Mansur ibn al-Mahdiy (arabcha: منصور بن المهدي) – Abbosiy shahzoda. Xalifa al-Mahdiyning oʻgʻli hamda xalifa al-Hodiy va Horun ar-Rashidlarning ukasi. Oʻzining jiyani xalifa Muhammad al-Amin hukmronligi davrida Suriya noibi boʻlgan.

Mansur ibn al-Mahdiy
منصور بن المهدي
Suriya noibi
Mansab davri
809 – 810
Oʻtmishdoshi Ali ibn al-Hasan ibn Qahtaba (807–809)
Vorisi Ahmad ibn Saʼid al-Haroshiy (810) keyin Sulaymon ibn Abu Jaʼfar (810)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Xuroson yoki Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 810-yillar
Bag‘dod, Abbosiylar xalifaligi
Onasi Bahtariya
Otasi al-Mahdiy
Qarindoshlari Sulaymon (amakisi)

Hayoti

tahrir

Mansur al-Mahdiyning oʻgʻli. Onasi al-Bahtoriya boʻlib, fors isyonchisi damovandlik Masmugʻonning zodagon qizi[1]. Mahdiy aynan unga qarshi birinchi marta Xurosonga yuborilgan[1]. Al-Bahtariyaning onasi Bakand boʻlib, u Isbahbodning qizi, Kichik Farruxonning qizi edi[2]. Smir ismli singlisi bor edi[3]. Uning al-Mahdiy bilan Mansur ismli oʻgʻli va Sulayma, Aliya ismli ikki qizlari boʻlgan[1].

Otasi ikkita katta oʻgʻlini merosxoʻrlikka nomzod qilib koʻrsatdi: Muso al-Hadiy va Horun ar-Rashid. Mansur barcha akalari bilan yaxshi munosabatda boʻlgan.

Mansur 809-yilda Suriya hokimi etib tayinlandi. U lavozimida Al-Amin 809-810-yillar atrofida Sulaymonni Suriyani boshqarishga qayta tayinlagunga qadar qoldi. Bu qayta tayinlash Damashqda yuz bergan tartibsizliklarga javoban amalga oshirildi. Tartibsizliklar amaldagi hokim, Sulaymonning jiyani Mansur tomonidan Umaviylar masjididan qimmatbaho billur koʻza oʻgʻirlanishi oqibatida kelib chiqqan edi. Bu voqea Damashq aholisini shunchalik gʻazablantirdiki, ular Abbosiylar rahbarligida namoz oʻqishdan bosh tortishdi[4].

Mansur lavozimidan boʻshatilgach, 810-yilda Bagʻdodga qaytib keldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946. ISBN 978-0-86356-031-6. 
  • Houtsma, Martijn Theodoor (1993). E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913–1936. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913–1936. E.J. Brill
  • Al-Tabari; John Alden Williams (1988). Al-̣Tabarī: Volume 1, The Reign of Abū Ja'Far Al-Maṇsūr A. D. 754-775: The Early 'Abbāsī Empire. Al-Tabari. the Early Abbasi Empire. Cambridge University Press.
  • Madelung, Wilferd (2000). "Abūʾl ʿAmayṭar the Sufyānī". Jerusalem Studies in Arabic and Islam 24: 327–343. https://books.google.com/books?id=AI5tAAAAMAAJ. 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Abbott 1946.
  2. Al-Tabari. Al-̣Tabarī: Volume 1, The Reign of Abū Ja'Far Al-Maṇsūr A. D. 754-775: The Early 'Abbāsī Empire, Al-Tabari. the Early Abbasi Empire. Cambridge University Press, 1988 — 46-bet. ISBN 978-0-521-32662-9. 
  3. Houtsma, Martijn Theodoor. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936, E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. E.J. Brill, 1993 — 399-bet. ISBN 978-90-04-09791-9. 
  4. Madelung 2000.