfaatlarini himoya qilishini taʼminlash edi[3].
1920-yillar
tahrirSovet Ittifoqi bilan aloqalar
tahrir1920-yillarning boshlarida Shleyxer general Xans fon Sekktning yetakchi protejesiga aylandi. Xans fov Sekkt koʻpincha Shleyxerga nozik topshiriqlarni topshirardi[4]. 1921-yilning bahorida Seekt Reyxsver tarkibida Sondergruppe R nomi bilan tanilgan maxfiy guruhni tuzadi. Ushbu guruhning vazifasi Versal shartnomasida belgilangan xalqaro tuzumga qarshi umumiy kurashda Qizil Armiya bilan hamkorlik qilish edi[4]. Shleyxer Leonid Krasin bilan Germaniyaning Sovetlarning qurol-yarogʻ sanoatiga yordami boʻyicha kelishuvlarni ishlab chiqdi[4]. Sanoatni qurishda Germaniyaning Sovetlarga bergan moliyaviy va texnologik yordami evaziga Sovetlar Germaniyaga Versal shartnomasining qurolsizlanish bandlarini chetlab oʻtishda yordam berishdi[4]. Shleyxer bir nechta qoʻgʻirchoq korporatsiyalarni, xususan, GEFUni (nemischa: Gesellschaft zur Förderung gewerblicher Unternehmungen , — „Sanoat korxonasini ragʻbatlantirish kompaniyasi“) tuzib, 1923-yil soʻngiga qadar sovetlar qurol-yarogʻ sanoatiga 75 million reyxsmark, taxminan 18 million dollar mablagʻ (2021-yil ekvivalentida 286 million dollar) kiritildi[4].
Qora reyxsver
tahrirShu bilan birga, Sondergruppe R dan Shleyxer, Evgen Ott, Fedor fon Bok va Kurt fon Hammershteyn-Equorddan iborat jamoa rasmiy ravishda Arbeits-Kommandos (Ish komandolari) deb ataladigan tashkilotga rahbarlik qilgan mayor Bruno Ernst Buchrucker bilan aloqa oʻrnatdi. Ushbu mehnat guruhi fuqarolik loyihalariga yordam berishni maqsad qilgan edi, lekin ular aslida askarlar ish kuchidan foydalangan. Bu holat Germaniyaga Versal shartnomasida belgilangan qoʻshinlar soni chegarasini oshirishga imkon berdi[4]. Buchruckerning „Qora Reyxsver“ deb ataluvchi tashkiloti Germaniya Versal shartnomasining V qismiga rioya qilishini taʼminlash uchun mas’ul boʻlgan Ittifoqchilar nazorati komissiyasida informator sifatida ishlaganlikda gumon qilingan barcha nemislarni oʻldirish amaliyoti bilan shugʻullangan[4].
«Qora Reyxsver» tomonidan sodir etilgan qotilliklar «Femegerichte» (maxfiy sud) tizimiga muvofiq oqlandi, unda sotqinlikda gumon qilinganlarga yashirin „sud jarayonlarida“ „hukm oʻqildi“ va qurbonlar esa bundan bexabar edilar. Bu qotilliklar Sondergruppe R ofitserlari tomonidan Ittifoqchi nazorat komissiyasining saʼy-harakatlarini zararsizlantirishning eng yaxshi usuli sifatida buyurilgan qotilliklar edi[4].
Shleyxer sudda qasamyod qilib, reyxsverning «qora reyxsver» yoki ular sodir etgan qotilliklarga aloqasi borligini rad etib, bir necha bor yolgʻon guvohlik berdi[4]. «Qora reyxsver» aʼzosini qotillikda ayblagan Germaniya Oliy sudi raisiga yuborgan maxfiy maktubida Seekt qora reyxsver reyxsver tomonidan nazorat qilinganligini tan oldi va qotilliklarni hukumat tomonidan Versalga qarshi kurashish maqsadida oqlanganini daʼvo qildi. Shuning uchun sud ham sudlanuvchilarni oqlashi kerak edi[4]. Seekt Shleyxerni yoqtirmasa ham, uning siyosiy mahoratini qadrlardi va Shleyxerga siyosatchilar bilan bogʻliq tobora koʻproq vazifalarni yuklardi[4].
Veymar Respublikasidagi harbiy-siyosiy roli
tahrirSeekt homiyligiga qaramay, aynan Shleyxer 1926-yilda sobiq valiahd shahzodani harbiy manevrlarda qatnashishga taklif qilgani haqidagi faktni oshkor qilish orqali, Seektning hokimiyatdan agʻdarishga sabab boʻlgan[4]. Shleyxerning gʻalabasi, shuningdek, Reyxsver ichidagi „zamonaviy“ fraksiyaning ham gʻalabasi boʻldi, u total urush mafkurasini qoʻllab-quvvatladi va Germaniya Yevropaning boshqa xalqlariga qarshi toʻliq urush olib boradigan diktaturaga aylanishini xohladi[5].
1920-yillarda Shleyxer doimiy ravishda Reyxsverda amal zinapoyalaridan koʻtarilib, armiya va fuqarolik hukumati amaldorlari oʻrtasidagi asosiy vositachiga aylandi. U 1924-yil 1-yanvarda podpolkovnik, 1926-yilda polkovnik unvoniga sazovor boʻldi[3]. 1929-yil 29-yanvarda u general-mayor unvoniga sazovor boʻldi[3]. Shleyxer odatda sahna ortida ishlashni afzal koʻrardi, doʻstona gazetalarda hikoyalar joylashtirib boshqa hukumat idoralari nimani rejalashtirayotganini bilish uchun tasodifiy informatorlar tarmogʻiga tayandi. 1923-yilgi giperinflyatsiyadan soʻng reyxsver 1923-yil sentyabrdan 1924-yil fevralgacha mamlakat boshqaruvining katta qismini oʻz qoʻliga olshida Shleyxer muhim rol oʻynadi[4].
1928-yil yanvar oyida Groenerning Mudofaa vaziri etib tayinlanishi Shleyxerning karerasini oshirishga katta yordam berdi. Shleyxerni oʻzining „asrab olingan oʻgʻli“ deb bilgan Groener 1928-yilda Shleyxer uchun Vazirlar ishlari boʻyicha Vazirlar idorasini yaratdi[4]. Yangi idora rasmiy ravishda armiya va dengiz flotining qoʻshma faoliyatlari bilan bogʻliq barcha masalalar bilan shugʻullangan. Harbiylarni boshqa idoralar va siyosatchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatish vazifasini amalga oshirgan. Shleyxer bu mandatni juda keng talqin qilganligi sababli, Ministeramt tezda Reyxsverning siyosatga aralashish vositasiga aylandi[4]. Ministeramtning tashkil etilishi Shleyxerning Reyxsverning bosh siyosiy maslahatchisi lavozimini rasmiylashtirishiga yordam berdi[6]. U 1929-yil 1-fevralda shef-vazir (Chef des Ministeramtes) boʻldi.
Oʻzining homiysi Groener singari, Shleyxer ham 1928-yilgi Reyxstag saylovlari natijalaridan xavotirda edi, unda Sotsial-demokratlar (SDP) Panzerkreuzer A kemasini qurishga qarshi chiqqan platformada eng katta ovozni qoʻlga kiritishdi. Panzerkreuzer A kemasini Deutschland sinfidagi „linkor jangovar kemalari“ni qurilish dasturi edi[6]. Shleyxer SDPdan Hermann Myuller boshchiligidagi „katta koalitsiya“ rivojlanishiga qarshi chiqdi va SDPni ularning antimilitarizmi sababli hokimiyatdan chetlatishni afzal koʻrishini aniq aytdi[6]. Groener ham, Shleyxer ham 1928-yilgi saylovlardan soʻng demokratiyaga chek qoʻyishga qaror qilishdi, chunki Sotsial-demokratlarga hokimiyatga ishonib boʻlmaydi deb hisoblashardi[7]. Groener qulay harbiy byudjet loyihalarini qabul qilish uchun Shleyxerga qaram edi[4]. Shleyxer sotsial-demokratlarning qarshiligiga qaramay, 1928-yil uchun dengiz byudjetini qabul qilish orqali Groenerning ishonchini oqladi[4]. Shleyxer Groenerning Vazirlar Mahkamasi uchun bayonotlarini tayyorladi va muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasining majlislarida qatnashdi. Eng muhimi, Shleyxer prezident Hindenburgga siyosiy va harbiy masalalar boʻyicha maʼlumot berish huquqini qoʻlga kiritdi[4].
1929-yilda Shleyxer Truppenamt (niqoblangan Bosh shtab) boshligʻi Verner fon Blomberg bilan janjallashib qoladi. Oʻsha yili Shleyxer „chegara mudofaasi“ (Grenzschutz) siyosatini boshladi, unga koʻra Reyxsver Germaniyaning Polshaga qarama-qarshi boʻlgan sharqiy qismlarida Versal tomonidan oʻrnatilgan chegaralardan chiqqan holatda, maxfiy omborlarda qurol-yarogʻ toʻplab, koʻngillilarni tayyorlashni boshlaydi[8]. Blomberg tizimni Fransiya chegarasigacha kengaytirishni xohladi. Shleyxer bu fikrga qoʻshilmadi va fransuzlarga 1930-yilda Reyndan chiqib ketishni kechiktirish uchun hech qanday bahona bermoqchi emas edi. Blomberg kurashda yutqazdi va Truppenamt qoʻmondonligidan tushirildi va Sharqiy Prussiyadagi diviziyaga qoʻmondonlikka yuborildi[8].
1926-yil oxiri yoki 1927-yil boshida Shleyxer Hindenburgga, agar Germaniya Milliy xalq partiyasi boshchiligidagi hukumatni yakka oʻzi tuzishning iloji boʻlmasa, Hindenburg „partiyalar bilan maslahatlashmasdan va ularning xohish-istaklariga eʼtibor bermasdan, oʻzi ishongan hukumatni tayinlashi kerakligi“ va „tarqatish toʻgʻrisidagi buyruq topshirishga tayyor boʻlgan holda, hukumatga parlamentda koʻpchilik oʻrinni olish uchun barcha konstitutsiyaviy imkoniyatlarni berishi kerakligini“ aytdi[5]. Hindenburgning oʻgʻli mayor Oskar fon Hindenburg, Otto Meisner va general Vilgelm Groener bilan birga Shleyxer prezident fon Hindenburgni atrofidagi Kamarillaning yetakchi aʼzosi edi. Shleyxer Veymar Konstitutsiyasining prezidentlik boshqaruvini amalga oshirishga imkon beradigan uchta moddasiga ishora qilgan holda „25/48/53 formulasi“ deb ataladigan prezidentlik hukumati gʻoyasini ilgari surgan. Ular quyidagi moddalardir:
- 25-modda Prezidentga Reyxstagni tarqatib yuborishga ruxsat beradi.
- 48-modda Prezidentga favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini Reyxstagning roziligisiz imzolash imkonini berilgan. Biroq, Reyxstag 48-modda tomonidan qabul qilingan har qanday qonunni oltmish kun ichida koʻpchilik ovoz bilan bekor qilishi mumkin edi.
- 53-modda Prezidentga kanslerni tayinlashga ruxsat berardi.
Shleyxerning gʻoyasi boʻyicha Hindenburgga 53-moddaga muvofiq oʻz vakolatlaridan foydalanib, Shleyxer tanlagan odamni kansler etib tayinlashga koʻndirishi kerak edi. Oʻz navbatida u tanlagan kantsler 48-modda qoidalariga muvofiq hukmronlik qilishi kerak edi. Agar Reyxstag qabul qilingan qonunlarni bekor qilish bilan tahdid qilsa, bunga qarshi Hindenburg parlamentni tarqatib yuborish bilan tahdidi qilishi mumkin edi. Hindenburgning bu rejalarga ishtiyoqi past edi, lekin uning oʻgʻli Meisner, Groener va Shleyxer tomonidan ular bilan birga borishga majbur boʻldi[6]. Shleyxer oʻzining hazil tuygʻusi, jonli soʻzlashuv mahorati, oʻtkir zehni va yuqori sinf aristokratik aksentidan voz kechib, nemis tilida quyi ishchilar sinfining berlincha talaffuzi bilan jozibali yoki qoʻpol gapirish odati bilan mashhur edi[9].
1929—1930-yillarning qish faslida Shleyxer Groener va Hindenburg koʻmagida turli fitnalar yoʻli bilan Herman Myullerning „Katta koalitsiya“ hukumatini barbod qildi[4]. 1930-yilning yanvarida, Zentrum siyosiy partiyasidan Geynrix Bryuningning prezidentlik hukumatini boshqarishga roziligini olganidan soʻng, Shleyxer Bryuningga „Hindenburg hukumati“ «antimarksistik» va „anti-parlamentar“ boʻlishi kerakligini aytdi. SDP Reyxstagdagi eng yirik partiya boʻlishiga qaramay, sotsial-demokratlarga ushbu lavozimni egallash uchun hech qanday yoʻl yoʻq edi[5]. 1930-yil mart oyida Myuller hukumati quladi va Bryuning boshchiligidagi birinchi prezidentlik hukumati ishga kirishdi[4]. Nemis tarixchisi Eberxard Kolb 1930-yilning mart oyida boshlangan prezidentlik hukumatlarini oʻziga xos „oʻrmalab ketuvchi“ davlat toʻntarishi deb taʼriflagan, buning natijasida hukumat asta-sekin avtoritar va demokratik jihatdan pasayib boradi, bu jarayonning yakuniga koʻra, davlat toʻntarishi kuchayib ushbu jarayon natijasida hukumat tepasiga 1933-yilda natsistlar rejimi keldi[5]. Britaniyalik tarixchi Edgar Feuchtvanger Bryuning hukumatini Shleyxerning „aqliy bolasi“ deb atagan[6].
Armiyaning ijtimoiy funksiyasi
tahrirShleyxer garchi mohiyatan Prussiyalik avtoritar boʻlsa-da, u ham armiya jamiyatdagi turli unsurlarni birlashtiruvchi institut sifatida ijtimoiy funksiyaga ega, deb hisoblardi. U, shuningdek, Yunkerlarning bankrot boʻlgan Sharqiy Elbiya mulklari uchun Sharqiy yordam (nemischa: Osthilfe ) kabi siyosatlarga qarshi edi.
Harbiy xizmatga chaqiruvni taqiqlovchi Versal shartnomasining V qismini chetlab oʻtish uchun[7] Shleyxer harbiy xizmatni eng yaxshi oʻrinbosar sifatida SA va boshqa harbiylashtirilgan xizmatlarni jalb qildi[7]. 1930-yilning dekabr oyidan boshlab Shleyxer SA rahbari Ernst Rom bilan muntazam yashirin aloqada boʻlib, tez orada uning eng yaxshi doʻstlaridan biriga aylandi. 1931-yil 2-yanvarda Shleyxer Mudofaa vazirligi qoidalarini oʻzgartirib, milliy sotsialistlarga ofitserlar, jangovar qoʻshinlar yoki dengizchilar sifatida emas, balki harbiy omborlar va arsenallarda xizmat qilishiga ruxsat berdi[4]. 1931-yilgacha armiya aʼzolariga har qanday siyosiy partiyalarga qoʻshilish qatʼiyan man etilgan edi, chunki Reyxsver siyosiylashmagan boʻlishi kerak edi. Shleyxerning qoidalarni oʻzgartirishida Reyxsverga qoʻshilishga faqat milliy sotsialistlargagina ruxsat berilgan. Agar Reyxsver aʼzosi boshqa siyosiy partiyaga qoʻshilsa, u sharmanda qilingan ravishda ishdan boʻshatilardi[4]. 1931-yilda na Groener, na Adolf Gitlerga bildirmasdan Shleyxer va Rom Polsha bilan urush yoki kommunistik toʻntarish yoki har ikkalasi bilan urush sodir boʻlgan taqdirda SA safarbar qilinib, mamlakatdagi favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun Reyxsver ofitserlari qoʻmondonliga boʻyinsunishi toʻgʻrisida yashirin kelishuvga erishadilar[4]. Shleyxer va Rom oʻrtasidagi yaqin doʻstlik keyinchalik 1934-yilda Gitlerning Shleyxer va Rom uni hokimiyatdan agʻdarish uchun fitna uyushtirganliklari haqidagi daʼvosiga asos boʻlib, ikkalasining oʻldirilishini oqlovchi sabab boʻladi[4].
Reyxsver rahbariyatining qolgan qismi singari, Shleyxer ham demokratiyani harbiy qudratga toʻsiq boʻluvchi omil sifatida koʻrdi va faqat diktaturagina Germaniyani yana buyuk harbiy kuchga aylantirishi mumkinligiga ishonch hosil qildi[7][9] Shleyxerning orzusi Wehrstaat (Harbiy davlat) yaratish edi, bunda harbiylar reyxsver amalga oshirmoqchi boʻlgan umumiy urushga tayyorgarlikning bir qismi sifatida nemis jamiyatini qayta tayyorlashni tashkil qiladi[5]. 1931-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Shleyxer Germaniya hukumati tarkibida Zahmungskonzept (yumshoq jilovlash kontseptsiyasi)ning yetakchi himoyachisi boʻlib, u natsistlarni hukumatga olib kirish orqali ularga „jilovlashi“ kerak edi[6]. Asliyati xarbiycha boʻlgan Shleyxer natsistlarning militarizmiga juda qoyil qoldi. Grenzshutzning yaxshi ishlaganligi, ayniqsa Sharqiy Prussiyada SA Reyxsverni qoʻllab-quvvatlovchi norasmiy militsiya boʻlib xizmat qilgani kelajakdagi armiya va natsistlar hamkorligi uchun namuna sifatida koʻriladi[6].
Shleyxer 1930—1932-yillar oraligʻida Geynrix Bryuning prezidentlik kabineti hukumatida parda ortidagi asosiy shaxsga aylandi va Mudofaa vaziri general Groenerning yordamchisi boʻlib ishladi. Oxir-oqibat, Reyx prezidenti (nemischa: Reyxspräsident ) Pol fon Hindenburg bilan yaqin munosabatlar oʻrnatgan Shleyxer Bryuning va Groener bilan nizolashadi va uning fitnalari 1932-yil may oyida ularning ikkisini ham hokimiyatdan chetlatilishiga uchun asosiy sabab boʻldi[4].
1932-yilgi prezidentlik saylovi
tahrirKeyinchalik Shleyxerning yordamchilaridan biri Shleyxer natsistlarni „Volkskörperlarning mohiyatan sogʻlom reaksiyasi“ sifatida koʻrganini va natsistlarni «radikal soʻlchi saylovchilarni jalb qila oladigan va buni allaqachon buni uddalagan yagona partiya» deb maqtagsnini esga oladi[10]. Shleyxer oʻzi yaratgan yangi oʻng qanot prezidentlik hukumatini natsistlar qoʻllab-quvvatlashini va shu tariqa nemis demokratiyasini yoʻq qilishni rejalashtirgan. Keyin Shleyxer turli natsistlar rahbarlari oʻrtasidagi nizolardan foydalanib va SAni Reyxsver tarkibiga qoʻshib, natsistlarni tor-mor qiladi[4]. Bu davrda Shleyxer Germaniyaning barcha muammolarining yechimi bu — «kuchli odam» ekanligiga va u oʻsha kuchli odam oʻzi ekanligiga tobora koʻproq amin boʻldi[4].
Shleyxer Hindenburgga uning qayta saylanish kampaniyasidagi mashaqqatlarning sababi Bryuningning aybi ekanligini aytdi. Shleyxerning taʼkidlashicha, Bryuning Reyxstag tomonidan Hindenburgning muddatini uzaytirishi mumkin edi, lekin u Hindenburgni kamsitish uchun uni sotsial-demokratik liderlar bilan bir qatorda boʻlishi uchun shunday qilganini aytadi[4]. Bryuning 1932-yil 13-aprelda Germaniyani qamrab olgan siyosiy zoʻravonlik toʻlqini uchun mas’ul boʻlgani sababli SA va SSni faoliyatini taqiqlaydi[6]. SA va SSning taqiqlanishi Germaniyada siyosiy zoʻravonlik miqdorining zudlik bilan kattagina pasayishiga olib keldi, ammo Shleyxerning natsistlarbilan yaqinlashish siyosatiga raxna solardi va natijada Shleyxer Bryuningni ham, Groenerni ham ketgazishga qaror qildi[6].
16-aprel kuni Groener Hindenburgdan gʻazablangan mazmundagi xatni oladi, unda Hindenburg Groener dan u nega sotsial-demokratlarning harbiylashtirilgan qanoti boʻlgan Reyxsbanner ham taqiqlanmaganligining sababini bilishni talab qiladi. Hindenburgning Reyxsbanner davlat toʻntarishini rejalashtirayotgani haqida ishonchli dalillarga egaligini aytadi. Prezidentning ushbu maktubi gazetalarga sizdirilgan va oʻsha kuni Germaniyaning barcha oʻng qanot gazetalarida paydo boʻlgan. Groener, Shleyxerning yaqin protojesi boʻlgan Evgen Ott prezidentning maktubini oshkor qilganligini aniqlaydi[4]. Groenerning doʻstlari unga Ottning bunday ayblovlarni toʻqib chiqarishi yoki prezidentning maktubini oʻzi sizib chiqishi mumkin emasligini va u Shleyxerni darhol ishdan boʻshatishi kerakligini aytishdi. Groener eski doʻsti undan yuz ogirganiga ishonishdan bosh tortdi va Shleyxerni ishdan boʻshatishdan rozi boʻlmadi.
Shu bilan birga, Shleyxer general Groener maxfiy sotsial-demokrat ekanligi haqidagi mish-mishlarni boshlab yubordi va Groenerning qizi turmush qurganidan keyin toʻqqiz oydan kamroq vaqt oʻtgach tugʻilganligi sababli, Groener lavozimni egallashga nomunosib ekanligini taʼkidladi[4]. 1932-yil 8-mayda Reyxstagni tarqatib yuborish va SA va SSga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish vaʼdasi evaziga Shleyxer Gitlerdan yangi hukumatni qoʻllab-quvvatlash vaʼdasini oladi[4]. Groener sotsial-demokratik toʻntarish va unga ishonchsizlik sababli natsistlar bilan Reyxstagda oʻtkazilgan murasasiz munozarasida soʻng, Shleyxer oʻz ustoziga „u endi armiya ishonchidan qozona olmasligi“ va darhol isteʼfoga chiqishi kerakligini aytadi[4]. Groener Hindenburgga murojaat qilganida, prezident Shleyxer tarafini olib, Groenerga esa isteʼfoga chiqishi kerakligini aytadi[4]. Shu bilan Groener mudofaa va ichki ishlar vaziri lavozimini tark etdi.
Papen hukumati
tahrir1932-yil 30-mayda Shleyxerning fitnalari sabab Hindenburg Bryuningni kansler lavozimidan boʻshatib, Frans fon Papenni oʻz vorisi etib tayinladi[4]. Feuchtvanger Shleyxerni Bryuningning chetlatilishi ortidagi „asosiy aybdor“ deb atagan[6].
Shleyxer nemis jamoatchiligiga nomaʼlum boʻlgan Papenni yangi kansler etib tanlagan, chunki u Papenni parda ortidan nazorat qila olishiga ishongan edi[4]. Kolb Shleyxerning nafaqat Bryuningning, balki Veymar Respublikasining ham qulashidagi „asosiy roli“ haqida yozgan, chunki Shleyxer Bryuningni yiqitish orqali beixtiyor Uchinchi Reyxga davriga olib keladigan bir qator voqealarni boshlab yubordi[5].
Shleyxerning Bryuning hukumatini agʻdarishdagi ishlari Reyxsverning yanada ochiqroq siyosiylashishiga olib keldi[4]. 1932-yilning bahoridan boshlab Verner fon Blomberg va Valter fon Reychenau kabi ofitserlar NSDAP bilan mustaqil ravishda muzokaralarni boshladilar[4]. Shleyxerning ishi aslida oʻz hokimiyatini kamayishiga xizmat qildi, chunki uning siyosatchilar bilan gaplashishga ruxsat berilgan yagona general ekanligi uning asosiy kuchi edi[4].
Mudofaa vaziri
tahrirYangi kansler fon Papen Shleyxerni mudofaa vaziri etib tayinladi. Endilikda u general der Infanterie boʻldi. Shleyxer Papenga kansler boʻlish taklifi bilan murojaat qilishdan avval, butun vazirlar mahkamasini oʻzi tanlab boʻlgan edi[11]. Yangi hukumatning birinchi qiladigan ishi 1932-yil 4-iyunda Shleyxerning Gitler bilan imzolagan „janoblar kelishuviga“ muvofiq Reyxstagni tarqatib yuborish edi[4]. 1932-yil 15-iyunda yangi hukumat SA va SSga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Demokratiyani obroʻsizlantirish va Shleyxer yaratmoqchi boʻlgan yangi avtoritar rejimga bahona boʻlish uchun imkon qadar koʻproq zoʻravonlik qilishga yashirincha daʼvat etila boshlandi[4].
Shleyxer va Papen yangi Reyxstag saylovlarini tashkillashtirishdan tashqari, Otto Braun boshchiligidagi Prussiya sotsial-demokratik hukumatini barbod qilish uchun birgalikda ishladilar[4]. Hindenburgdan Prussiyada Reyx nazoratini oʻrnatish toʻgʻrisidagi favqulodda farmonni olish uchun Shleyxer Braun buyrugʻi bilan Prussiya politsiyasi SA bilan koʻcha toʻqnashuvlarida kommunistik Rotfrontkämpferbundni qoʻllab-quvvatlayotgani haqidagi dalillarni toʻqib chiqardi[4]. Prussiya hukumatiga qarshi davlat toʻntarishi rejasini amalga oshirish va 1920-yildagi Kapp Putschni magʻlub etgan umumiy ish tashlash xavfini oldini olish uchun Shleyxer kasaba uyushmalari rahbarlari bilan bir qator yashirin uchrashuvlar oʻtkazdi va ularga u qurayotgan yangi avtoritar siyosiy tizimda bir qator etakchi rollarni vaʼda qilib, buning evaziga u Braunni qoʻllab-quvvatlash uchun umumiy ish tashlash boʻlmasligi haqida ularning vaʼdalari oldi[4].
1932-yil 20-iyulda „Prussiyani zoʻrlash“ da Shleyxer harbiy holat eʼlon qildi va Gerd fon Rundstedt boshchiligidagi Reyxsverga birorta oʻq uzmasdan saylangan Prussiya hukumatini agʻdarishga chaqirdi[4]. 48-moddadan foydalanib, Hindenburg Papenni Prussiya Reyx komissari etib tayinladi[4]. Oʻzi yaratmoqchi boʻlgan yangi rejimga yordam berish uchun 1932-yilning yozida Shleyxer Tatkreis nomi bilan mashhur boʻlgan oʻng qanot ziyolilar guruhining xizmatlaridan foydalangan holda, ular orqali Gregor Shtrasser bilan tanishadi[11].
1932-yil 31-iyulda boʻlib oʻtgan Reyxstag saylovlarida NSDAP kutilganidek eng yirik partiyaga aylandi[4]. 1932-yil avgustda Gitler may oyida Shleyxer bilan tuzgan „janoblar kelishuvidan“ voz kechdi va Papen hukumatini qoʻllab-quvvatlash oʻrniga oʻzi uchun kanslerlik lavozimini talab qila boshladi[4] Shleyxer Gitlerning talabini qabul qilishga tayyor edi, biroq Hindenburg buni rad etdi, bu esa Gitlerning 1932-yil avgustida kanslerlik lavozimini egallashiga toʻsqinlik qildi[4]. Shleyxerning Hindenburgga taʼsiri pasaya boshladi[4]. Papen esa Shleyxerning tasodifan undan voz kechishi mumkinligidan juda xafa boʻldi[11].
1932-yil 12-sentabrda Papen hukumati Reyxstagga bildirilgan ishonchsizlik toʻgʻrisida qaror ortidan magʻlubiyatga uchradi va Reyxstag yana tarqatib yuborildi[4]. 1932-yil 6-noyabrdagi saylovda NSDAP oʻz oʻrinlarini yoʻqotdi, ammo baribir eng yirik partiya boʻlib qoldi[4]. Noyabr oyining boshiga kelib, Papen Shleyxer kutganidan ham qatʼiyroq ekanligini koʻrsatdi. Bu esa ikki oʻrtada nifoqning kuchayishiga olib keldi. 1932-yil 3-dekabrda, Papen Shleyxerga Vazirlar Mahkamasiga boʻladigan navbatdagi ishonchsizlik harakati oqibatida obroʻsini yoʻqotgandan koʻra, harbiy holat eʼlon qilmoqchi ekanligini aytganida, Shleyxer Papen hukumatini agʻdaradi[9]. Shleyxer urush oʻyinining natijalarini eʼlon qilib, agar harbiy holat eʼlon qilinsa, Reyxsver turli harbiylashtirilgan guruhlarni magʻlub eta olmasligini koʻrsatib beradi. Harbiy holat varianti boshqa muhokama qilinmaydi, Papen esa isteʼfoga chiqishga majbur boʻladi va Shleyxer kansler boʻladi. Shleyxerning yaqin yordamchilaridan biri general Eugen Ott tomonidan olib borilgan va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan ushbu urush oʻyinlari tadqiqoti Papenni isteʼfoga chiqishga majbur qilish maqsadida soxtalashtirilgan edi[11]. Papen uni lavozimidan ketishga majburagan sobiq doʻstidan nafratlanardi[11].
Kanslerlik
tahrirShleyxer oʻz hukumati uchun natsistlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, Reyxstagda koʻpchilikni qoʻlga kiritishga umid qildi[9]. 1932-yil dekabr oyi oʻrtalarida Shleyxer yuqori martabali harbiy rahbarlar yigʻilishida fashistlar harakatining yemirilishi Germaniya davlati manfaatlariga toʻgʻri kelmasligini aytdi[10]. 1932-yil oxiriga kelib, NSDAP pulsiz qoldi, tobora ichki kurashlarga moyil boʻlib qoldi hamda 1932-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Reyxstag saylovlarida partiya oʻz ovozlarini yoʻqotganidan tushkunlikka tushib qoldi. Shleyxer NSDAP ertami-kechmi oʻz hukumatini qoʻllab-quvvatlashi kerak degan fikrida qoldi, chunki faqat u natsistlarga kuch taklif qilishi mumkin, aks holda NSDAP parchalanishda davom etardi[9].
Shleyxer oʻzini kansler sifatida saqlab qolgan holda natsistlarning qoʻllab-quvvatlashini olish uchun Kverfront („qarama-qarshi-front“) tashkil etish haqida gapirdi, bu orqali u Natsistlar uning hukumatini qoʻllab-quvvatlash uchun Germaniyaning alohida manfaatlarini noparlament, avtoritar, ammo ishtirokchi rejim atrofida birlashtirishni maqsad qildi. Querfront tahdidiga duch kelgan Gitler kanslerlikka boʻlgan talabidan voz kechib, buning oʻrniga Shleyxer hukumatini qoʻllab-quvvatlaydi, deb umid qilgan edi[9]. Shleyxer hech qachon Querfront yaratishga unchalik jiddiy qaramagan. Chunki u bu kabi hiylasi bilan NSDAPni oʻzining yangi hukumatini qoʻllab-quvvatlashga majburlashni maqsad qilgan edi[10]. Gitlerni oʻz hukumatini qoʻllab-quvvatlash uchun shantaj qilishga urinishining bir qismi sifatida Shleyxer sotsial-demokratik kasaba uyushmalari, nasroniy kasaba uyushmalari va Gregor Shtrasser boshchiligidagi natsistlar partiyasining[10] iqtisodiy jihatdan chap qanot boʻlimiga murojaat qilib, Querfrontni yaratishga urinib koʻrdi.
1932-yil 4-dekabrda Shleyxer Shtrasser bilan uchrashib, unga Prussiya hukumatini Reyx nazorati ostidan chiqarish va Shtrasserni Prussiyaning yangi vaziri-prezidenti etib tayinlashni taklif qildi[9]. Shleyxer natsistlar partiyasi ichida boʻlinish xavfi, Shtrasser oʻz fraksiyasini partiya tarkibidan olib chiqib ketish xavfi Gitlerni uning yangi hukumatini qoʻllab-quvvatlashga majbur qiladi deb umid qilardi. Gitler Shtrasserni partiyada yakkalab qoʻygani sababli Shleyxerning siyosiy rejasini barbod boʻldi[9].
Shleyxer hukumatining asosiy tashabbuslaridan biri Shleyxer bandlik boʻyicha maxsus komissar etib tayinlagan Gyunter Gereke tomonidan Buyuk Depressiya oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgan jamoat ishlari dasturi edi[9].
Shleyxerning pismiqligi va vazirlariga nisbatan ochiq nafrati tufayli vazirlar mahkamasi bilan munosabatlari yomon edi[9]. Shleyxer Papenning barcha kabinetini saqlab qoldi. Shleyxer kansler boʻlganidan koʻp oʻtmay, u mayor Oskar fon Hindenburg shaniga nojoʻya hazil qiladi, bu esa yosh Hindenburgni qattiq xafa qiladi va Shleyxerning prezident oldiga kirishini birmuncha kamayishiga olib keldi[9]. Aksincha, Papen ikkala Hindenburglar bilan ham yaxshi munosabatda boʻlishga muvaffaq boʻldi[9].
Tariflarga toʻxtalsak, Shleyxer qatʼiy pozitsiyani egallashdan bosh tortadi[9]. 1933-yil 11-yanvarda qishloq xoʻjaligi ligasi rahbarlari Hindenburg oldida Shleyxerga qaqshatqich tarzda tanqid qilishgach, Shleyxerning tariflar boʻyicha siyosatining zaifligi uning hukumatiga juda qattiq taʼsir qildi. Qishloq xoʻjaligi ligasi rahbarlari Shleyxerga oziq-ovqat importiga bojlarni oshirish haqidagi vaʼdasini bajarmagani va Papen hukumatining fermerlarga defolt holatida qarzlarini undirishdan imtiyozli muddat beruvchi qonunni bekor qilishga ruxsat bergani uchun uni tanqid qilishdi[9]. Hindenburg Shleyxerni Qishloq xoʻjaligi Ligasining barcha talablariga rozi boʻlishga majbur qildi[9].
Tashqi siyosatda Shleyxerning asosiy maqsadi Germaniyani qurolsizlantirishga sabab boʻlgan Versal shartnomasining V qismini bekor qiluvchi «Gleichberechtigung» („maqom tengligi“) boʻyichaButunjahon qurolsizlanish konferensiyasida gʻalaba qozonish edi[9]. Shleyxer fransuz elchisi Andre Fransua-Ponsetni qoʻllash va uning Franko-Germaniya munosabatlarini yaxshilashdan xoxlardi[9]. Bu qisman Shleyxerning Germaniyaga fransuz „preventiv urushi“ dan qoʻrqmasdan qayta qurollanishiga ruxsat berish uchun Fransiya tomonidan Gleichberechtigungni qabul qilinishini taʼminlashni xohlashi edi. Shuningdek, u Berlin-Parij munosabatlarining yaxshilanishi fransuzlarni 1921-yildagi Fransiya-Polsha ittifoqini bekor qilishga olib kelishi, bu esa oʻz navbatida Germaniya Fransiya bilan urushga kirmasdan Polshani Sovet Ittifoqi bilan boʻlib olish imkonini beradi, deb hisoblardi[9]. 1933-yil 13-yanvarda bir guruh nemis jurnalistlari oldida qilgan chiqishida, Shleyxer 1932-yil dekabrda boʻlib oʻtgan Butunjahon qurolsizlanish konferensiyasida Gleyxberechtigungni katta davlatlar tomonidan „prinsipial“ qabul qilinishiga umid qilib, u 1934-yil bahoridan kechiktirmasdan, harbiy xizmatga chaqiruvni tashkil qilish va Germaniya uchun Versal tomonidan taqiqlangan barcha qurollarga ega boʻlishni rejalashtirganini eʼlon qildi[9].
Siyosiy xato
tahrir1933-yil 20-yanvarda Shleyxer oʻz hukumatini saqlab qolish uchun eng yaxshi imkoniyatlaridan birini qoʻldan boy berdi. Hermann Goring yoʻqligi sababli fashistlar reyxstagi delegatsiyasiga boshliq boʻlgan Vilgelm Frik Reyxstag kun tartibi boʻyicha qoʻmitasiga keyingi byudjet taqdim etilmaguncha Reyxstag ishida tanaffusga qilishni taklif qildi. Bu bahorda boʻlishi mumkin degani edi[9]. Agar bu sodir boʻlganida, tanaffus tugashi bilan Shleyxer oʻz hukumati yanvar oyida boshlagan jamoat ishlari loyihalari samarasini koʻrinardi va NSDAP ichidagi kurash yanada yomonlashgan boʻlardi. Shleyxer oʻzining Bosh shtab boshligʻi Ervin Plankdan Reyxstagga hukumat tanaffusning iloji boricha qisqaroq boʻlishini xohlashini aytdi, bu tanaffus faqat 31-yanvargacha uzaytirildi, chunki Shleyxer Reyxstag ishonchsizlik votumi kiritishga jur’at eta olmaydi, deb yanglishdi. Unga nisbatan ishonchsizlik votumi eʼlon qilinishi, navbatdagi saylov jarayonlari boshlanishini anglatardi[9].
Mansabidan ayrilgan Papen Hindenburgga yaqinligi va oʻz mavqeidan foydalanib, prezidentga birinchi imkoniyatdayoq Shleyxerni ishdan boʻshatishni maslahat berdi. Papen keksa prezidentdan Gitlerni Millatchi «Deutschnationale Volkspartei» (Germaniya Milliy Xalq partiyasi; DNVP) bilan koalitsiyada kansler etib tayinlashga chaqirdi. Hindenburg Papen bilan birgalikda Gitlerni jilovlashga harakat qilmoqchi edi. Papen Gitler va Hindenburg bilan yashirin uchrashuvlar oʻtkazdi. Hindenburg Shleyxerning favqulodda vakolatlar va Reyxstagni yana tarqatib yuborish haqidagi iltimosini rad etdi[9]. Shleyxer uzoq vaqt davomida Papen uni pastga tushirish uchun qilayotgan urinishlarini jiddiy qabul qilmadi[9].
Prezidentlik boshqaruvi gʻoyasini ilgari surish natijasida hamma narsa prezident Hindenburgning injiqliklariga bogʻliq boʻlib qolgan, Reyxstag zaiflashgan, Hindenburgning Shleyxerga qarshi chiqishga qaror qilganida, Shleyxer juda nozik siyosiy vaziyatda qolib ketdi[6][6].
1933-yil 28-yanvarda Shleyxer oʻz Vazirlar Mahkamasiga Reyxstagni tarqatib yuborish toʻgʻrisida Prezident farmoni kerakligini aytdi, aks holda 31-yanvarda Reyxstag qayta yigʻilganda uning hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumi eʼlon qilinib u magʻlub boʻlishi mumkin edi. Keyin Shleyxer parlamentni tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi farmonni soʻrash uchun Hindenburgning oldiga bordi va unga rad javobi berildi[9]. Vazirlar mahkamasi bilan uchrashish uchun qaytib kelgach, Shleyxer isteʼfoga chiqish niyatini eʼlon qildi va 500 million reyxsmarkni jamoat ishlari loyihalariga sarflashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Shleyxer oʻzining vorisi Papen boʻladi deb oʻylab, bor kuchini bu ishga toʻsqinlik qilishga sarfladi[9].
29-yanvarda Hindenburg tomonidan zudlik bilan Verner fon Blomberg mudofaa vaziri etib tayinlandi va noqonuniy tarzda qasamyod qildi. Bunga sabab 1933-yil Berlinda Shleyxer tomonidan putch uyushtirilishi rejalashtirayotgani haqida yolgʻon mish-mishlar tarqalgani edi[11].
Oʻsha paytgacha Shleyxerning eng kuchli tayanchi boʻlib kelgan harbiylar toʻsatdan uni qoʻllab-quvvatlashidan voz kechishdi. Bunga Wehrstaat (mudofaa davlati) gʻoyasini amalga oshirish uchun xalq qoʻllab-quvvatlovini safarbar qila oladigan yagona shaxs sifatida endilikda Shleyxerni emas, balki natsistlarni tanlashgan edi[12][12]. 1933-yil yanvar oyining oxiriga kelib armiyadagi eng yuqori martabali ofitserlar Hindenburgga Shleyxer ketishi kerakligi haqida maslahat berishdi[6].
Gitler kanslerligini qoʻllab-quvvatlash
tahrirOʻsha kuni Shleyxer oʻz hukumati qulashi arafasida ekanligini bilib, raqibi Papen kanslerlikka ega boʻlishidan qoʻrqib, Gitlerni kanslerilikka tayinlanishini yoqlay boshladi[9]. Papenning unga nisbatan cheksiz nafratini bilgan Shleyxer Papenning yangi hukumatida Mudofaa vaziri boʻlish imkoniyati yoʻqligini bilar edi, lekin u Gitler hukumatida Mudofaa vaziri boʻlish mumkinligini juda yaxshi his qilardi[9].
Gitler dastlab Shleyxerni mudofaa vaziri sifatida qoʻllab-quvvatlashga tayyor edi. Ammo Shleyxerning sherigi Verner fon Alvensleben Gitler bilan uchrashib, uni Shleyxer uni hokimiyatdan chetlatish uchun qoʻzgʻolonni boshlamoqchi ekanligiga ishontirdi[9]. Inqiroz sharoitida, Shleyxer Hindenburgni taxtdan agʻdarish uchun Berlinga qoʻshinlarni olib kirayotgani haqidagi mish-mishlar avj olgan paytda, Papen prezidentni ertasi kuni Gitlerni kansleri etib tayinlashga koʻndiradi[9]. Prezident Shleyxerni ishdan boʻshatib, 1933-yil 30-yanvarda Gitlerni hokimiyat tepasiga olib keldi. Keyingi oylarda natsistlar, Reyxstagni yoqib yuborish toʻgʻrisidagi dekret va Germaniyani diktaturaga aylantirishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildilar[13][14].
Suiqasd
tahrirShleyxerning mudofaa vaziri sifatidagi vorisi va uning ashaddiy dushmani Verner fon Blomberg edi. Blombergning mudofaa vaziri sifatidagi birinchi harakatlaridan biri Shleyxerga aloqador boʻlgan ofitserlarni tozalash edi[4]. Blomberg Ferdinand fon Breduni vazirlik boshligʻi lavozimidan boʻshatib, uning oʻrniga general Valter fon Reyxenauni tayinladi. Evgen Ott esa Wehramt boshligʻi lavozimidan boʻshatilib, harbiy attashe sifatida Yaponiyaga surgun qilindi. General Vilgelm Adam esa Truppenamt (maxfiy Bosh shtab) boshligʻi lavozimidan boʻshatildi va uning oʻrniga Lyudvig Bek tayinlandi[4]. Armiya Bosh qoʻmondoni va Shleyxerning yaqin safdoshi boʻlgan general Kurt fon Hammershteyn-Equord 1934-yil fevralida umidsizlikka tushib isteʼfoga chiqdi[4]. Xammershteynning isteʼfoga chiqishi bilan 1926-yildan beri armiyada hukmronlik qilib kelgan Shleyxer fraktsiyasi Oliy qoʻmondonlikdagi lavozimlaridan batamom chetlashtirildi va shu tariqa Shleyxer qolgan kuch manbalarini ham yoʻqotdi[4].
1934-yilning bahorida, SA ning natsistlar davlatidagi roli boʻyicha Ernst Rom va Gitler oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni eshitgan Shleyxer yana siyosat bilan shugʻullana boshladi[4]. Shleyxer hozirgi Gitler kabinetini tanqid qildi, Shleyxerning baʼzi izdoshlari — general Ferdinand fon Bredov va Verner fon Alvensleben — yangi Gitler kabineti roʻyxatini shakllantirishni boshladilar. Unda Shleyxer — vitse-kansler, Röhm — mudofaa vaziri, Bryuning tashqi ishlar vaziri va Shtrasser milliy iqtisodiyot vaziri boʻldi[4]. Shleyxer reyxsver generali va Romning yaqin doʻsti sifatida Rom va harbiylar oʻrtasidagi Romning talablari boʻyicha SA reyxsverni oʻzlashtirishi haqidagi nizoni muvaffaqiyatli vositachilik qila olishiga ishongan. Gitler Blombergni ishdan boʻshatib, uning oʻrniga Mudofaa vaziri sifatidagi uni tayinladi[4].
Gitler bir muncha vaqt Shleyxerni suiqasd nishoni deb hisoblagan. 1934-yil 30-iyundan 2-iyulga qadar sodir boʻlgan „Uzun xanjarlar kechasi“da, Shleyxer asosiy qurbonlardan biri boʻldi. 1934-yil 30-iyunda taxminan 10:30 bir guruh erkaklar Shleyxerning villasining (Griebnitzstrasse 4, Potsdam yaqinidagi Neubabelsberg) tashqarisidagi koʻchada toʻxtab turgan mashinadan plash va shlyapalardagi bir guruh erkaklar chiqib, Shleyxerning uyiga borishdi. Shleyxer telefonda gaplashayotganda, kimdir uning eshigini taqillatganini eshitdi va telefonni qoʻydi[4]. Shleyxerning doʻsti telefonda eshitgan soʻnggi soʻzlari " Javohl, ich bin General von Shleyxer " („Ha, men general fon Shleyxerman“) boʻlib, keyin ikkita oʻq uzildi[4]. Oʻq ovozini eshitgan uning rafiqasi Elizabet fon Shleyxer old foyega yugurdi va u yerda uning hotini ham otib oʻldirildi[4].
Dafn marosimi
tahrirUning dafn marosimida Shleyxerning doʻsti fon Hammershteyn SS uni motam marosimiga kirishga ruxsat bermaganidan va olib kelingan gulchambarlarni musodara qilinganidan xafa boʻldi. Hammershteyn va Generalfeldmarshall Avgust fon Makkensen Shleyxerni reabilitatsiya qilishga harakat qila boshladilar[4]. Armiya qandaydir tarzda Shleyxerning hujjatlar faylini SSdan olishga muvaffaq boʻldi. Makkensen 400 nafar ofitserning yigʻilishini olib bordi, ular Shleyxer uchun qadax ichdilar va uning va Bredovning ismlarini polkning faxriy yorligʻi taxtasiga kiritdilar[15].
13-iyul kuni Reyxstagda qilgan nutqida Gitler Shleyxerni hukumatni agʻdarish uchun Rom bilan til biriktirgani uchun qoraladi. Gitler Shleyxer ham, Rom ham Fransiyaning maoshiga ishlagan xoinlar, deb daʼvo qildi. Shleyxer Andre Fransua-Ponsetning yaxshi doʻsti boʻlgani va uning intriga uchun obroʻsi tufayli, Shleyxerning Fransiyada ishlaganligi haqidagi daʼvo haqiqat boʻlmasada, lekin koʻpchilik nemislar uchun yetarlicha asosli dalil sifatida qabul qilindi. Gitlerning daʼvolarining yolgʻonligini shundan koʻrish mumkin ediki, agar elchi oʻzi elchilik qilayotgan davlat hukumatiga qarshi davlat toʻntarishiga aloqadorlikda qoʻlga olinsa, persona non grata deb eʼlon qilinardi. Lekin Fransua-Ponset bilan bunday boʻlmadi[4]. Fransua-Ponset 1938-yil oktabrgacha Berlinda Fransiya elchisi sifatida qoldi, bu Gitlerning uni hokimiyatdan agʻdarish fitnasida ishtirok etgan degan daʼvosiga toʻgʻri kelmaydi.
1935-yil 3-yanvarda Berlin Davlat operasida soʻzlagan nutqida Gitler Shleyxerning „xatolik tufayli“ otib oʻldirilganini, uning oʻldirilishi yolgʻon maʼlumotlar asosida buyurilganligini va Shleyxerning nomi tiklanishi kerakligini aytdi[4].
Garchi Generalfeldmarshall fon Makkensen 1935-yil 28-fevralda Bosh shtab ofitserlarining ommaviy yigʻilishida Shleyxerning reabilitatsiyasi haqida eʼlon qilgan boʻlsada, Shleyxerni reabilitatsiya qilish haqidagi soʻzlar nemis matbuotida eʼlon qilinmadi. Natsistlar Shleyxerni davlatga xiyonatda ayblashda davom etdilar. Hermann Goring 1935-yil yanvar oyida Varshavaga tashrifi chogʻida Yan Szembekga Shleyxer 1933-yil yanvarida Gitlerni Fransiya va Sovet Ittifoqi bilan kelishuvga erishishga va Polshani SSSR bilan boʻlishga undaganligini, shuning uchun Gitler Shleyxerga suiqasd uyushtirganini aytdi. Gitler 1935-yil 22-mayda Polsha elchisi Yozef Lipskiga Shleyxer „Rapallo shartnomasini saqlab qolishga harakat qilgani uchun haqli ravishda oʻldirilgan“ deb aytdi[4].
Gollandiyada surgunda yashovchi sobiq Germaniya imperatori Vilgelm II suiqasd haqida eshitib, shunday dedi: „Biz qonun ustuvorligi ostida yashashni toʻxtatdik va hamma fashistlar ularnikiga bostirib kirishiga va ularni devor ushlatib qoʻyishiga tayyor boʻlishi kerak!“[16].
Manbalar
tahrir- ↑ „Kurt von Schleicher 1882–1934“. LeMO. Qaraldi: 2-avgust 2017-yil.
- ↑ Marriage Register: Berlin-Lichterfelde: No. 4/1916.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 Hayes 1980.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 4,25 4,26 4,27 4,28 4,29 4,30 4,31 4,32 4,33 4,34 4,35 4,36 4,37 4,38 4,39 4,40 4,41 4,42 4,43 4,44 4,45 4,46 4,47 4,48 4,49 4,50 4,51 4,52 4,53 4,54 4,55 4,56 4,57 4,58 4,59 4,60 4,61 4,62 4,63 4,64 4,65 4,66 4,67 4,68 4,69 Wheeler-Bennett 1967.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Kolb 2005.
- ↑ 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 Feuchtwanger 1993.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Nicholls 2000.
- ↑ 8,0 8,1 Patch 2006.
- ↑ 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 9,11 9,12 9,13 9,14 9,15 9,16 9,17 9,18 9,19 9,20 9,21 9,22 9,23 9,24 9,25 9,26 9,27 9,28 Turner 1996.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 Turner 2008.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Kershaw 1998.
- ↑ 12,0 12,1 Geyer 1983.
- ↑ Reichstag Fire Decree, United States Holocaust Memorial Museum
- ↑ The Enabling Act, United States Holocaust Memorial Museum
- ↑ Gunther, John. Inside Europe. New York: Harper & Brothers, 1940 — 52-bet.
- ↑ Macdonogh 2001.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
tahrirIngliz tilida ilmiy tadqiqotlar
tahrir- Achchiq, podpolkovnik Aleksandr B. Kurt von Shleyxer — Milliy sotsializm sari intilishdagi askar va siyosat: fuqarolik-harbiy munosabatlarni oʻrganish (2015). onlayn
- Evans, Richard J. Uchinchi Reyxning kelishi (2004). onlayn
- Fay, Sidney B. „Fon Shleyxer Germaniya kansleri sifatida“. Hozirgi tarix 37.5 (1933): 616-619. onlayn
- Jons, Larri Evgeniy. „Frans von Papen, Germaniya Markazi partiyasi va Veymar Respublikasida katolik konservatizmining muvaffaqiyatsizligi.“ Markaziy Yevropa tarixi 38.2 (2005): 191-217. onlayn
- Jons, Larri Evgeniy. „Demokratiyadan diktaturaga: Veymarning qulashi va natsizmning gʻalabasi, 1930-1933“. Veymar Respublikasining Oksford qoʻllanmasida (2022) 95-108-betlar. parcha
Hayoti
tahrir- Plehve, Fridrix-Karl: Reyxskanzler Kurt fon Shleyxer. Weimars Letzte Chance gegen Gitler. Bechtle, Esslingen, 1983 yilISBN 3-7628-0425-7, (Taschenbuch Ullstein, Berlin 1990,ISBN 3-548-33122-X).
Qisqacha biografiyalar
tahrir- Braun, Bernd: Die Reichskanzler der Weimarer Republik. Bilderndagi Zvolf Lebenslaufe. Dyusseldorf, 2011 yilISBN 978-3-7700-5308-7, p. 440-473.
Shleyxerning siyosatdagi roli haqidagi tadqiqotlar
tahrir- Graml, Hermann: Zwischen Stresemann va Gitler. Die Außenpolitik der Präsidialkabinette Brüning, Papen und Schleicher, 2001 yil.
- Pyta, Wolfram: Verfassungsumbau, Staatsnotstand va Querfront. In: Ders.: Gestaltungskraft des Politischen. 1998, p. 173-197.
- Strenj, Iren: Kurt fon Shleyxer. Siyosat im Reichswehrministerium am Ende der Weimarer Republik. Dunker va Humblot, Berlin, 2006 yil,ISBN 3-428-12112-0
- R Barth va H Friederichs The Gravediggers — Veymar Respublikasining soʻnggi qishi . Profile Books Ltd, ((ISBN 978 1 78816 072 8))
- Orth, Rainer: Der SD-Mann Yoxannes Shmidt. Der Mörder des Reichskanzlers Kurt von Schleicher? Tectum, Marburg, 2012;ISBN 978-3-8288-2872-8 .
Havolalar
tahrirVikiomborda Kurt von Schleicher haqida turkum mavjud |