Miqdod ibn Asvad
Al-Miqdod ibn Amr al-Bahraniy (arabcha: المقداد بن عمرو ٱلْبَهْرَانِيّ) – al-Miqdod ibn al-Asvad al-Kindiy (arabcha: المقداد بن الأسود ٱلْكِنْدِيّ) nomi bilan mashhur boʻlgan sahoba. Kunyasi Abu Maʼbad (arabcha: أبو معبد). Sharqiy Arabistonda tugʻilgan. U oʻz shahridan qochib, Makkaga borgan va u yerda Asvad al-Kindiyga xizmat qilgan. Xoʻjayinining mehrini qozongan Miqdodni Asvad al-Kindiy oʻziga oʻgʻil qilib olgan.
Miqdod ibn Asvad | |
---|---|
Tavalludi |
Sharqiy Arabiston |
Vafoti |
hijriy 33-yil Damascus, Suria baʼzi manbalarga koʻra al-Jurf, Madinaning gʻarbiy qismi |
Fuqaroligi | Roshidun xalifaligi |
Turmush oʻrtogʻi | Dubaʼa bint al-Zubayr ibn Abdulmuttalib |
Bolalari |
Abdulloh ibn Miqdod[1] Karima bint Miqdod[1] |
Al-Miqdod keyinchalik Islomni qabul qilgan, u makkalik mushriklarning taʼqiblari tufayli Madinaga hijrat qilishdan oldin Islomni ilk qabul qilganlardan edi. Tarixda al-Miqdod Madinadagi ilk musulmon chavandozlardan biri sifatida tanilgan boʻlib, Muhammad davridagi barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan.
Muhammadning vafotidan keyin al-Miqdod Roshidun xalifaligi davrida Islom dinini ilgari surishda davom etgan, u yerda musulmonlarning Levantni zabt etishida, keyinroq musulmonlarning Misrni bosib olish harakatlarida qatnashgan. Al-Miqdod vafot etgach, uning janoza namozida xalifa Usmon imomlik qilgan.
Sifatlari
tahrirAl-Miqdod bugʻdoyrang, tukli, soqoli boʻyalgan, koʻzlari va burni katta kishi boʻlgan[2]. Miqdodning qorni juda katta boʻlib, bir vaqtlar uning ulkan oltin sandiq yonida oʻtirgani va odamlar Miqdodning gavdasi sandiqdan ham kattaroq ekanligini taʼkidlashgan[3].
Biografiyasi
tahrirAl-Miqdod Yamanning Hazramavt shahrida Amr al-Bahra oilasida tugʻilgan. U va qabiladoshlaridan biri Abu Shammar ibn Hajar al-Kindiy[4] oʻrtasida sodir boʻlgan voqea uni oʻz uyidan Makkaga qochib ketishga majbur qilgan[2]. Makkada u al-Asvad ibn Abdulyagʻuts al-Kindiyga xizmat qilgan va bir necha bor xoʻjayinini hayratda qoldirgan. Keyinchalik xoʻjayini al-Asvadni oʻziga oʻgʻil qilib olgan. Shu tariqa u al-Miqdod ibn Amr emas, balki al-Miqdod ibn Asvad al-Kindiy nomi bilan tanilgan[2].
Muhammad davrida
tahrirMuhammad Islom dinini targʻib qila boshlaganida, Miqdod oʻzi eʼtiqod qila boshlagan yangi dinni Asvad ibn Abdulyagʻutsdan yashirgan, biroq u bu dinni qabul qilgan birinchi yetti kishidan biri boʻlgan[4]. Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlarida, Miqdod va Utba ibn Gʻazvon musulmonlarni taʼqib qilishda Makka mushriklariga ergashgandek boʻlgan edilar[5]. Biroq Makkadan qochgan bir guruh musulmon muhojirlarga yetib olishganidan keyin Miqdod va Utba darrov mushriklardan ajralib, Madinaga joʻnayotgan musulmonlar safiga qoʻshilishgan[5].
Manbalardan birida keltirilishicha, Miqdod Badr jangida ot mingan yagona musulmon boʻlib, qolgan barcha musulmonlar tuyada yoki piyoda boʻlishgan. Ushbu jangda Miqdod musulmon qoʻshinining chap qanotiga qoʻmondonlik qilgan[6]. Boshqa bir manbalarga koʻra esa Badr jangida musulmonlar tomondan kamida uch nafar kishi, yaʼni Miqdod, Zubayr ibn Avvom va Marsad ibn Abu Marsadlar ot minishgan[7]. Jangdan oldin Miqdod Muhammadga shunday deydi:
Yo Rasusulloh! Sizga buyurilgan ishni bajaring. Biz siz bilan birgamiz. Allohga qasamki, biz hech qachon Bani Isroil qavmi Muso alayhissalomga qilgandek qilmaymiz va „Allohing bilan borib jang qil“, demaymiz. Biz siz bilanmiz! Sizni toʻgʻri yoʻlga Paygʻambar qilib yuborgan Allohga qasamki, agar bizni Bark al-G‘imodga yetaklasang ham, to unga yetguningcha sen bilan birga jang qilamiz[8].
Uhud jangida Miqdod kamonchi boʻlganligi aytiladi[9]. Keyinchalik Zu Qarad jangida Abdurahmon al-Farojiyning Banu Gʻatafon qoʻshini Madinaga bostirib kelganida Ahram va Abu Qatoda bilan birga ularga qarshi jang qilgan. Axrom bu jangda halok boʻlgan, lekin Miqdod va Abu Qatoda jang soʻnggiga qadar kurashib, Abdurahmon qoʻshinini orqaga chekinishga va qochib ketishga majbur qilgan[6]. Bu haqida „Voqidiy Kitobul Magʻoziy“da ham aytilgan[10]. Miqdod Muhammadning barcha janglarida u bilan birga ishtirok etgan[11].
Xalifa Umar davrida
tahrirBirinchi Emesa qamalida Miqdod Bali qabilasi boʻlinmasi qoʻmondoni sifatida ishtirok etgan[12]. Miqdod ushbu qamalda Abu Ubayda ibn Jarroh davrida qatnashgan[7]. Levantdagi yurish paytida Miqdod Roshidun xalifasi Abu Bakr Siddiq qoʻshinida Qur’on qorisi boʻlib xizmat qilgan[2]. Shuningdek, xalifa Umar davrida Yarmuk jangida Xolid ibn al-Volid tomonidan jang oldidan Said ibn Zayd boshchiligidagi orqa qoʻriqchilarning ruhiyatini koʻtarish uchun Anfol surasini tilovat qilish topshirilgan[13]. Musulmonlarning Misrga yurishi davomida Amr ibn al-Os xalifa Umardan qoʻshimcha kuch soʻraganda xalifa Miqdodni unga yordam berish uchun Misrga yuborgan va Amr ibn al-Osga yoʻllagan maktubida Miqdodning kuchi 1000 askarga teng ekanligini maqtab yozgan[14].
Voqidiyning soʻzlariga koʻra, Miqdodning Amr ibn al-Osga yordam berish chogʻida qoʻl ostidagi Roshidunlar Kafr Tanahdan (zamonaviy Dakahliya gubernatorligidagi hudud) va Misrning Tennis shahridan boshlab al-Gʻarbiya mintaqasidagi bir qancha hududlarni tinchlantirishga erishgan[15]. Keyinchalik Ziror ibn al-Azvar bilan birgalikda qirq otliq bilan yurishini davom ettirgan[16]. Dumyotga yetib borishganida, shahar al-Mukaukisning amakisi al-Hammuk tomonidan mustahkam himoyalangan edi[17]. Al-Hammuk shaharni mustahkamlab, darvozalarni yopib qoʻyadi[17]. Biroq Dumyot boʻysundiriladi va shaharni boshqarish Miqdodga topshiriladi[18]. Qamal Dumyotni himoya qilib turgan Hammukning oʻgʻli Shata taslim boʻlishga rozi boʻlib, Islom dinini qabul qilguniga qadar davom etadi. Shata Islomni qabul qilganligi sababli, Miqdod uni Soh viloyati Ashmun shahridagi qal’alarni, Burullus koʻli va Dumayrani zabt etish uchun qoʻshinga bosh qilib tayinlaydi. Biroq Shata keyinchalik Tina qal’asini egallash paytidagi jangda halok boʻladi.
Keyinchalik Misrning janubiy qismidagi Oxyrhyncuxus qamalida Miqdod, Zubayr ibn Avvom, Zirar ibn al-Azvar va boshqalar 10000 ga yaqin sahobalariga boshchilik qilganlar, ulardan 70 nafari Badr jangida ishtirok etgan faxriylar edi[19]. Miqdod 200 otliq, Zubayr ibn Avvom 300 otliq, Ziror, Abdulloh ibn Umar va Uqba ibn Amir al-Juhaniy 200 otliq boshchiligida shaharni 4 oy davomida qamal qiladilar[19][19]. Oxyrhyncuxus shahri Roshidun qoʻshini tomonidan boʻysundirilgach, „al-Bahnasa“ nomiga oʻzgartiriladi[19].
Usmon xalifaligi davrida
tahrirXalifa Umar vafotidan keyin Miqdod xalifalikka endigina kelgan Usmonga bay’at qiladi[12]. Xalifa Usmon davrida Miqdod Afrikaning keyingi zabt etilishi yurishlarida qatnashadi, u yerga Miqdod Sufetula jangida Gregory boshchiligidagi Vizantiya qoʻshiniga qarshi turish uchun Abdulloh ibn az-Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn al-Os, Abdulloh ibn Abbos, shuningdek Abu Zar al-Gʻaforiy, Misvar bin Maxrama bilan birga yuboriladi[20].
Keyinchalik, Miqdod, Shaddod ibn Avs va Uboda ibn al-Somit Tartus dengizidagi Arvad orolini zabt etish uchun Muoviya I tomonidan tashkil etilgan xalifalik dengiz armiyasiga qoʻshilishadi[21]. Muoviya boshchiligida Arvad orolini zabt etgan dengizchilar keyinroq Kipr oroliga yurishlarini davom ettiradilar[22]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Miqdod ham Kiprdagi ushbu dengiz armiyasi tarkibida boʻlgan[23].
Mahmud Shokirning soʻzlariga koʻra, Miqdod, Muoviya va Ubada armiyasi Afrikadan Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh boshchiligidagi dengiz kuchlari bilan uchrashgan va ular Kiprga ulardan oldinroq kelgan[24]. Keyinchalik ular Kipr orolini Vizantiya garnizonlari ustidan boʻysundirgunlariga qadar kuchlarini birlashtirganlar[24]. Roshidun dengiz kuchlari deyarli barcha Vizantiya garnizonlarini tinchlantiradilar. Poytaxt shahar Salamis nomaʼlum muddat davomida qurshab olinib, qamal qilinganidan keyin butun Kipr oroli birinchi marta taslim etiladi[25].
Vafoti va vasiyati
tahrirAyrim manbalarda qayd etilishicha, Miqdodning bir nasroniy quli uning qorin boʻshligʻini kesib, barcha yogʻlarni olib tashlashini va yarani qayta tikib qoʻyishini aytgan. Biroq bu muolaja Miqdodning infeksiyani yuqtirib olishiga sabab boʻlgan[3]. Miqdod vafot etar ekan, Zubayr ibn al-Avvomdan ikki farzandiga qolgan mulklaridan bir qismini boshqarishini va sotishini soʻraydi. Hasan ibn Ali va Husayn ibn Alilar vaqfdan 18 000 dirham oladilar, qolganidan esa Zubayrdan Muhammadning har bir xotiniga 7 000 dirhamdan berishini soʻraydi[26].
Miqdod hijriy yil hsobi bilan 33-yilda Damashqda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan[27][4]. Ammo Tabariy Miqdod Madinadan uch chaqirim gʻarbdagi al-Jurfda dafn etilganini, u yerda xalifa Usmon uning janoza namozini oʻqiganligini qayd etgan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „248 - Dubaʼa bint az-Zubair“ (ar). Muslim Scholars (2010-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 The History of al-Tabari Vol. 39: Biographies of the Prophet's Companions and Their Successors: al-Tabari's Supplement to His History, Muhammad. The History of al-Tabari Vol. 39: Biographies of the Prophet's Companions. Suny press, January 1998. ISBN 0791428192. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 Masih. „Men of excellence; quoting Al-Isabah Fi Tamyeez Al-Sahabah, Vol. 6, p. 161“. al Hakam. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 al Asqalani. „Al-Isabah Fi Tamyiz Al-Sahabah by Ibn Hajr; al Istishaab by Shafii; al Bidayah wan Nihayah by Ibn Kathir; Kitab al Sahaba by Ibn Hibban“. Islam story. Story of Islam. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 Abdur Ra'uf Taj al 'Arafin, Mu'awiya. الفتوحات السبحانية في شرح نظم السيرة النبوية Volume 2. Indiana University: مكتبة الرشد ناشرون, 2007 — 253-bet.
- ↑ 6,0 6,1 Atiq, Muhammad. Ringkasan Sirah Nabawiyah: Butir Butir Perjalanan Hidup Rasulullah SAW. Tafaqur. ISBN 9797782883.
- ↑ 7,0 7,1 Masih. „Men of Excellence friday sermon; quoting Al-Tabaqaat-ul-Kubra li ibn Sa'd, Vol. 3, p. 86, Dar-e-Ihyaa Al-Turath, Beirut, Lebanon, 1996; Dalail-ul-Nabuwwat Li Al-Behqi, Vol. 3, p. 39, Dar-ul-Kutub Al-Ilmiyyah, Beirut, Lebanon, 2002; (Al-Sirat al-Nabawiyyah li Ibn Hisham, p. 452, Dar-ul-Kutub al-Ilmiyyah, Beirut, Lebanon, 2001“. al Hakam. Al Fazl International (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
- ↑ Redha, Muhammad. Othman Ibn Affan (The Third Caliph): عثمان بن عفان (ذو النورين) [إنكليزي]. Dar Al Kotob Al Ilmiyah, January 2011. ISBN 9782745155603. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
- ↑ Ibn al-Athīr, Usd al-ghāba, vol. 2, p. 152.
- ↑ Faizer, Rizwi. The Life of Muhammad: Al-Waqidi's Kitab al-Maghazi. Routledge, 5 September 2013 — 588-bet. ISBN 978-1136921131. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ Ziriklī, al-Aʿlām, vol. 7, p. 282.
- ↑ 12,0 12,1 „المقداد بن الأسود (المقداد بن عمرو)“ (ar). Arab Encyclopedia. 2023-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ 3.pdf „Companion of Rasulullah: Battle of Yarmouk“. Digital Library. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ bin ʿAbdullah bin ʿAbd al-Ḥakam bin Aʿyan al-Qurashī al-Mașrī. „Futuh Mishr, page 50.“. Digital library. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ Ibrahim Hasan, Hasan. تاريخ عمرو بن العاص. يطلب من ملتزم طبعه ونشره نجيب متري, 1926 — 120-bet.
- ↑ Qasrawi, Abdullah. معجم المختصر الشديد في مفيد المعارك الاسلامية Volume 1 (ar). p. a. Kasraoui, 1997. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
- ↑ 17,0 17,1 Hafiz Abdul Fattah, Safaa. الموانئ والثغور المصرية من الفتح الإسلامي وحتى نهاية العصر الفاطمي (Digitized) (ar), Dar al Fikr al Arabiya, 1986 — 51-bet. ISBN 9771002392. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
- ↑ ibn ‘Abd al-Raḥmān al-Sakhāwi, Muḥammad. الفتاوى الحديثية Alī Riḍā ibn ʻAbd Allāh Ibn ʻAlī Riḍā: . دار المأمون للتراث, 1995 — 94-bet. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 „دفن بها 5 آلاف صحابي.. البهنسا قبلة الزائرين من كل حدب وصوب“. Gulf News. Gulf News (2021). 2023-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ al-Uthmani, Ahmad. دور الفتوحات العربية الإسلامية في التحول الحضاري لبلاد المغرب (Ebook) (ar), دار الأكاديميون للنشر والتوزيع, 2021 — 83-bet. ISBN 9789957637507. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
- ↑ Jazari, Ibn Al Atheer „1“, . الكامل في التاريخ مجلد ثالث 17*24 Al Kamel fi Tarikh V3 1C (Ebook) (ar), dar el fikr, الجزري, islamicbooks, 2009 — 54-bet. Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
- ↑ Rex, Smith. The History of al-Tabari Vol. 14: The Conquest of Iran A.D. 641-643/A.H. 21-23. State University of New York Press, 2015 — 164-bet. ISBN 978-1438420394.
- ↑ Tabari, Ibn Jarir. The crisis of the early caliphate (hardcover) (en), SUNY Press, 1990 — 25-bet. ISBN 9780791401545. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ 24,0 24,1 Shakir, Mahmud. التاريخ الإسلامي - ج 3: الخلفاء الراشدون (ar). Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr. „Product Code: bm4u4791; alternate link to read“ Shakir, Mahmud. التاريخ الإسلامي – ج 3: الخلفاء الراشدون [Encyclopedia of Islamic History 3 – The Rightly-Guided Caliphs] (in Arabic). Retrieved 22 December 2021.
Product Code: bm4u4791; alternate link to read
{{cite book}}
: External link in
(help)|quote=
- ↑ Sallabi, Ali Muhammad. Muawiyah bin Abi Sufyan, original, مكتبة العصيرية, 2007 — 654-bet. ISBN 978-9953347172. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ Shakir, Mahmud. المقداد بن عمرو رضي الله عنه (ar). Damascus, Syria; Lebanon: المكتب الاسلامي, 1985. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr. „Tahdhib Al-Kamal Al-Mazi; Jamal ad-Din Yusuf Hajjaj al-Mazi; Usd al-ghabah fi marifat al-Saḥabah, Ali ibn al-Athir; Siyar a'lam Nubala, Shams ad-Din ad-Dhahabi“
- ↑ „Miqdad“ (de). Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
Adabiyotlar
tahrir- Lynch, Ryan J. (July–September 2016). "Cyprus and Its Legal and Historiographical Significance in Early Islamic History". Journal of the American Oriental Society 136 (3): 535–550. doi:10.7817/jameroriesoci.136.3.0535. https://zenodo.org/record/4544866.