Kuy avjida uzilmasin tor
„Kuy avjida uzilmasin tor“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida chop etilgan[1]. Toʻplamga Vohidov 1960-, 1970- hamda 1980-yillarda yozgan sheʼrlari va „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplamga kiritilgan „Kuy avjida uzilmasin tor“ sheʼri Vohidovning eng keng tanilgan sheʼrlaridan biri boʻlib, shoir 2016-yilda kasalikka chalingani haqida xabar tarqalganidan keyin uning ijodiga bagʻishlangan blog va maqolalarda tilga olingan[2].
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va doston |
Nashr etilgan sanasi | 1991 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi |
Sahifalar soni | 336 |
ISBN | ISBN 5-635-00516-0 |
Kitob boshida Vohidovning tarjimai holi keltililgan. Toʻplam „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Dildorga noma yozdim“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Ona tilim oʻlmaydi“ turkumlariga boʻlingan. Asar rasmlarini I. Kiriakidi chizgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kuy avjida uzilmasin tor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr.
- ↑ Бобожон, Шуҳрат. „Блог: Куй авжида узилмасин тор“. Озодлик радиоси (24-may 2016-yil). Qaraldi: 25-may 2024-yil.