Marojil
Marojil (arabcha: مراجل; vaf. 786-yil) xalifa Horun ar-Rashidning ummu valadi va xalifa Maʼmunning onasi.
Marojil مرجل | |
---|---|
Abbosiy xalifaning ummu valadi | |
Davri | 786 – 786-yil 14/15-sentyabr |
Tugʻilishi | Badgʻis, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
tax. 786 Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod |
Turmush oʻrtogʻi | Horun ar-Rashid |
Farzandlari | Maʼmun |
Biografiyasi
tahrirMarojil Abbosiy shahzodasi Horunning (boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid) fors qul kanizi edi. Bir rivoyatga ko'ra, u abbosiylar xonadoniga harbiy asir sifatida keltirilgan. Marojil shahzoda Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Marojil Horundan ikki yosh kichik edi.
Marajilning yagona farzandi Abdulloh (boʻlajak Maʼmun) Bagʻdodda milodiy 786-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga oʻtar kechasi tugʻilgan. Keyinchalik „uch xalifa kechasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan oʻsha kechada Maʼmunning amakisi Hadiy vafot etib, oʻrniga otasi Horun ar-Rashid Abbosiylar xalifaligi hukmdori etib tayinlangan[1]. Horun 786-yil yigirma yoshida xalifa boʻlgan. Oʻsha vaqtda Horun baland boʻyli, koʻrinishi chiroyli, nozik, ammo kuchli, jingalak sochli va terisi zaytun rangli edi[2]. Horun xalifa boʻlishi bilan Bagʻdoddagi Katta masjidda juma namozini oʻqidi. Soʻngra amir al-moʻminin huzuriga kelganidan xursand boʻlganlarini eʼlon qilib, bayʼat qilish uchun saf tortgan amaldorlar va oddiy xalq oldida chiqish qildi[3]. Horun oʻz hukmronligini qobiliyatli vazirlarni tayinlashdan boshlagan. Vazirlar hukumat ishini shu qadar yaxshi olib borganki, natijada xalqning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan[4]. Marojil Horunning taxtga oʻtirishiga guvoh boʻlib, xalifadan Ummu Abdulloh unvonini oldi. Biroq, 786-yil sentyabrda Horun taxtga oʻtirgan kechada Abdulloh tugʻilganidan keyin Marojilning ahvoli yomonlasha boshladi.
Farzandi tugʻilganidan koʻp oʻtmay Marojil vafot etdi. Abdulloh Horun ar-Rashidning rafiqasi, xalifa Mansurning (h. 754–775 nabirasi Zubayda qoʻlida tarbiyalandi[5]. Marojilning Xuroson bilan aloqasi borligi Maʼmunning kelajakdagi faoliyatiga katta hissa qoʻshdi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Rekaya, M. „al-Maʾmūn“ (en). Encyclopaedia of Islam, Second Edition (2012-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
- ↑ Bobrick 2012, s. 37.
- ↑ Bobrick 2012, s. 36.
- ↑ New Arabian nights' entertainments, Volume 3
- ↑ Rekaya 1991, s. 331; Abbott 1946, s. 141.
Adabiyotlar
tahrir- Rekaya, M. (1991). "al-Maʾmūn". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VI: Mahk–Mid (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 331–339 b. ISBN 978-90-04-08112-3. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/al-mamun-SIM_4889.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXX: The ʿAbbāsid Caliphate in Equilibrium: The Caliphates of Mūsā al-Hādī and Hārūn al-Rashīd, A.D. 785–809/A.H. 169–192, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-564-4.
- Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946. ISBN 978-0-86356-031-6.
- Bobrick, Benson. The Caliph's Splendor: Islam and the West in the Golden Age of Baghdad. Simon & Schuster, 2012. ISBN 978-1416567622.