Maximilian Cross Véronneau (talaffuzi: Maksimilian Kross Veronneau) — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Maximilian Véronneau hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „San Jose Barracuda“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda.

Max Véronneau
Tugʻilgan joyi 12-dekabr 1995-yil (1995-12-12) (28 yosh)
Ottawa, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL
Sobiq jamoalar
San Jose Sharks
Ottawa Senators
IK Oskarshamn
Leksands IF
San Jose Barracuda
Jamoalardagi faoliyat 2019—hozirgacha

Oʻyin faoliyati

tahrir

Maximilian Véronneau dastlab, Ontario shtatining Ottava shahridagi „Gloucester Rangers“ xokkey klubi bilan „A“ darajadagi xokkey oʻynagan edi. Shundan soʻng, Maximilian Véronneau 2015-yilda Princeton universitetiga oʻqishga kirdi. 2017—2018-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau universitet xokkey jamoasi bilan NCAA 1-divizionida 36 oʻyinda maydonga tushib, 55 ochko toʻpladi. 2017-yilda Maximilian Véronneau „Vegas Golden Kniughts“ xokkey klubining oʻquv-mashgʻulot lagerida qatnashdi[1]. „Princeton Tigers“ jamoasi bilan toʻrt mavsumdan soʻng, Maximilian Véronneau klub safiga NCAAning eng yaxshi erkin agentlaridan biri sifatida qabul qilindi. Maximilian Véronneau 2019-yil mart oyida 'Ottawa Senators" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2]. Maximilian Véronneau NHLdagi debyutini 2019-yil 14-mart kuni „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi[3].

Maximilian Véronneau 2020-yil 19-fevralda Aaron Luchuk bilan birga klub tomonidan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga almashtirildi[4]. Maximilian Véronneau COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum toʻxtatilishidan oldin „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining AHL filiali „Toronto Marlies“ klubi bilan atigi 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2021-yil 21-aprelda Maximilian Véronneau ikki yillik shartnomaga rozi bo‘lib, SHL vakili „Leksands IF“ xokkey klubiga o‘tdi[5]. Keyingi 2021—2022-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau oʻzini SHLning eng yaxshi hujumkor oʻyinchilaridan biri sifatida koʻrsatdi va 2021-yil 20-noyabrda „Leksands IF“ xokkey klubi bilan yana bir yilga, 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[6]. Maximilian Véronneau oʻsha mavsumda SHLning eng qimmat xokkeychisi deb topildi.

2022-yilning 14-aprelida Maximilian Véronneau „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[7].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012—2013 Ottawa Canadians EOJHL 58 37 49 86 8
2012—2013 Gloucester Rangers CCHL 4 1 2 3 0
2013—2014 Gloucester Rangers CCHL 61 41 39 80 10
2014—2015 Gloucester Rangers CCHL 27 14 22 36 6 6 3 1 4 0
2015—2016 Princeton universiteti ECAC 30 11 6 17 2
2016—2017 Princeton universiteti ECAC 33 11 24 35 4
2017—2018 Princeton universiteti ECAC 36 17 38 55 12
2018—2019 Princeton universiteti ECAC 31 13 24 37 2
2018—2019 Ottawa Senators NHL 12 2 2 4 0
2019—2020 Belleville Senators AHL 33 5 5 10 2
2019—2020 Ottawa Senators NHL 4 0 0 0 0
2019—2020 Toronto Marlies AHL 3 0 0 0 2
2020—2021 IK Oskarshamn SHL 25 12 6 18 8
2021—2022 Leksands IF SHL 51 34 26 60 14
NHL jami 16 2 2 4 0
SHL jami 76 46 32 78 22

Manbalar

tahrir
  1. Pothier. „NCAA Free Agents VGK Might Have Interest In“ (2019-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  2. (2019-yil 12-mart). „Ottawa Senators sign college free agent forward Max Veronneau“. Press-reliz.
  3. Suleymanov. „Max Veronneau passes — and braces for — test in active Senators debut“. The Sporting News (2019-yil 15-mart).
  4. „Senators acquire centre Aaron Luchuk from Toronto“. Ottawa Senators (2020-yil 19-fevral).
  5. „Max Veronneau joins LIF“ (Swedish). Leksands IF (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  6. „Veronneau extends with Leksands“ (Swedish). Leksands IF (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  7. „Sharks Sign Forward Max Veronneau“. San Jose Sharks (2022-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.