Markaziy Buxoro kollektori
Markaziy Buxoro kollektori – Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon daryosi (Qorakoʻldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohankoʻl kollektorigacha boʻlgan oʻzanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971-yilda qurib bitkazilgan. Uzunligi 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yigʻiladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umumiy suv yigʻish maydoni 64,6 ming ga. Suv oʻtkazish imkoniyati 40 m³/s. M.Markaziy Buxoro kollektori Mohankoʻl kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohankoʻlga quyiladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |