Leonid Aleksandrovich Koshelev (ruscha: Кошелев, Леонид Александрович; 1979-yil 20-dekabr) — sobiq oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Leonid Koshelev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leonid Aleksandrovich Koshelev
Tavallud sanasi 20-dekabr 1979-yil (1979-12-20) (44 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Soviet Union
Boʻyi 1.78 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997-2000 Navbahor 85 (22)
2001-2004 Paxtakor Toshkent 102 (38)
2005 Shinnik Yaroslavl 6 (1)
2005-2006 Paxtakor Toshkent 12 (8)
2006 Shinnik Yaroslavl 14 (1)
2007 Paxtakor Toshkent 23 (1)
2008 Dinamo Samarqand 27 (5)
2009 Shoʻrtan Gʻuzor 6 (1)
2009-2011 Qizilqum 48 (7)
2012 Dinamo Samarqand 22 (3)
2013 Navbahor 20 (3)
2014- NBU Osiyo
Milliy terma jamoa
1999-2007 Oʻzbekiston 43 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-noyabr 2013-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-mart 2013-yil uchun)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Leonid professional faoliyatini Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshlagan va Namanganda toʻrt mavsum oʻtkazib, uning tarkibi boʻyicha mamlakat kubogi va superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida 4,5 mavsum toʻp surgan[1], koʻp marotaba mamlakat chempionati va kubogida gʻolib chiqgan. 2005-yil yozida u Yaroslavl „Shinnik“ ga koʻchib oʻtgan va u yerda bir yarim mavsumni oʻtkazgan. Premyer-ligada 14 ta oʻyinda (1 ta gol), Rossiya kubogida 4 ta oʻyinda, 13 ta oʻyinda ishtirok etdi va 1 gol urgan. 2007-yilgi mavsumda yana „Paxtakor“ jamoasi safida oʻynagan. Mavsum davomida Hamdoʻstlik kubogi va yana chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2008-yil Paxtakor jamoasini tark etganidan so'ng Samarqandning „Dinamo“ va Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klublarida toʻp surgan boʻlsa, 2010—2011-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ klublarida oʻynagan. 2014-yil fevral oyida „NBU Osiyo“ milliy banki jamoasiga qoʻshildi va shu klubda faoliyatini yakunlagan[2][3].

Xalqaro

tahrir

1999-yilning 11-iyulida Samarqandda Malayziyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Koshelev milliy terma jamoa safida 43 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan[4].

Yutuqlari

tahrir
Navbahor
Paxtakor
  • Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2007-yil
  • Oʻzbekiston chempioni: 2002, 2003, 2004, 2005, 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002, 2003, 2004[5][6]

Faoliyat statistikasi

tahrir

Milliy terma

tahrir

Milliy terma jamoada urilgan gollar.

Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 2001-yil 30-iyun Kuala Lumpur, Malayziya   Bosniya va Gersegovina 2-1 G'alaba Merdeka kubogi
2 2003-yil 17-noyabr Bangkok, Tailand   Tojikiston 4-1 G'alaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 2003-yil 21-noyabr Bangkok, Tailand   Tailand 1-4 Mag'lubiyat 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi
4 2004-yil 31-mart Taypey, Tayvan   Xitoy Taypeyi 1-0 G'alaba 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2004-yil 17-noyabr Toshkent, Oʻzbekiston   Xitoy Taypeyi 6-1 G'alaba 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2006-yil 15-noyabr Toshkent, Oʻzbekiston   Qatar 2-0 G'alaba 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir