Mixail Kabanov
Mixail Vsevolodovich Kabanov (1937-yil 25-iyul, Toʻrtkoʻl[1], Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2020-yil 18-yanvar[2], Tomsk, Rossiya) – sovet va rus fizigi, atmosfera fizikasi boʻyichai mutaxassis, SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1987-yildan buyon).
Mixail Kabanov | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil 25-iyul |
Vafoti |
18-yanvar 2020-yil (82 yoshda) Tomsk, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | Fizik olim |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMixail Kabanov agronom oilasida dunyoga kelgan – otasi, mutaxassis Vsevolod Mixaylovich (1911—1942), Qozon qishloq xoʻjaligi institutini tugatgandan soʻng, ish faoliyatini boshlagan.
1959-yilda Mixail Kabanov Tomsk davlat universitetining fizika fakultetini fizika (optika va spektroskopiya) ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Institutda taʼlim olayotgan vaqtida ilmiy ishlarda qatnashib, Tomsk viloyat komsomol qoʻmitasi va tuman komsomol qoʻmitasining diplomlari bilan taqdirlangan. 1962-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan (ilmiy rahbari – V. E. Zuyev)[3]. 1962-yildan 1975-yilgacha – TDU qoshidagi Sibir fizika-texnika institutida: katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri sifatida ishlagan (1969-yildan)[3][1]. 1973-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[3]. 1975-yildan Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimi tarkibida: laboratoriya mudiri, boʻlim boshligʻi, Atmosfera optikasi instituti (IAO) direktorining oʻrinbosari (1977-yildan) lavozimlarida ishlagan[1]. 1981-yilda professor ilmiy unvoniga loyiq koʻrilgan[1]. 1984-yildan 1992-yilgacha – SFTI direktori va Atmosfera optikasi instituti boʻlimi ilmiy rahbari boʻlib ishlagan[1]. 1987-yildan 1994-yilgacha TDU radiofizika fakulteti optik-elektron asboblar kafedrasi professori lavozimiga oʻtgan[3].
1987-yilda SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1991-yilda esa Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi etib saylangan. 1992-yildan – Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi Atmosfera optikasi instituti departament direktori va ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1993-yildan – Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi (Tomsk) „Optika“ dizayn va texnologiya institutiga vaqtinachalik direktor etib saylangan[1]. 1997-yildan 2008-yilgacha – Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi (Tomsk) Optik monitoring instituti direktori lavozimida toʻlaqonli ishlagan[4].
Ilmiy faoliyati
tahrirMixail Kabanov yer atmosferasida optik toʻlqinlarning tarqalishi, shu jumladan lazer va quyosh nurlarining tarqalishi, sinishi muammosi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan[1].
Mixail Kabanov sochiluvchi muhitda optik oʻlchovlar nazariyasini va yer atmosferasidagi optik sinishi nazariyasini uning real tabaqalanishini hisobga olgan holda yaratgan; lazer nurlanishini va optik tasvirlarni sochuvchi muhitda oʻtkazishda optik effektlarni oʻrganib, turli iqlim va geografik hududlarda atmosfera tumanlarining optik xususiyatlariga oid statistik materialni tahlil qilgan[1].
Kichik va oʻrta masofalarda (yagona tarqalish yaqinlashuvida) tarqaladigan atmosferada optik nurlanishning energiyani susaytirish muammosi hal qilgan[1].
Akademik V. E. Zuyev bilan birgalikda uzoq masofalarda lazer nurlarining yorqinlik kontrastini saqlab qolish effektini kashf etgan (lazerli navigatsiya qurilmalarini yaratishda foydalaniladi). Mixail Kabanov fundamental xususiyatlarni oʻrganib, atmosfera optik shovqinlarini hisoblashning muhandislik usullarini ishlab chiqqan[1].
Turli iqlim sharoitida atmosfera nurlanishi va aerozolni oʻrganish natijasida Mixail Kabanov troposfera aerozolining optik modellarini aniqlagan[1].
Masofaviy va kontaktli kuzatish usullaridan foydalangan holda atmosferani kompleks monitoring qilish uchun idoralararo dastur ishlab chiqqan[1].
300 dan ortiq asarlar, jumladan, 13 ta monografiya, 4 ta darslik hammuallifi, 16 ta ixtiro yaratishda hammuallif sifatida ishtirok etgan[3].
Mixail Kabanov rahbarligida 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan[3].
Oilasi
tahrirOtasi Vsevolod Mixaylovich (1911—1942) Oʻzbekistonda agronom boʻlib ishlagan. Onasi Kseniya Matveevna (qizlik familiyasi Volkova, 1917—2000), kelib chiqishi Qozon guberniyasi dehqonlaridan boʻlgan[3] . Turmush oʻrtogʻi Valentina Matveyevna (qizlik familiyasi Chicherina, 1936—2019), Tomsk davlat universiteti ilmiy xodimi. Oʻgʻillari: Dmitriy (1960-yilda tugʻilgan), Andrey (1962-yilda tugʻilgan), Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi Atmosfera optikasi instituti ilmiy xodimlari; Mixail (1975-yilda tugʻilgan), Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi Optika monitoringi instituti ilmiy xodimi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Составитель Е. Г. Водичев и др.. Российская академия наук. Сибирское отделение: Персональный состав. Новосибирск: Наука, 2007 — 382—383-bet. ISBN 978-5-02-032106-9.
- ↑ Некролог Института ИМКЭС СО РАН: умер член-корреспондент РАН М. В. Кабанов
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Кабанов Михаил Всеволодович. Почётный доктор Томского государственного университета“. tsu.ru. 2017-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
- ↑ „IMCES - История Института“. imces.ru. 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.