Laleh Pourkarim (forscha: لاله پورکریم [lɒːle puːɾkæɾiːm], inglizcha: Laleh Pourkarim. 1982-yil 10-iyun, Enzeli, Eron) – shved qoʻshiqchisi, musiqachi, aktrisa, bastakor. LaLeh taxallusi ostida ijod etadi. Qisqa aktrisalik faoliyatidan soʻng, 2005-yilda "Laleh" debyut albomi bilan musiqa olamiga kirgan. ''Laleh" Shvetsiyada 1-oʻrinni egalladi va yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi.

Laleh
Tavalludi 1982-yil 10-iyun
Eron
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Qo'shiqchi, musiqachi, prodyusser, kompozitor, aktrisa
Faoliyat yillari

2000-2006-yillarda aktrisa

2003-yildan hozirgacha qo'shiqchi

Biografiyasi

tahrir

Laleh Pourkarim 1982-yil 10-iyunda Eronda tugʻilgan. Laleh nomi forscha „lola“ degan maʼnoni anglatadi.

 
9 yoshiga qadar Lale Belarus SSR poytaxti Minsk shahrida yashagan.

Lalehning otasi Huchang Pourkarim rassom, jurnalist, taniqli eron etnografi va jamoat sotsiologi, gazeta muharriri edi. Lalehning onasi Atefe Pourkarim Gruziyadan Ozarbayjon orqali Eronga kelgan va Tehron universitetida adabiyotshunoslik va matematikadan[1] tahsil olgan.

Laleh SSSRda 8 yil yashadi. 1991-yilda (9 yoshida) Laleh va uning onasi Sharqiy Berlin orqali Tidaholmdagi (Shvetsiya) qochqinlar lageriga kirishdi.

1994-yil avgust oyida Lalening otasi kanoedan yiqilib tushgan ayolni qutqarishga urinib, uning koʻz oʻngida vafot etadi. Kanoe agʻdarilgan vaqtda u yordam berishga harakat qilgan. Ayol tirik qolgan, lekin Lalehning otasi choʻkib ketgan[2].

Aktrisa sakkizinchi sinfda (13-14 yosh) birinchi marta musiqa tanlovida qatnashdi va unda gʻolib boʻldi.

Laleh Pourkarim 20072008-yillarda Västerbotten okrugidagi Norrlandda yashagan. 2010-yilda Skellefteådagi qisqa muddatli faoliyatdan soʻng u Stokgolmga koʻchib oʻtgan.

Laleh ikkita davlat fuqarosi hisoblanadi. Aktrisa shved, ingliz, rus va fors[3] tillarida bemalol gaplasha oladi.

Laleh Pourkarim sayohat qilishni yaxshi koʻradi. Yevropa va Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlarga tashrif buyurgan.

Aktrisa 2014-yil oxirida 1993-yildan beri har yili beriladigan Göteborgare mukofotini olgan[4].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Laleh intervyu berishni umuman yoqtirmaydi, shuning uchun uning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech narsa maʼlum emas. U vegetarian va hayvonlarni juda yaxshi koʻradi[5]. Yoshligida sevimli sporti basketbol va futbol boʻlgan. Bir vaqtlar Stokgolm chekkasida – Butchurka kommunasining Tulinge tumanida yashagan, u yerda oʻzining ovoz yozish studiyasi boʻlgan, lekin 2014-yil oxirida u Los-Anjelesga yaʼni AQShga koʻchib ketgan[6].

Lalehning musiqiy diapazoni balladalardan pop rokgacha choʻzilgan. Uning ilhom manbalari – Cornelis Vreeswijk, The Police, Cat Stevens va ABBA.

Qoʻshiqchi 2010-yil aprel oyida Los-Anjelesda[7][8] butun dunyo boʻylab isteʼdodlarni izlayotgan har yili boʻlib oʻtadigan MusExpo[9] musiqa anjumanida ishtirok etgan.

Laleh 2012-yilda 1960-yillarda taʼsis etilgan Evert Taube stipendiyasini olgan[10].

Manbalar

tahrir
  1. „mamed agajanov Laleh Pourkarim hyllar sin avlidna mamma | Nöje | Expressen“. 2014-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-dekabr.
  2. Letmark, Peter. „Jag är både helgon och djävul“ (Swedish). Dagens Nyheter (2011-yil 11-dekabr). 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-yanvar.
  3. Fredriksson, Karin „Begåvad men spretig debut“ (sv). Helsingborgs Dagblad. Helsingborgs Dagblad (2005-yil 9-aprel). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-fevral.
  4. „Årets göteborgare 2014: Laleh — Nyheter | SVT.se“. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.
  5. „Laleh: «När jag förstod det blev jag helt förälskad i mode» | ELLE“. 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-fevral.
  6. „#152: Laleh |“. 2014-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-dekabr.
  7. MUSEXPO | Showcase Artists Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  8. „Hollywood's MUSEXPO 2010 confab to feature music business executives from around the world — National rock music | Examiner.com“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  9. „A&R WORLDWIDE — Discovery and Development“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  10. „Laleh | SVT.se“. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.