Loʻlilar tarixi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Loʻlilar tarixi rumiy (va uning turlari) tilida soʻzlashuvchi umumiy hind millatiga mansub etnik guruh tarixi boʻlib, ularning vakillari oʻzlarini loʻlilar diasporasi (Romani diaspora) deb ataydi.
Afsonaviy kelib chiqishi tarixi
tahrirLoʻlilarning yozma tili boʻlmagani uchun kelib chiqishini aks ettiruvchi tarixiy hujjatlar yoʻq edi. Ogʻzaki oilaviy anʼanalar yaqin vaqtgacha 10 dan ortiq boʻlmagan ota-bobolari xotirasini saqlab kelgan, ammo bu ularning kelib chiqishi haqidagi bilim manbasi boʻla olmaydi. Bundan tashqari, M. Xyubshmanova soʻzlariga koʻra, loʻlilar oʻz kelib chiqish joyi Hindiston ekanini aniqlay olmagan, chunki Hindistonni u yerda yashovchi xalqlar alohida geografik mintaqa sifatida qabul qilmagan.
Shu munosabat bilan XVIII asr oxirigacha loʻlilarning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar ilgari surilgan. Masalan, ularning kelib chiqishi XIV asrda nemis yahudiylaridan[1][2] yoki Atlantis[3][4] aholisidan ekani taxmin qilingan. Eng mashhurlaridan biri (va loʻlilarning oʻzlari tarqatgan afsonalar bilan qoʻllab-quvvatlangan) loʻlilarning Misrdan kelib chiqishi haqidagi nazariya edi. Bundan tashqari, baʼzi mualliflar ularni toʻgʻridan-toʻgʻri qadimgi misrliklardan kelib chiqqan, deb taxmin qilgan[5]. Boshqa mualliflar loʻlilar Hindistondan[6] koʻchish paytida Misr hududi orqali oʻtgan yoki aksincha, Misrdan koʻchish paytida Hindistonga[7] kirib oʻtgan, deb hisoblagan.
Yana bir keng tarqalgan nazariyada loʻlilar Gʻarbiy Osiyodan kelib chiqqani taxmin qilingan, xususan, ular Mesopotamiyadagi Sinjar shahri aholisining avlodlari[8] yoki Gerodot eslatib oʻtgan Siginn qabilasining avlodlari bilan bogʻliq edi, deb yozgan Strabon, soxta Orfey va rodoslik Apolloniy[9][10][11][12]. Mualliflarning muhim qismi loʻlilarni u yoki bu tarzda Vizantiyada[13] tilga olingan Аттингане bilan bogʻlab, ularni bevosita loʻlilar[14] deb taʼriflagan yoki nomi faqat atinganlardan loʻlilarga[15] oʻzgarganiga ishongan. Baʼzi mualliflar loʻlilar va atinganlar oʻrtasidagi aloqani rad etgan[16].
Qizigʻi shundaki, XVIII asrgacha adabiyotlarda loʻlilarning kelib chiqishi hind boʻlgani haqida kamida ikkita eslatma bo‘lgan. Italiyadagi Forli shahrining 1422-yilga oid yilnomasrida (lotincha: aliqui dicebant, quod erant de India — „baʼzilari Hindistondan ekanini aytdi“), deyiladi. Shuningdek, „Dunyo yilnomasi“ deb nomlanuvchi mashhur yahudiy hujjatida Ispaniya qiroli Filipp III 1602-yilda o‘z qirolligida yashagan “barcha qora tanlilar”ni o‘z qadimiy yeri Hindistonga borib yashashi uchun quvib chiqdi, deyilgan. Ammo ikkala eslatma ham, aftidan, quruq taxmin edi va ilmiy asosga ega bo‘lmagan.
Kelib chiqishi
tahrirLoʻlilarning ajdodlari kelib chiqishiga ko‘ra hind bo‘lgani XVIII asr oxirida aniqlangan. Ular tarixiy yilnomalar yuritmagan va og‘zaki rivoyatlarida tarixini saqlab qolmagan. Lo‘lilar va ajdodlarining qadimgi tarixi haqidagi farazlarning aksariyati lingvistik tadqiqotlarga asoslangan, so‘nggi o‘n yilliklar davomida ular qatoriga genetik usullar ham qo‘shilgan. Umumiy qabul qilingan nuqtai nazar shundan iboratki, loʻlilar ajdodlari Hindistonning shimoli-gʻarbiy mintaqalaridan (Hindistonning Gujarat, Rajastan va Kashmir kabi zamonaviy shtatlari) kelib chiqqan. Genetik tadqiqotlar maʼlumotlariga koʻra, ular hind-oriy tillarida so‘zlashgan boshqa xalqlardan taxminan milodiy V asr atrofida ajralib chiqqan.
1920-yillarda taniqli hindishunos-lingvist R. L. Tyorner (Ralph Lilley Turner) o‘tkazgan lingvistik tadqiqotlar – ayni tadqiqot natijalarini romolog-lingvistlar Yaron Matras Матрас, Ярон Yan Hankok (Ian Hancock) va M. V. Smirnova-Seslavinskaya ham ma’qullagan – ko‘rsatishicha, lo‘lilarning ota-bobolari miloddan oldingi III asrda Hindistonning markaziy hududlarida (milodiy V asrgacha) paydo bo‘lgan va Shimoliy Panjobga koʻchib o‘tgan.
Vizantiyadagi loʻlilar
tahrirVizantiyadagi loʻlilar haqida ilk eslatma 1054-yilga taalluqli va u “Avliyo Georgiy manoqibi”da qayd etilgan. Manbaga koʻra, samariyaliklar-atsinganlar imperator Konstantin Monomaxga yovvoyi hayvonlarni qirib tashlashda yordam bergan. Ular Vizantiyaga Eron va Armaniston hududi orqali kelib qolgan va bu hududlarda qolishi loʻlilar tilida aks etgan[17]. Krit orolida loʻlilar (atsingani) 1322-yildan beri maʼlum. Vizantiyada loʻlilar temirchilik bilan mashhur boʻlgan[18].
Yevropadagi loʻlilar
tahrirLo‘lilar XIV asrda Bolqon yarim oroli bo‘ylab tarqalgan. Ular 1328-yilda Serbiyada, 1378-yilda esa Bolgariyada paydo boʻlgan. Lo‘lilar to‘dasi 1411-yilda Chexiyada, 1417-yilda Transilvaniyada ko‘zga tashlangan bo‘lsa, 1431-yilda Fransiyaning Turne hududiga borib qolgan va ular Bogemiyadan (lo‘lilar – bohémiens) kelib chiqqan deb hisoblangan. Shu tariqa ular 1500-yilda Shotlandiyaga, 1513-yilda Shvetsiyagacha etib borgan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi hududida 10 million lo‘li istiqomat qiladi[19].
Amerikadagi loʻlilar
tahrirLoʻlilar Amerikada 1539-yildan beri (Karib dengizi orollari) maʼlum boʻlib, u yerga Ispaniya va Portugaliya hududidan borib qolgan. Ularning bir qismi qul savdosida qatnashgan. Loʻlilarning Amerikaga ommaviy koʻchishi faqat XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan[20]. XXI asrga kelib, Amerikadagi loʻlilarning umumiy soni 4 million kishiga yetdi, ulardan 1 millioni AQShda yashaydi[21].
Loʻlilar genotsidi
tahrir1935-1945 yillarda Germaniya, fashistlar Germaniyasining ittifoqchi davlatlari va Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) davrida bosib olingan mamlakatlarda loʻli millatiga mansub odamlar genotsid qilindi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, loʻlilar genotsidi qurbonlari soni 200 000 — 1 500 000 kishini boʻlgan[22]. Aziyat chekkanlar soni bundan ham ko‘p.
2012-yil 24-oktyabrda Berlinda fashistlar Germaniyasida genotsid qurboni bo‘lgan lo‘lilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi[23].
Yana qarang
tahrir- Antigipsizm
Manbalar
tahrir- ↑ Ryoge Jacob. „Bohemiens“. v kn.: G. Menage. „Dietionnaire etymologique de la langue Frangaise“, T.I, Paris, 1750, pp. 207, 208
- ↑ J. C. Wagenseil. „De… libera civitate Noribergensi commentatio“, Altdorfi, 1697, p. 435 ff.
- ↑ F. Predari. Origine e vicende dei Zingari, Milano, 1841, pp. 52, 53
- ↑ V. Shmakov. Svyaщennaya kniga Tota, M., 1916, str. 53—56
- ↑ S. Roberts. The Gypsies; their origin, continuanc e and destination, 5th ed., London, 1842.
- ↑ S. J. Coleman. Gipsy rites, customs and legendary lore, Douglas, 1957, p. [3]
- ↑ F. de Ville. Tziganes. Bruxelles, 1956, p. 24.
- ↑ N. de Sronde. „Annalium… cardinalis Caesari Baronii continuatio“, vol. 2, Littetiae Parisiorum, 1641, p. 237.
- ↑ J.-G. Hasse. Zigeuner in Herodot, Konigsberg, 1803.
- ↑ "Sigynnae". V kn.: „The Encyclopaedia Britannica“, vol. 25, New York, 1911, p. 84
- ↑ F[orbiger A.]. Σίγιννοι. v kn.: „Real-Encvclopadia der classischer Alterthumswissenschaft“, Bd. VI, Abt. 1, Stuttgart, 1852, S. 1183—1184
- ↑ J. Karst. Origines Meditarraneae, Heidelberg, 1931, S. 382
- ↑ [S. S ] Peussonnel. Observatione s historiques et geographique s sur les peuples barbare s qui ont habite les bords du Danube et du Pont-Euxin, Paris, 1765, pp. 108—112.
- ↑ A. Pavlov. Nomokanon pri Bolshom Trebnike, M., 1897, str. 133. 134
- ↑ F. Miklosish. Ober die Mundarte n und die Wanderunge n der Zigeune r Europaʼs, „Denkschriften der k. Akademie der Wissenschaften. Philosophisch-Historische Classe“, Bd. 26, Wien, 1877, S. 55—66.
- ↑ X. I. Miщenko. Ἀθίγγανος ne sіgani, v kn. „Yubіleyniy zbornik na poshanu akademika Dmitra Ivanovicha Bagalіya“, t. 1, Kіev, 1927, str. 183—196.
- ↑ „Происхождение цыган“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
- ↑ Tsigane — kto oni?
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. [https://www.kp.ru/daily/25997/2925906/ „Откуда взялись цыгане, выяснили генетики Читайте на WWW.KP.RU: https://www.kp.ru/daily/25997/2925906/“] (7 декабря 2012 читайте на www.kp.ru: https://www.kp.ru/daily/25997/2925906/).+7 декабря 2012 читайте на www.kp.ru: https://www.kp.ru/daily/25997/2925906/da asl nusxadan [ arxivlangan].
- ↑ „Цыгане в Латинской Америке“. 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
- ↑ „Американские цыгане — какие они?“. 2022-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
- ↑ Hancock, Ian „True Romanies and the Holocaust: A Re-evaluation and an overview“, . The Historiography of the Holocaust. Houndmills, Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2006 — 383—396-bet. ISBN 9781403999276.
- ↑ Ольга Демидова. „В Берлине открыт памятник цыганам - жертвам нацистского режима“. Deutsche Welle (2012-yil 24-oktyabr). 2017-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
Adabiyot
tahrir- na russkom yazike
- Bessonov N. V. Tsiganskaya tragediya 1941—1945. Fakti, dokumenti, vospominaniya. T. 2. Voorujyonniy otpor, 2010. — M.: Shatra, 2010. — 376 s., s ill. — ISBN 978-5-86443-161-0
- Bugay N. F. Tsigane Rossii. — M.: Kulikovo pole, Lavandr, — 2012. — ISBN 978-5-9950-0254-3
- Vilkins A. I. Sredneazіatskaya bogema // Antropologicheskaya vistavka. T. III. M., 1878—1882.
- German A. V. Bibliografiya o siganax. Ukazatel knig i statey s 1780 po 1930 gg. — M.: 1930.
- Demeter N. G., Bessonov N. V., Kutenkov V. K. Istoriya sigan — noviy vzglyad (Wayback Machine saytida 2021-10-05 sanasida arxivlangan) / RAN. In-t etnologii i antropolgii im. N. N. Mikluxo-Maklaya; pod red. Demetera G. S. — Voronej, 2000. — 334 s.: il. ISBN 5-89981-180-3
- Кенрик Д. , Pakson G. Tsigane pod svastikoy. / Per. s angl. — M.: Tekst, 2001. — 205 s.
- Smirnova-Seslavinskaya M. V. K istorii „bolshoy siganskoy migratsii“ v Rossiyu: sotsiokulturnaya dinamika malix grupp v svete materialov etnicheskoy istorii // Kulturologicheskiy jurnal. — 2012. — № 2.
- Smirnova-Seslavinskaya M. V. Migratsii siganskix grupp i formirovanie siganskogo naseleniya Rossiyskoy imperii v XVII — nachale XX v. // Этнографическое обозрение. — 2018. — № 4. — S. 83—99.
- Smirnova-Seslavinskaya M. V., Tsvetkov G. N. Tsigane. Proisxojdenie i kultura. Sotsialno-antropologicheskoe issledovanie. — Sofiya, M.: Paradigma. 2009. 830 s. — (Academica Balkanica).
- Smirnova-Seslavinskaya M. V., Tsvetkov G. N. Antropologiya sotsiokulturnogo razvitiya siganskogo naseleniya Rossii. — M.: FGU FIRO, 2011. — 129 s.
- Tsvetkov G. N. Istoriya i sotsialnoe razvitie sigan-lovarya (Wayback Machine saytida 2018-01-30 sanasida arxivlangan) // Naukovi zapiski. — T. 15. Tematichniy vipusk „Romi Ukraini: iz minulogo v maybutnε“. — Kiїv, 2008.
- Andoza:ВТ-ЭСБЕ
- Andoza:БРЭ
- {{{заглавие}}}.
- na drugix yazikax
- Marushiakova Ye., Popov V. Istoricheska sʼdba i sʼvremenna kartina na siganskite obщnosti v Iztochna Yevropa // Studii Romani. T. VII. Sofiya, 2007.
- A catalogue of the Gypsy books collected by R. A. Scott Macfie, Liverpool, 1936
- Black G. F. A Gypsy bibliography. Ann Arbor (Michigan), 1971
- Catalogue of the Romany collection formed by Me Grigor Phillips D. U., Edinburgh, 1962.
- „Etudes Tsigines“, P., 1955-; „Roma“, Chandigarh, 1974-, v. 1-.
- „Journal of the Gypsy lore Society“, old series, 1888-92, v. 1-3, new series, 1907—1916, v. 1-9, third series, Edinburgh, 1922-, v. 1-;
- Marushiakova, Elena; Popov, Vesselin. Gypsies in the Ottoman Empire. Hatfield: University of Hertfordshire Press, 2001.
- Marushiakova, E., Popov, V. Gypsies, Roma, Sinti in Central and Eastern Europe[sayt ishlamaydi]
- Marushiakova, Elena and Vesselin Popov. 2016. Gypsies of Central Asia and Caucasus. London: Palgrave Macmillan.
- Mikiosich F. Über die Mundarten und die Wanderungen der Zigeuner Europas, W., 1872-80
- Pott A. G. Die Zigeuner in Europa und Asien, Bd 1-2, Lpz., 1964.
- Tcherenkov L. N., Laederich S. The Rroma. Otherwise known as Gypsies, Gitanos, Γυφτοι, Tsiganes, Ţigani, Çingene, Zigeuner, Bohèmiens, Travellers, Fahrende etc. Vol. 1: History, language and groups. Vol. 2: Traditions and texts. Basel: Schwabe Verlag, 2004.
- Vaux de Foletier F. de, Mille ans d’histoire des Tsiganes, [P., 1970]
Havolalar
tahrir- The Council of Europe. Education of Roma Children
- Byzanz. Legacy of Sojourn of Roma in Byzantium in Roma language (Romani) (Wayback Machine saytida 2022-04-05 sanasida arxivlangan)
- Бессонов Н. „Рецензия на двухтомник Льва Черенкова и Стефана Ледериха «Цыгане» (The Rroma)“. Цыгане России (2007). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- Demeter N. G. Istoriya sigan v Rossii. Sinus. 02.09.2018.