Mirkomil Moʻminboyev

(Mirkomilboydan yoʻnaltirildi)

Mirkomil Mirmoʻminboyev (Mirkomilboy, 1882-yil, Andijon – 1918-yil, Andijon) – oʻzbek sanoatchisi. Ikkinchi gildiya savdogari.

Mirkomilboy
Mirkomil Mirmoʻminboyev
Tavalludi 1882-yil
Vafoti 1918-yil
Andijon
Kasbi Tadbirkor
Dini Islom

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Mirkomil Mirmoʻminboyev 1882-yilda Andijonda, Mirmoʻminboy Mirnadirboy oʻgʻli oilasida dunyoga kelgan. Xususiy usulda taʼlim olgan va rus tilini yaxshi bilgan. Mirkomil paxta yetishtirish va sotish bila shugʻullangan. Turkiston va Rossiyaning turli joylarida koʻchmas mulki va xoʻjaligi boʻlgan.

„Rus-Osiyo“ („Russko-Aziatskiy“) banki muassislaridan biri egasi boʻlgan. Mikromilboyning Andijonda 5 ta paxta zavodi, bir necha shaharda savdo rastalari, bogʻlari, katta yerlari boʻlib, 1911-yil holatiga koʻra oltin pul hisobida 14 mln soʻm mablagʻga teng boʻlgan. Mirkomilboy Turkiston va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Shlossberg, Kraft firmalari bilan savdo aloqasi oʻrnatgan, Berlin, London, Parij va Istanbulga borib, mahalliy sanoatchilar bilan savdo ishini yoʻlga qoʻyishga intilgan.

Mirkomilboy Andijon shahrida 30 oʻquvchiga moʻljallangan internat maktab, 100 talabaga moʻljallangan madrasa, kasalxona qurmoqchi boʻlib, loyiha tayyorlatgan, biroq chor hukumatining Andijondagi vakillari bu loyihalarni amalga oshirishga ruxsat bermagan.

Mirkomilboy „Shoʻroi islom“ tashkilotining Andijon boʻlimiga rahbarlik qilgan (1918) va jadidlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlab turgan. Turkiston taraqqiyparvarlari tomonidan Peterburgga 16-yil voqealarini taftish qilish uchun yuboriladigan komissiya aʼzolari yoʻl harajatini oʻz yonidan qoplagan[1].

Vafoti

tahrir

Mirkomil Mirmoʻminboyevning xazinasi, koʻchmas mulklari bolsheviklar tomonidan tortib olingan. Shoʻro hukumati tomonidan jinoiy ish ochilmay, F.Kolesov tomonidan sudsiz, soʻroqsiz 1918-yil fevral oyida otib oʻldirilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.