Abdullaxon timi (Timi Abdullaxon) — Buxoro xonligidagi gumbaz bilan qopgangan usti yopiq bozorlardan biri boʻlgan. Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II davrida 1577-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Abdullaxon timi
Muqobil nomlari Abdullaxon timi
Timi Abdullaxon
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi Tim
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1577-yil
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1
Abdullaxon timi Vikiomborda

Tarixi

tahrir

Abdullaxon timi usti yopiq eng katta savdo rastalaridan biri hisoblangan. Abdullaxon timi Katta tim yaʼni Timi Kalon kabi nom bilan ham atalgan. Ushbu tim shayboniylardan Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II davrida 1577-yilda gazlamalar sotish maqsadida qurilgan. Mazkur tim asosiy savdo koʻchasida joylashgan va 6 ta ravoqli darvozadan iborat boʻlgan. Bu inshootda sakkiz gumbazli xona boʻlib, savdo doʻkonlari tutashgan. Abdullaxon timida asrlar davomida gazlamalar sotilgan. XX asr boshlarida timda shoyi va boshqa turdagi gazlamalar sotilgan. Gazlamalar maxsus sandiqlarda saqlangan. Mazkur tim oldida XVI asr oxirlarida Choxarsoʻyi Darun yaʼni Ichki doʻkon mavjud boʻlgan va ushbu doʻkonni har xil mollar sotishga moʻljallangan 30 ga yaqin doʻkoni boʻlgan. Bu yerda toʻrtta gilam va toʻrtta etik sotadigan doʻkon ham boʻlgan[2]. Xorijdan kelgan savdogarlar ham ushbu usti yopiq bozorda savdo-sotiq qilishgan. Galina Pugachenkova maʼlumotlariga koʻra timdagi ravoqli taxmonlar 56 ta doʻkonni hosil qilgan. Gumbaz yuqorisidagi tuynuklardan yorugʻlik tushib turgan. Abdulaxon timidagi markaziy xona atroflari kichik gumbazlar bilan oʻrab olingan. Mazkur timda Shoyi bozori boʻlgan. Abdullaxon timi koʻp gumbazli va koʻp arkonli meʼmorchilik obyektlaridan biri hisoblanadi[3]. Hozirgi kunda Abdulaxon timida gilam doʻkonlari va savdo rastalari faoliyat yuritmoqda.

Meʼmorchiligi

tahrir

Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida qurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 metr) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su-toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murakkab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor taʼmirlangan, savdo doʻkonlari joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ражабов 2016, s. 172.
  2. Бухоро шарқ дурдонаси 1997, s. 105.
  3. Пугаченкова 1979, s. 4.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Пугаченкова Г. Тим ва тоқлар. (инглиз, рус, ўзбек тилларида). Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 1979 — 14-bet. 
  • Азизхўжаев А Масъул муҳаррир. Бухоро шарқ дурдонаси. Tошкент: Шарқ нашриёти, 1997 — 232-bet. 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil