Mixail Gorbachyov

Davlat arbobi. SSSRning birinchi v ayagona prezidenti. Qaytaqurish siyosati bilan mashxur. Nobel mukofoti sohibi.
(Mixail Gorbachevdan yoʻnaltirildi)

Mixail Sergeyevich Gorbachov (ruscha: Михаи́л Серге́евич Горбачёв) — Sovet Ittifoqi tarixida birinchi va yagona prezidenti hamda dunyo tarixida eng katta sotsialistik mamlakatni parchalashi orqali tanilgan. SSSR davlat arbobi.

Mixail Sergeyevich Gorbachyov
 SSSR Prezidenti
 
Mansab davri
1990-yil – 1991-yil
Vitse-prezident Gennadiy Yanayev (1991-yil 4-sentabrgacha)
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan
 SSSR KP MQ Bosh kotibi
 
Mansab davri
1985-yil – 1990-yil
Hukumat boshligʻi

Oʻtmishdoshi Konstantin Chernenko
 SSSR Oliy Kengashi raisi
 
Mansab davri
25-may 1989-yil – 15-mart 1990-yil
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Anatoliy Lyukyanov
SSSR Oliy kengash prezidiumi raisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-mart 1931-yil
Privolna qishlogʻi, Krasnogvardeysk tumani, Stavropol oʻlkasi[1]
Vafoti 30-avgust 2022-yil(2022-08-30)
(91 yoshda)[1]
Moskva, Rossiya
Oʻlim sababi Surunkali oʻpka kasalligi
Fuqaroligi Sovet IttifoqiRossiya
Siyosiy partiyasi Kommunistik partiya 1952-1991
Turmush oʻrtogʻi Raisa Gorbachyova
Onasi Mariya Panteleyevna Gorbachyova (Gopkalo) (2-aprel 1911-yil — 14-aprel 1995-yil)[2]
Otasi Sergey Andryevich Gorbachyov (8-oktabr 1909-yil — 22-fevral 1976-yil)
Alma mater M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yuridik fakulteti
Kasbi yurist, agronom-iqtisodchi
Mukofotlari Nobel mukofoti
Dafn etilgan joyi (Novodevichiy qabristoni)
Imzosi

Hayot faoliyati

tahrir

Yoshlik yillari

tahrir
 
Misha Gorbachyov dodasi — «Qizil Oktabr» («Красный Октябрь») kolxozi raisi Panteleyem Yefimovich Gopkalo (1894—1953) va buvisi Vasilisa Lyukyanovna Gopkalo (Litovchenko) bilan[3], (onasi tomonidan qarindoshlari).

Gorbachov 1931-yili 2-martda Stavropol oʻlkasi, Krasnogvardeysk tumanining Privolna qishlogʻidagi dehqon oilasida dunyoga kelgan. Otasi 40-yildan ortiq qishloq mehanizatori Ulugʻ Vatan urushi davrida sapyor boʻlib keyinchalik jangda ogʻir yaralanib vafot etgan. Onasi oʻzining koʻp yillik umrini kolhozchi sifatida oʻtkazgan. Millati jihatidan rus.

Taʼlim

tahrir

1950-yilda maktabni kumush medalga tamomlab[1], M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kiradi. 1955-yili oʻqishni bitiradi. 1967-yil Stavropol qishloq-xoʻjalik institutining (hozirgi Stravpol davlat agrar universiteti) sirtqi boʻlimini aʼlo baholar bilan yakunlaydi[4]. 1952-yilda SSSR Kommunistik partiyasi aʼzosiligiga qabul qilinadi.

Mehnat faoliyati

tahrir

U oʻzining mehnat faoliyatini 15-yoshida mashina-traktor stansiyasida mexanizatorlik vazifasi bilan boshlaydi. Universitet tamomlaganidan soʻng Stavropol oʻlkasida (SIKPYoT) Sovet Ittifoqining Kommunistik partiyasi yoshlar tashkilotining propagandachilik va agitatsiya butun oʻlka boʻyicha boʻlim boshligʻi oʻrinbosari vazifasida keyinchalik (SIKPYoT) Sovet Ittifoqining Kommunistik partiyasi yoshlar tashkilotining Stavropol shahridagi birinchi kotibi. Va 1962-yilda Kommunistik partiyasining Stavropol oʻlkasi boshqarmasi tomonidan Stavropol oʻlkasi maydoni-ishlab chiqarish kolxoz tartibini rivojlantirish boshqarmasining partorgi sifatida saylanadi va ana shu yilning dekabr oyida Kommunistik partiyasining Stavropol oʻlkasidagi qishloq-hoʻjalik boʻlimini boshligʻi etib tayinlangan.1968-yili Kommunistik partiyasining birinchi kotibi Stavropol shahri boʻyicha,1968-yil avgust oyida ikkinchi kotibi sifatida, aprel oylari 1970-yilda Kommunistik partiyasini birinchi kotibi Stavropol oʻlkasi boʻyicha ish yuritadi. 1978-yilning noyabr oyida ilk bor Mixail Gorbachov Kommunistik partiyasi kotibi qilib saylanadi.Soʻngra 1985-yilning martidan oʻzining asosiy hayoti deb bilgan Kommunistik partiyasi bosh kotibi SSSR davlat rasmiy boshligʻi etib tayinlanadi.

SSSRni parchalanishi

tahrir

1990-yilni 15-martidan SSSR Oliy maslahat prezidiumining deputatlari tomonidan SSSRning birinchi prezidenti etib saylanadi. Bu bilan Mixail Gorbachov oʻzining qayta qurilish gʻoyasi, birdaniga kapitalistik va demokratik jamiyatni qurish hamda shahsiy mulk oʻzlashtirish gʻoyalari bilan 70-yil birdamlik faqat xalq uchun vatan uchun tushunchalari bilan yashab kelgan sotsializm ideologiyasi vorislari orasida bir necha tushunmovchiliklar, davlat toʻntarishlari SSSR iqtisodiyotini inqirozga olib keladi.1990-yilning oxirlarida mamlakat ichida butunlay boshqaruv izdan chiqib ketib, yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutgani bois koʻpchilik aholi oʻzining ish oʻrinlarini yoʻqotishadi bu xol esa xalqni gʻazablantiribgina qolmay har bir millat etakchilarini oʻz millatiga asoslangan davlat qurish imkonini yaratib beradi.1990-yil dekabr oyida Moskva koʻchalarida davlat bostiraolmaydigan xalq qoʻzgʻoloni koʻtariladi. Bu xolatdan oʻzidan choʻchigan Mixail Gorbachov Qrim oromgohlaridan biridagi dam olish maskaniga berkinib oladi. Moskvada esa tezkor davlatning ichki ishlar vazirlari va davlatning yuqori mansabdagi amaldorlar tomonidan qarovsiz qolgan hukumatga tezkorlik bilan Davlat havfsizlik qoʻmitasi tashkil topadi. Va 1991-yilda SSSRning barcha tarkibidagi 15- mamlakat ajralib oʻzining mustaqilligini eʼlon qilishadi. Rossiya hukumatiga shu davrda Boris Nikolaevich Yelsin prezidenti etib tayinlanadi. Gorbachov esa ozmuncha vaqt uy qamogʻida va keyinchalik chegaralangan holda faoliyat yuritish tartibi bilan Rossiya Federatsiyasi Dumasi tomonidan qaror chiqarilgan[5].

Oilasi

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir