Mariya Erastovna Poyarkova (1907-yil 1-noyabr, Bordo, Fransiya — 1995-yil 18-fevral, Toshkent) — geolog, Lenin mukofoti sovrindori.

Tarjimai holi

tahrir

Biologiya professori Erast Fyodorovich Poyarkovning qizi — ipak qurti boʻyicha mutaxassis[1].

Oʻrta Osiyo universitetining geologiya-qidiruv fakultetini amaliy mineralogiya ixtisosligi boʻyicha (1930) tugatgan[2]. 1930-1947-yillarda Oʻzbekiston kon-razvedka partiyalarining bosh geologi boʻlgan. Oʻzbekiston va Tojikiston hududida kobalt, surma va boshqa koʻplab konlarini ochish va oʻrganishda ishtirok etgan.

1947-1952 va 1963-1977-yillarda katta geolog, 1952-1963-yillarda SSSR Geologiya vazirligining Krasnoxolmskaya davlat geografiya boshqarmasi bosh geologi boʻlgan[2]. Uchquduq uran konini kashf etganlardan biri (V.M.Mazin, A.I.Pak, A.A.Petrenko, F.N.Abakumov bilan birgalikda), uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan[3]. Lenin mukofotini olgan ikkinchi (Galina Ulanovadan keyin) ayol boʻlgan[1].

Mukofotlari

tahrir
  • 1959-yildagi Lenin mukofoti — Uchquduq uran konini ochgani uchun (A.I.Pak, A.A.Petrenko, F.N.Abakumov, V.I.Kuzmenko bilan birgalikda)[4].
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1967) [2]
  • Foydali qazilmalarni qidirish a’lochisi (1970)[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 . Найти и не сдаваться. Северный край, 2007.   
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Пояркова Мария Эрастовна“. Геологи и горные инженеры России. Электронная библиотека «Горное дело». 2015-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  3. „Урановой геологии — 65 лет“. Федеральное агентство по недропользованию (2010-yil 13-oktyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
  4. /статья/ // Разведка и охрана недр. — Госгеолтехиздат, 2005. — Вып. 7-12. — С. 47.

Adabiyotlar

tahrir
  • . Найти и не сдаваться. Северный край, 2007.   
  • Поярковы: пять поколений исследователей на просторах Евразии. Будимир Владимирович Поярков. Наука, 2006 — Всего страниц: 308
  • Советская геология, 1989, № 1

Havolalar

tahrir