Moʻminun surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Moʻminun surasi (arabcha: سورة المؤمنون, nomining maʼnosi — Mo‘minlar[8][9]) — Qurʼonning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 342–349[10]-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-boʻlib nozil boʻlgan.
Moʻminun surasi — سورة المؤمنون | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Mo‘minlar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 342–349[4] | ||||||||||||
Juz | 18 | ||||||||||||
Sura raqami | 23 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 118 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 74[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirSura Alloh Taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhis-salom U zotning soʻnggi paygʻambari ekanligiga iymon keltirgan moʻminlar Firdavs bogʻlariga merosxoʻr boʻlish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Moʻminlar» deb atalgandir.
Bu surada ham oʻtmishdagi ayrim paygʻambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygʻambar alayhis-salomga Makka kofirlarining yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari (oʻqi) asosan bu dunyodagi hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr bilan oʻtkazgan kimsalarning «sakarotul-mavt — oʻlim mastligi» chogʻida tortadigan azoblari, ajallari yetib — orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus- nadomatlari ham bayon qilinadi.
Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga boʻlinadigan, har qanday nasl-nasab, qarindosh-urugʻchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Nur surasi | 23-sura — arabcha matni | Oldingisi: Haj surasi |