Mayna Xasanova
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mayna Xasanova (1903—1943) — Qizil armiya safida jang qilgan birinchi oʻzbekistonlik ayol, razvedkachi, qizil armiya qoʻmondoni[1].
Mayna Xasanova | |
---|---|
Tavalludi | 1903-yil |
Vafoti | 1943-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Asosan 1960—1980-yillarga oid manbalarda Zohida Xasanova, Zaynab Xismatova, Zaynet Xismatova nomlari bilan mashhur[2][3].
Tarjimai holi
tahrir1903-yilda Buxoro yoki G'uzor shahridagi Chaqar qishlog'ida tug'ilgan. Kambag'al oiladan bo'lib, erta yetim qolgan. Ovchi amakisining qo'lida tarbiyalangan.
Mayna erta turmushga chiqdi. Bekning o'ninchi xotini bo'ldi. Erining zo'ravonligiga dosh berolmay uni o'ldirdi va qochib ketdi.
15 yoshida o'sha paytda Buxoro amirligining inqilobiy harakati markazi boʻlgan Kogonda bordi. U yerda o'qish va yozishni o'rgangan, komsomolga qabul qilingan. Hujum harakati faoli.
1920-yilda u ixtiyoriy ravishda Qizil Armiya safiga qo'shildi. Bosmachilar bilan janglarda qatnashdi. Otliq qo'shinlar boʻlinmasining komandiri bo'ldi. Uning razvedkachi sifatidagi shuhrati Turkiston fronti qo'mondoni M.V.Frunzega qadar yetib bordi. Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangandek koʻrsatilgan. Lekin 1926-yilgacha mukofotlanganlar orasida Mayna Xasanova tilga olinmagan.
1921-yilda Qoraqum sahrolaridagi Junaydxon toʻdalariga qarshi janglarda, Samarqand bosmachilari bilan bo‘layotgan oshkora va pinhona kurashlarda Mayna Hasanova komandirlik qilgan razvedkachilar otryadi[4].
1922-yildag Mayna Xasanova bosmachilar tomonidan asirga olinib, qiynoqqa solingan va tog'ga tashlab ketilgan.
Maryam Yoqubova o‘z xotiralarida Mayna Xasanova bilan 20-yillarning o‘rtalarida universitetda o‘qiganini, 1928-yilda sogʻlig‘i keskin yomonlashib, kasalxonaga yotqizilganini aytadi[5].
Ensiklopediyada vafot etgan yili sifatida 1943-yil koʻrsatilgan[1].
Xotira
tahrir- Toshkentdagi koʻchalardan biriga Mayna Xasanova nomi berilgan
- Oʻtgan asrning 70-yillarida Oʻzbekiston SSRda Mayna Xasanova xotirasi uchun ayollar oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtgan.
- 1971-yilda Vitaliy Kachayev oʻz sheʻrini „Mayna“ deb nomlagan.
- 1977-yilda yozuvchi Adham Rahmat uning hayoti va amalga oshirgan ishlari haqida „Jasorat“ pyesasini yozgan.
- 1980-yilda Oʻzbektelefilm Mayna Xasanova haqidagi Afsonaviy qiz nomli film suratga olgan.
Adabiyotlar
tahrir- Майна Хасанова // Закономерности сближения быта и традиций социалистических наций / О. П. Умурзакова. — „Fan“ nashriyoti — 239 b; 50-bet
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Узбекская Советская Социалистическая Республика: Энциклопедия / Редкол.: К. А. Зуфаров (гл. ред.) и др. — Ташкент : узб. сов. энциклопедия, 1981. — 557 с.
- ↑ Узбек романи / Собир Мирвалиев. — Фан, 1969. — 313 с. — стр. 305
- ↑ Эмансипация мусульманки. Опыт раскрепощения женщины советского Востока / Пальванова Б. П. - Москва: Наука, 1982. — 304 с.
- ↑ Хасанова Майна // Бо Нима, Том 3, 1987. — стр. 327—328
- ↑ Как я стала актрисой / Марьям Якубова; лит. обраб. и послесл. Л. А. Авдеевой. — Ташкент: Изд-во лит. и искусства, 1984. — 136 с. — 134 с.