Latchalar
Latchalar – suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar guruhi. Tanasi ingichka, choʻziq va juda egiluvchan. Oʻrta Osiyo hududida latcha va oq latcha tarqalgan. Latcha – eng mayda yirtqich, uzunligi 13–28 sm, vazni 40 g dan 100 g gacha. Yozda yungi tanasining orqa tomonida ochiq kulrang, qorin tomonida oqish yoki sargʻish; arealining shimoliy qismida qishda oqrangga kiradi. Yevropa, shimoliy Afrika, shimoliy Amerika va Osiyoda tarqalgan. Juda serharakat, sichqonlarni qirib katta fonda keltiradi. Oq latcha latchaga nisbatan bir oz yirikroq, dumining uchi qora, uzunligi 16–38 sm, vazni 260 g gacha. Yevropaning deyarli hamma hududlarida, Shimoliy Amerika, Osiyoning shimoliy qismida uchraydi. Oʻrta Osiyoda Orol dengizidan shimolroqda tarqalgan. Asosiy ozigʻi mayda kemiruvchilar: sichqonlar, dala sichqonlari: kemiruvchilar kam boʻlganida esa baliqlar, baqalar, qushlarning uyasidagi joʻjalari; och qolganida mevalar va har xil organik chiqindilar bilan oziqlanadi. Yiliga bir marta 4–8 tadan bolalaydi. Latchalarning ikkala turi ham zararkunanda kemiruvchilarni qirib, insonga katta foyda keltiradi. Oq latcha qimmatbaho moʻyna beradi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |