Mastchoh dovoni - Mastchoh daryosining yuqori qismidagi dovon. Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari tutashgan joy (Tojikiston)da. Balandligi 3906 m. Mastchoh dovoni atrofida Pomir-Olay tizmalarining shim.dagi yirik muzliklar joylashgan. Mastchoh dovoni orqali Zarafshon daryosining yuqori qismi Sux daryosi vodiysiga oʻtiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil