Liu Shilan (xitoycha: 刘适兰; 1962-yil 24-yanvarda tugʻilgan)[1] — xitoylik shaxmatchi, u 1982-yilda FIDE tomonidan qabul qilingan ayol grossmeyster unvoniga ega. U yetti marta ayollar oʻrtasida Xitoy chempioni boʻlgan (1979— 1981-yil va 1983— 1986-yil).

Liu Shilan

Liu shaxmat oʻynashni 12 yoshida Sichuanning Chendu shahridagi shaxmat maktabida oʻrgangan. Yosh chogʻlaridadan shaxmat bilan muntazam shugʻulanib kelgan, bu esa kelajakda usta shaxmatchi boʻlib yetishishiga yordam bergan. Dastlabki shaxmatdagi yurishi esa quydagi turnirda boʻlib oʻtgan, 1982-yilda Liu Tbilisidagi ayollar zonalararo turnirida 14 balldan 9 ball toʻplagan holda uchinchi oʻrinni egalladi[2]. Ushbu natija tufayli u ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga nomzodlar oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va ayol grossmeyster (WGM) unvoniga erishgan birinchi Osiyo oʻyinchisiga aylandi[3].

Nomzodlar bosqichida Liu 1983-yilda Veldenda oʻtkazilgan chorak final uchrashuvida Nana Ioselianiga 6:3 hisobida yutqazdi[4]. Keyinchalik u yana ikkita ayollar zonalararo turnirlarida qatnashdi. 1985-yil Jeleznovodskda, 4½/15 bilan 14-oʻrinni egalladi[5] va 1987-yil esa Tuzlada, 8½/17 ball bilan 10-oʻrinni egalladi[6].

Liu Xitoy terma jamoasi safida ayollar shaxmat Olimpiadasida besh marta qatnashgan (1980— 1988-yil), jami 68 ta oʻyin oʻtkazgan[7]. U 1986-yilda Dubayda boʻlib oʻtgan 27-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi oʻrinni egalladi va birinchi doskada bronza medalini qoʻlga kiritdi[8]. Bu milliy terma jamoasi uchun keltirgan ajoyib gʻalabalardan biri edi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 中国国际象棋运动员等级分数据库 (Wayback Machine saytida 2013-11-12 sanasida arxivlangan), chessinchina.net.
  2. 1982 Tbilisi Interzonal Tournament, mark-weeks.com
  3. Xu (March 1984). „Liu Shilan: A Star Rises in the East“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  4. 1983-84 Candidates Matches, mark-weeks.com
  5. 1985 Zeleznovodsk Interzonal Tournament, mark-weeks.com
  6. 1987 Tuzla Interzonal Tournament, mark-weeks.com
  7. OlimpBase :: Womenʼs Chess Olympiads :: Liu Shilan
  8. OlimpBase :: 27th Chess Olympiad (women), Dubai 1986, information