Mels Mahmudov
Mels Hasanovich Mahmudov (1944-yil 22-noyabr, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati[1]) — pedagogika fanlari doktori (2004), professor (2006)[2][3].
Mels Mahmudov | |
---|---|
Tavalludi |
22-noyabr 1944-yil Shofirkon tumani, Buxoro viloyati |
Vafoti |
7-sentyabr 2023-yil |
Istiqomat joylari | Buxoro |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog, olim |
Taʼlimi | Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti) |
Ilmiy darajasi |
falsafa fanlari doktori (1990) pedagogika fanlari doktori (2004) |
Ilmiy unvoni | professor (2006) |
Tezis sarlavhasi | „Taʼlimni didaktik loyihalashning nazariy asoslari“ (2004, doktorlik) |
Tarjimayi holi
tahrirMels Mahmudov 1944-yil 22-noyabrda Buxoro vioyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. 1960-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning pedagogika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1965—1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining falsafa kafedrasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1970—1973-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagoika universiteti) falsafa kafedrasi aspiranti, 1973—1974-yillarda esa mazkur institutning falsafa kafedrasi oʻqituvchisi boʻlgan.
U 1974-yildan Buxoroga qaytib, 1974—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi va dotsenti, 1980—1981 va 1997—2003-yillarda falsafa kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Mels Mahmudov 1981—1986-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim va musiqa fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 1991—1993-yilarda Buxoro davlat tibbiyot institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1993—2010-yillarda Buxoro davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Ilmiy ishlari
tahrirMels Mahmudov „Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarida kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish jarayonida inqilobiy qayta qurishlarning xususiyatlari“ mavzusidagi nomzodlik (1974) va „Taʼlimni didaktik loyihalashning nazariy asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan (2004)[4]. Uning rahbarligida 2 nafar fan nomzodlari yetishib chiqan.
Ilmiy-uslubiy asarlari
tahrirMels Mahmudovning 100 ga yaqin ilmiy asarlari eʼlon qilingan. Jumladan, „Maʼnaviyat — komillik saodati“ (1997), „Oila maʼnaviyati“ (1998), „Falsafa dasturi va reyting tizimiga yangicha yondashish“ (Metodik qoʻllanma. 1999), „Taʼlim etaloni“ (1999), „Taʼlim texnologiyasi“ (Risola. 1999), „Soʻz bagʻridagi maʼrifat“ (Qoʻllanma. 2001), „Taʼlimni didaktik loyihalash prinsiplari“ (Risola. 2002), „Taʼlimni didaktik loyihalash“ (Risola. 2002) va boshqalar. Uning rahbarligida 2001-yilda „Pedagogik mahorat“ ilmiy-nazariy va metodik jurnali nashr etila boshlangan[5].
Mukofotlari
tahrirOʻzbekiston Respublikasi xalq maorifi aʼlochisi nishoni (1980).
Manbalar
tahrir- ↑ „БУХОРО ШАҲРИДАГИ 14-УМУМТАЪЛИМ МАКТАБИДА МАСТЕР КЛАСС ДАРСЛАРИ“ (2020-yil 20-dekabr).
- ↑ „Махмудов Мэлс Хасанович“ (2021-yil 30-noyabr). Qaraldi: бухарский государственный университет.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI“.
- ↑ „Mahmudov Mels Hasanovich“ (2021-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ Сафаров С (2016). „Педагогик маҳорат журнали 15 ёшда“. Педагогик маҳорат. № 3. 175-bet.