Mahfuza Bobotillayeva
Mahfuza Bobotillayeva (16-oktyabr 1961-yil; Toshkent shahri, OʻzSSR) — oʻzbek kino va teatr aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
Mahfuza Bobotillayeva | |
---|---|
Tavalludi |
Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 16-oktyabr 1961-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa |
Otasi | Ubaydulla Abdulayevich Bobotillayev |
Onasi | Latifa Bobotillayeva |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirBobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 1961-yilning 16-oktyabrida Toshkent shahrining Yakkasaroy mahallasida oʻqituvchilar oilasida tavallud topgan[1][2]. Otasi Ubaydulla Bobotillayev boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib, uning kino sanʼatiga qiziqishiga otasi sabab boʻlgan. Onasi Latifa Bobotillayeva. Aktrisa dastlab, taʼlimi rus tilida olib boriladian oʻrta maktabida oʻqigan[3], undan soʻng esa Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan[4]. Uning bir qizi va 2 nevarasi bor[5].
Faoliyati
tahrirMahfuza Bobotillayeva 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi sifatida oʻz faoliyati boshlagan[4][6]. Uning Oʻzbek milliy akademik drama teatridagi ilk roli „Parvona“ spektakli boʻlib, unda Yulduz rolini oʻynagan. Undan keyin „Afgʻon reportaji“ spektaklida Sitora obrazini[7], „Yulduzli tunlar“ spektaklida Samarqandning soʻnggi temuriy malikasi Zuhrabegim obrazini gavdalantirgan. Uning teatr sahnasida keng ommaga mashhur qilgan roli Erkin Xushvaqtov qalamiga mansub „Qalliq oʻyini“ spektakli boʻlib, unda Xolbeka rolini oʻynagan[7]. Bundan tashqari u xorij va oʻzbek asarlari asosida sahnalashtirilgan „Qirol Lir“, „Yetti faryod“, „Chimildiq“, „Iymon“, „Alla“ va „Neksiya“ kabi spektakllarda har xil obrazlar yaratgan[5]. Aktrisa teatr haqida quyidagicha fikr bildirgan:[2]
"Teatr – meni hayotim, meni umrim, meni rizqim-nasibam, meni ikkinchi uyim".
Filmografiyasi
tahrirMahfuza Bobotillayevaning kinofilmlardagi ilk roli 1987-yilda taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov tomonidan suratga olingan "Armon" film boʻladi. Uning keng omma orasida yanada tanitgan "Janob hech kim" film hisoblanadi.
Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2019 | Uzilgan rishta | ||
2018 | Dilozorim | ||
2017 | 96-soat | ||
2016 | Boy boʻlma, sahiy boʻl | ||
2015 | Qiz koʻngli | ||
Shunqorlar | Bosh rol[8] | ||
2014 | Koʻrgim keladi | ||
2013 | Vafodorim | ||
Farzandim | Sudya | ||
2012 | Qudajonlar | ||
Zirapcha | Malikaning onasi | ||
Bevalar | Akbarning onasi | ||
2009 | Ada emas, dada | ||
Janob hech kim | Komilboyning rafiqasi | Bosh rol | |
2008 | Xavfli burilish | ||
1998 | Shaytanat | Guli | |
1997 | Koʻngil koʻchalari | ||
1991 | Koʻzlarim yoʻlingda | Barmenning rafiqasi | |
1990 | Bobur | Zuhrabegim, Sulton Ali Mirzoning onasi | Serial[9] |
1986 | Armon | Epizod |
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „МАКФУЗА БАБАТУЛАЕВА“. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 YashinTV (2021-05-29), Mahfuza Bobotillayeva qizi uyiga qo‘ymagani sababi, tekin artistlar, osmondagi baxtsiz hodisa haqda, qaraldi: 2024-07-07
- ↑ Milliy TV (2018-10-08), MTV Show - Maxfuza Bobotillayeva #312 (17.09.2018), qaraldi: 2024-07-07
- ↑ 4,0 4,1 „Бугун Маҳфуза Боботиллаева таваллуд топган кун“ (16-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ 5,0 5,1 UZREPORT TV (2021-03-04), "O'ylarim" ko'rsatuvi: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mahfuza Bobotillayeva, qaraldi: 2024-07-07
- ↑ Daryo.uz. „Reyting: O‘zbek shou-biznesidagi eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?“ (24-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ 7,0 7,1 O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (2024-07-05), Tom boshida | Aktrisalar Mahfuza Bobotillayeva hamda Nodira Mahmudova mehmonda [03.07.2024], qaraldi: 2024-07-07
- ↑ Kun.uz. „Toshkentda zamonaviy yoshlar haqida film taqdimoti bo‘lib o‘tdi“ (8-may 2015-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ „Mustabid tuzum davrida suratga olingan “Bobur” seriali saboqlari“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.