Mir Baqoboy madrasasi
Mir Baqoboy madrasasi (Xoja Mullo Mir Baqo madrasasi; Mir Boqiy tim madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1905–1911-yillarda qurilgan.
Madrasa | |
Mir Baqoboy madrasasi
Xoja Mullo Mir Baqo madrasasi Mir Boqiy tim madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Mirzo Ulugʻbek MFY, Toʻpxona koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mir Baqoboy |
Homiylar | Mir Baqoboy |
Binokorlik | 1905—1911-yillar |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Buzib tashlangan. Madrasa qoldiqlari qolgan |
Hujralar soni | 22 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
2019-yildan davlat himoyasidagi, lekin 2009—2010-yillarda yoʻq qilib yuborilgan "Oʻzbekiston madaniy meʼrosi obyekti".
Madrasani qayta tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u nomaʼlum sabablarga koʻra butkul buzib tashlangan va uning oʻrnida uy-joy qurilgan.
Yoʻq qilib yuborilgan madrasa 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga boshqa Mir Boqiy Tim madrasasi nomi ostida kiritilgan.
Tarixi
tahrirTashqi tasvir | |
---|---|
Madrasaning asl holati | |
Madrasa oʻrnida qurilgan uy-joy |
Madrasa 1905–1911-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Toʻpxona guzarida, oʻzbek hukmdorlari Abdulahadxon (1885–1910) va Said Olimxon (1910–1920) hukmronligi davrida, Mir Baqoboy ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].
Mir Baqoboy Abdulahadxon davrida Buxoroning katta boylaridan biri boʻlgan. U asosan gilam va baxmal matosi bilan tadbirkorlik qilgan. Abdullaxon timida uning doʻkoni bor edi. Tijorat orqali orttirgan mablagʻi evaziga ushbu madrasani qurdirgan. Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan[4].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2015-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, yoʻqotilgan qismini qayta tiklash, konstruktiv mustahkamlash va restavratsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 100 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[5], meʼmoriy yodgorlik 2009—2010-yillarda butkul buzib tashlangan va uning oʻrnida uy-joy qurilgan[3].
Yoʻq qilib yuborilgan bino 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga boshqa Mir Boqiy Tim madrasasi nomi ostida kiritilgan[1].
Buxoro shahridagi Mirzo Ulugʻbek MFYga qarashli Toʻpxona nomli koʻchada joylashgan edi[1].
Meʼmorchiligi
tahrirMadrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan boʻlgan[3], 22 hujra, darsxona va masjiddan iborat boʻlgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ „Медресе (снесённое) Ходжа Мулло Мир Бако, Мактаб (снесённое) Тупхона“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Медресе Ходжа Мулло Мир Бако“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 297—298-bet.
- ↑ „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
Havolalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.