V minutu pesni ne porvis, struna...

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlarning ruscha tarjimalaridan iborat toʻplam

„V minutu pesni ne porvis, struna...“ (ruscha: В минуту песни не порвись, струна...; tarjimasi „Kuy avjida uzilmasin tor“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlarning ruscha tarjimalaridan iborat toʻplam. 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida rus tilida chop etilgan[1]. „V minutu pesni ne porvis, struna...“ Vohidovning bugunga qadar rus tilida chop etilgan eng mukammal sheʼriy toʻplamidir[manba kerak].

В минуту песни не порвись, струна...
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til ruscha
Janr(lar)i sheʼrlar va doston
Nashriyot „Xudojestvennaya literatura“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986
Sahifalar soni 253

Ruscha toʻplam kirish soʻzini Robert Rojdestvenskiy yozgan. Toʻplamga asosan Vohidovning oʻzbek tilida chop etilgan „Tong nafasi“, „Yurak va aql“ va „Mening yulduzim“ toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlari[2] hamda „Nido“, „Palatkada yozilgan doston“, „Vafo“, „Jahongir va sartarosh“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari kiritilgan. Sheʼrlarni tus tiliga A. Nalbandyan, H. Ismoilov, N. Panchenko, A. Naumov, Yu. Kazansev, V. Savelyev, T. Kuzovleva, R. Buxoroyeva, R. Kazakova, hamda Aleksandr Faynberglar tarjima qilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Kuy avjida uzilmasin tor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 26-noyabr.
  2. „Детальная информация об издании: В минуту песни не порвись струна...“ (ruscha). Российская государственная библиотека для молодёжи. Qaraldi: 26-may 2024-yil.

Havolalar

tahrir